Pazilova Shoxida Abdulbasitovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Oliy harbiy ta’lim muassasalarida elektrotexnika va elektronika asoslarining mazmuni va o‘qitish metodikasi», 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (fizika) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yhatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Ped985.
Ilmiy rahbar: Qurbonov Mirzaaxmad, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy universiteti qoshidagi Yarimo‘tkazgichlar fizikasi va mikroelektronika ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.03/30.12.2019.FM/T.01.12.
Rasmiy opponentlar: Usarov Jabbor Eshbekovich, pedagogika fanlari doktori (DSc),; Jo‘raev Xusniddin Oltinboevich, pedagogika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi oliy harbiy ta’lim muassasalarida “Elektrotexnika va elektronika asoslari” fanini o‘qitish mazmuni hamda metodikasini takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
oliy harbiy ta’lim muassasalarida “Elektrotexnika va elektronika asoslari” fanini o‘qitishda fan va ishlab chiqarish integratsiyasini ta’minlashga yo‘naltirilgan tizimli, faoliyatga doir, shaxsga yo‘naltirilgan yondashuvlarni fizik eksperimental faoliyatga samarali tatbiq etish orqali ta’lim oluvchilarning bilish faolligi va analitik fikrlashini intensiv rivojlantirish mexanizmi takomillashtirilgan;
“Elektrotexnika va elektronika asoslari” fanidan o‘quv materiallarini konsentrizm tamoyili asosida strukturalashning metodik tizimi modulli hamda integrallashgan ta’limning didaktogen omillari ta’sir darajasini kuchaytirish, internal va eksternal motivlarni texnologik kompetensiya bilan qayta aloqasi barqarorligini ta’minlash orqali takomillashtirilgan;
shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim asosida “Elektrotexnika va elektronika asoslari” fanini o‘qitishning metodik ta’minoti kasbiy sohaga yo‘naltirilgan aralash ta’limni qo‘llash algoritmi tarkibiga tabiiy-ilmiy savodxonlikni rivojlantirishga doir strategik, taktik va kreativ topshiriqlar ustida ishlash bosqichini adaptiv loyihalash usulida qo‘llash orqali takomillashtirilgan;
mobil va mul`timediali ilovalarni elektrotexnika va elektronika asoslariga doir o‘quv materillarni gorizontal hamda vertikal boyitish, o‘qitishning adaptiv tizimlarini fizik ta’lim jarayonlariga qo‘llashning dasturlashtirilgan algoritmini ishlab chiqish orqali bo‘lajak harbiy mutaxassislarning kasbiy tayyorgarligini raqamli texnologiyalar asosida takomillashtirishga doir ilmiy taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Oliy harbiy ta’lim muassasalarida “Elektrotexnika va elektronika asoslari” fani mazmunini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy natijalari:
oliy harbiy ta’lim muassasalarida “Elektrotexnika va elektronika asoslari” fanini o‘qitishda fan va ishlab chiqarish integratsiyasini ta’minlashga yo‘naltirilgan tizimli, faoliyatga doir, shaxsga yo‘naltirilgan yondashuvlarni fizik eksperimental faoliyatga samarali tatbiq etish orqali ta’lim oluvchilarning bilish faolligi va analitik fikrlashini intensiv rivojlantirish mexanizmi takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalardan 710000 – “Harbiy ta’lim” sohasi Davlat ta’lim standartini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 24 noyabrdagi 89-03-4912-son ma’lumotnomasi). Natijada, umumqo‘shin qo‘mondonligi mutaxassislarini tayyorlashda elektrotexnika va elektronika asoslari fani o‘qitish samaradorligini oshirishga erishilgan;
“Elektrotexnika va elektronika asoslari” fanidan o‘quv materiallarini konsentrizm tamoyili asosida strukturalashning metodik tizimi, shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim asosida “Elektrotexnika va elektronika asoslari” fanini o‘qitishning metodik ta’minotini kasbiy sohaga yo‘naltirilgan aralash ta’limni qo‘llash algoritmi tarkibiga tabiiy-ilmiy savodxonlikni rivojlantirishga doir strategik, taktik va kreativ topshiriqlar ustida ishlash bosqichini adaptiv loyihalash usulida qo‘llash orqali takomillashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan “Elektronika va uning zirhli texnikalarda qo‘llanilishi” nomli o‘quv qo‘llanmani ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Qurolli Kuchlari Akademiyasining 2018 yil 6 sentyabrdagi 29-son Qarori). Natijada, “Elektrotexnika va elektronika asoslari” fanini o‘qitishning innovatsion metodik tizimini takomillashtirishga xizmat qilgan;
mobil va mul`timediali ilovalarni elektrotexnika va elektronika asoslariga doir o‘quv materillarni gorizontal hamda vertikal boyitish, o‘qitishning adaptiv tizimlarini fizik ta’lim jarayonlariga qo‘llashning dasturlashtirilgan algoritmini ishlab chiqish orqali bo‘lajak harbiy mutaxassislarning kasbiy tayyorgarligini raqamli texnologiyalar asosida takomillashtirishga doir ilmiy taklif va tavsiyalardan foydalanilgan. (O‘zbekiston Qurolli Kuchlari Akademiyasining 2019 yil 2 avgustdagi 18-son Qarori). Natijada, “Elektrotexnika va elektronika asoslari” fanini o‘qitishda axborot texnologiyalaridan foydalanish samaradorligini oshirishga erishilgan.