Nasrullova Nasiba Sadulloevnaning
falsafa doktori (PhD)dissertatsiyasihimoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi , ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “O‘zbek va ingliz tillarida kompyuter va internet jargonlarining chog‘ishtirma tadqiqi” 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.3.PhD/Fil600.
Ilmiy rahbar: Teshabaeva Dilfuza Muminovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat chet tillar instituti, PhD.03/30.12.2019.Fil/Ped.83.01.
Rasmiy opponentlar: Rizaev Baxodir Haydarovich, filologiya fanlari doktori, professor; Qdirbaeva Gulzira, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘zbek va ingliz tillaridagi kompyuter va internet jargonlarini chog‘ishtirma aspektda ochib berishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘zbek va ingliz tillarida kompyuter va internet jargonlarining sodda, qo‘shma, juft, qisqartma, ikki yoki bir nechta uzvli kabi formal-struktur belgilarini ajratish orqali har ikki til derivatsion strukturasidagi raqamlar ishtiroki, affiksatsiya, konversiya, oddiy o‘zak, o‘zlashtirish, abbreviatsiya, kontaminatsiya va so‘z qo‘shish usullarining samaradorligi qiyosiy-tipologik va strukturaviy metodlar orqali dalillangan;
o‘zbek va ingliz tillarida kompyuter va internet jargonlarining o‘zlashma qatlamida qisman o‘zlashtirilgan, deyarli to‘liq o‘zlashtirilgan va to‘liq o‘zlashtirilgan jihatlarini aniqlash orqali, o‘zbek tilida kompyuter jargonlarining ko‘p qismini rus tiliga xos o‘zlashmalar tashkil qilishi asoslangan;
o‘zbek va ingliz tillarida professional kompyuter va internet jargonlarining yasalishi til vakillarining milliy-madaniy, ma’naviy-axloqiy jihatlari bilan bog‘liqligi isbotlangan;
kompyuter va internet jargonlarining paydo bo‘lishida so‘z yasovchi vositalarning ikkilamchi nominatsiya mahsuli sifatida metaforizatsiya hodisasining nominativ funksiyasini bajarishi bilish faoliyati va semantik-motivatsion belgilarning o‘zaro nisbiyligi asosida yuzaga kelishi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ingliz va o‘zbek tillarida kompyuter va internet jargonlarining shakllanishi, derivatsion va leksikografik xususiyatlarini ochib berish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar va amaliy takliflar asosida:
o‘zbek va ingliz tillarida kompyuter va internet jargonlariga oid materiallar tadqiqoti jarayonida aniqlangan kompyuter va internet jargonlarining leksik fonddagi o‘rni, leksikologiya, tarjimashunoslik sohalarining tadqiqot ko‘lamini boyitishiga oid xulosalardan Samarqand chet tillar instituti, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi 2015-2017 yillarga mo‘ljallangan “Evropa Ittifoqining ERASMUS+ dasturi 561624 EPP-1-2015-1-UK-EPPKA 2CBHESP IMER: “Internationalization and Modernization of Education and Processes in the higher Education of Uzbekistan” nomli loyihasida foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 9 fevraldagi 89-03-769-son ma’lumotnomasi). Natijalar sohaviy terminologiya va lug‘atshunoslik hamda xalqaro ma’lumot almashinuvi tizimi samaradorligini oshirishga yordam bergan;
kompyuter va internet sohalarida kechayotgan jarayonlarni, ularning rivojlanishi haqidagi bilimlarni takomillashtirishga oid xulosalardan 2017-2018 yillarda mo‘ljallangan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida bajarilgan BA-A5-033 raqamli “Davolash profilaktika muassasalarida ma’lumotlarga ishlov berish va faoliyat monitoringi avtomatlashgan tizimni yaratish” nomli innovatsion tadqiqot loyihasida foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 9 fevraldagi 89-03-769-son ma’lumotnomasi). Natijada, loyihada qo‘llanilgan termin va qisqartmalarni yoritish, aniqlashtirish va qayta shifrlashda, shuningdek, ilmiy sohaning asosiy termin va ta’riflarini keltirish amaliyoti takomillashtirilgan;
ingliz va o‘zbek tillaridagi kompyuter va internet jargonlarining yasalish xususiyatlari, terminologiyaga oid tizimda jargonlarni shakllantirish tamoyillarini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan xulosalardan 2018 -2019yillarda bajarilishi mo‘ljallangan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida bajarilgan YoBV-Ftex-2018-138 raqamli “Bulutli hisoblash texnologiyasi bazasida axborot tahlil tizimini loyihalashning nazariy asoslarini ishlab chiqish” nomli amaliy loyihada foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 9 fevraldagi 89-03-769-son ma’lumotnomasi). Natijada, loyihada qo‘llanilgan ilmiy sohaning asosiy termin va ta’riflarini aniqlashtirish va qayta shifrlash, shuningdek, sohaviy qisqartmalarni yoritish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan;
kompyuter va internet jargonlari bo‘yicha tahlil qilingan materiallar asosida yaratilgan UDK 681.3(038). BBK 73+81.2 “Inglizcha - ruscha - o‘zbekcha kompyuter va internet termin va jargonlari lug‘ati”dan O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti huzuridagi Chet tillarini o‘qitishning innovatsiyaviy metodikalarini rivojlantirish respublika ilmiy-amaliy markazi oliy ta’lim muassasalari pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish kursi tinglovchilari uchun “Filologiya va tillarni o‘qitish (ingliz tili)” ta’lim yo‘nalishi 3.1. Kommunikativ tilshunoslik va til kompetensiyalari modulini o‘qitish moduli hamda 3.5. Texnologiyaga asoslangan til o‘qitish modullari bo‘yicha o‘quv dasturi va o‘quv-uslubiy majmualarini tuzishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 9 fevraldagi 89-03-769-son ma’lumotnomasi). Natijada, modullarni o‘qitishning imkoniyatlari yanada kengayib, til nazariyasining til amaliyotiga integratsiyalashuvi, amaliy lingvistika doirasida ijtimoiy ahamiyatga ega masalalarni hal etish yo‘llari o‘z echimini topgan.