Jumaeva Zubayda Shavkatovna
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Frazeologik birliklarning semantik va lingvokul`turologik tadqiqi”, 10.00.01 – O‘zbek tili (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/Fil355.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Jizzax davlat pedagogika instituti.
Ilmiy rahbar: Mamatov Abdug‘afur Eshonqulovich, filologiya fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Jizzax davlat pedagogika instituti, PhD.03/04.06.2020.Fil.113.02.
Rasmiy opponentlar: Pardaev Azamat Baxronovich, filologiya fanlari doktori, dotsent; Usmonova Shoira Rustamovna, filologiya fanlari doktori, professor.
 Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi oziq-ovqat, zoomorfizm, kiyim-kechak, rang, raqam komponentli etnofrazemalarning ramziy xususiyatlarini semantik-pragmatik, linvokul`turologik hamda tillar miqyosida milliy-madaniy jihatdan ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
milliy qadriyatlarni aks ettirgan “ro‘mol o‘ramoq”, “nonini tuya qilmoq”,  “musichaday beozor” kabi  urf-odatlar bilan bog‘liq kiyim, oziq-ovqat, zoonim komponentli frazeologik birliklarning an’ana, rasm-rusmlarga oid  diniy va xalq tafakkur darajasini belgilovchi ijtimoiy-tarixiy etnomadaniy xususiyatlari ochib berilgan;
“oqko‘ngil”, “oq yuvib, oq taramoq”, “oqi oq, qizili qizil” “oq qilmoq”, ichi qora, “oq sutini oqqa, ko‘k sutini ko‘kka sog‘moq” singari rang komponentli frazeologizmlar semantik nuqtai nazardan samimiylik, mehribonlik, go‘zallik, xursandchilik kabi ijobiy hamda norozilik, hasadgo‘ylik, dangasalik kabi salbiy konnotatsiya kasb etishi aniqlangan;
raqam komponentli “bir boshini ikkita qilmoq”, “to‘rt kunlik dunyo”, “sanamay sakkiz dema”, “eshak ellikka kirganda qiliq chiqarar”, “sichqonning ini ming tanga” singari frazemalar yakdillik, birdamlik, oila qurmoq, o‘tkinchilik, shoshqaloqlik, befahmlilik, chorasizlik kabi ramziy ma’nolar ifodalashi dalillangan;
“to‘nini teskari kiymoq”, “atlas ko‘ylakka bo‘z yamoq”, “kavushi ko‘chada qolgani yo‘q”, “oq fotiha”, “qora sahifa” kabi frazeologik birliklar milliy-madaniy semantikasining lug‘atlarda aks etgan  xalq hayotiga mansub voqea-hodisalar, axloqiy ma’naviy-madaniy me’yorlar, milliy an’ana va urf-odatlar kabi diaxron qo‘llanish doirasi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Frazeologik birliklarning semantik va lingvokul`turologik tadqiqi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
milliy qadriyatlarni aks ettirgan “ro‘mol o‘ramoq”, “nonini tuya qilmoq”,  “musichaday beozor” kabi  urf-odatlar bilan bog‘liq kiyim, oziq-ovqat, zoonim komponentli frazeologik birliklarning an’ana, rasm-rusmlarga oid  diniy va xalq tafakkur darajasini belgilovchi ijtimoiy-tarixiy etnomadaniy xususiyatlariga oid ilmiy  xulosalaridan 2017-2020 yillarda  bajarilgan FZ-2016-0908165532 raqamli «Qoraqalpoq tilining yangi alfaviti va imlo qoidalariga muvofiq ona tili va adabiyotini rivojlantirish metodikasi» nomli fundamental loyihasining nazariy qismida   foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi O‘zbekiston pedagogika ilmiy-tadqiqot instituti Qoraqalpoq filialining 2021 yil 5 iyuldagi 147-son ma’lumotnomasi). Natijada, loyihaning semantik, statistik va qiyosiy tahlillarning mukamallashuviga  hamda loyihada ishlatilgan tushinilishi qiyin ayrim so‘z va frazeologizmlarning imlosi va leksikografik izohlarning boyitilishiga  erishilgan;
“oqko‘ngil”, “oq yuvib, oq taramoq”, “oqi oq, qizili qizil” “oq qilmoq”, ichi qora, “oq sutini oqqa, ko‘k sutini ko‘kka sog‘moq” singari rang komponentli frazeologizmlar semantik nuqtai nazardan samimiylik, mehribonlik, go‘zallik, xursandchilik kabi ijobiy hamda norozilik, hasadgo‘ylik, dangasalik kabi salbiy konnotatsiya kasb etishinuqtai nazaridan; raqam komponentli “bir boshini ikkita qilmoq”, “to‘rt kunlik dunyo”, “sanamay sakkiz dema”, “eshak ellikka kirganda qiliq chiqarar”, “sichqonning ini ming tanga” singari frazemalar yakdillik, birdamlik, oila qurmoq, o‘tkinchilik, shoshqaloqlik, befahmlilik, chorasizlik kabi ramziy ma’nolar ifodalashi jihatdan aniqlangan xususiyatlari       tahlilidan MUZ-2015-0725140051 «Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining nutqini boyitishda inglizcha-ruscha-o‘zbekcha frazemalar lug‘atini yaratish va amaliyotga tatbiq etish» mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (Jizzax davlat pedagogika institutining 2021 yil 28 iyundagi 04-430-son ma’lumotnomasi). Natijada loyihadagi so‘z yasalish va frazeologik shakllanishlarning tahlili va izohlari mukammalashgan;
“to‘nini teskari kiymoq”, “atlas ko‘ylakka bo‘z yamoq”, “kavushi ko‘chada qolgani yo‘q”, “oq fotiha”, “qora sahifa” kabi frazeologik birliklar milliy-madaniy semantikasining lug‘atlarda aks etgan  xalq hayotiga mansub voqea-hodisalar, axloqiy ma’naviy-madaniy me’yorlar, milliy an’ana va urf-odatlar kabi diaxron qo‘llanish doirasida aniqlangan izohlaridan “Izohli lug‘at” hamda “Til borki millat barhayot”  ko‘rsatuv va eshittirishlarini  tayyorlashda  foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi  Jizzax  viloyati  teleradiokompaniyasining  2021 yil 4 iyunidagi 01-08/687-con ma’lumotnomasi). Natijada ushbu ko‘rsatuv va eshittirishlarning ilmiy-ommabopligi ta’minlangan  va dolzarbligi ilmiy-amaliy ahamiyat kasb etgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish