Voxidova Nargiza Nuridinovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «U. S. Moem asarlarida “shaxs va jamiyat” muammosi», 10.00.04 – Evropa, Amerika va Avstraliya xalqlari tili va adabiyoti (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:B2017.3.PhD/Fil.239.
Ilmiy rahbar: Lixodzievskiy Anatoliy Stepanovich, filologiya fanlaridoktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jahon tillar universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil/Ped.27.01.
Rasmiy opponentlar:Sadiqov Zohid Yaqubjanovich, filologiya fanlari doktori, dotsent; Matenova Yuliya Umidovna, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi S. Moem asarlarida «shaxs va jamiyat» muammosini badiiy mezonlar asosida ilmiy-nazariy jihatdan ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
S.Moem asarlarida shaxs va jamiyat masalasi, adib asarlaridagi ijtimoiy-axloqiy muammolar, ingliz jamiyatidagi sinfiy munosabatlar, milliy an’analarning shaxs individual tafakkuri bilan nomuvoqligiga asos bo‘luvchi inglizlarga xos konservatizmning jamiyat a’zolarining shaxs sifatida shakllanishiga to‘sqinlik qiluvchi asosiy omil ekanligi dalillangan;
adib hikoya va romanlarida mavjud jamiyat va shaxs ziddiyati konsepsiyasiga asoslangan Moem qahramonlari tipologiyasi qahramon ichki dunyosining yozuvchi tomonidan ochib berilishi, muallif g‘oyasining mantiqiyligi, asar tilining rang-barangligi kabi poetik mezonlar asosida ishlab chiqilgan;
qahramon ijtimoiy mavqeyi va jamiyat o‘rtasidagi munosabat turlarini (konformizm, ziddiyat va hamkorlik) qiyosiy tahlil etish orqali ziddiyat konsepsiyasi aynan Moem asarlariga xos ekanligi va uning echimi sifatida qaxramonlarning o‘z shaxsiy invidualligi va erkinligini himoya qilishda eskpeypizm usuliga murojaat qilish ustuvor ekanligi isbotlangan;
asarda qo‘llanilgan ramziy ishoralar, takroriy motivlar va lisoniy-stilistik vositalar asosida Somerset Moem hikoya va romanlarida shaxs va jamiyat muamosini hal etishga qaratilgan qahramon tipologik tavsifi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Somerset Moemasarlarida «shaxs va jamiyat» muammosini tahlil qilish natijasida olingan amaliy taklif va tadqiqot natijalari asosida:
S. Moem asarlarida shaxs va jamiyat masalasi, ijtimoiy-axloqiy muammolar, shu jumladan, ingliz jamiyatidagi ijtimoiy sinflar orasidagi munosabatlar, milliy an’analarning roli, inglizlarga xos konservatizm badiiy matnni kompleks tahlil qilish va izohlash usuli orqali o‘rganilganligiga oid ilmiy xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi O‘zbek tili, adabiyoti va fol`klori institutida Davlat ilmiy-texnika dasturi doirasida 2017-2020 yillarda bajarilgan OT – F1-80 «Globallashuv muammolarining badiiy talqini va zamondosh obrazi» nomli fundamental loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2021 yil 16 avgustdagi 3/1255-2251-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu ma`lumotlar G‘arb va Sharq adabiyoti vakillarining ijodini qiyosiy o‘rganish uchun ilmiy manba bo‘lib xizmat qilgan;
tipologik tahlil usuli asosida Moemning hikoya va romanlari qahramonlarining tadqiqotda belgilangan muammo bo‘yicha o‘ziga xos tipologiyasi ishlab chiqilganiga oid ilmiy-nazariy xulosalardan Namangan davlat universitetida ««Kodeks kumanikus» qo‘lyozmasining elektron ilmiy izohli matni va izohli lug‘atini yaratish» mavzusidagi FZ-20190815110- son fundamental amaliy loyihasi rejasida ko‘zda tutilgan vazifalarni bajarishda foydalanilgan (Namangan davlat universitetining 2021 yil 22 fevraldagi 3/12-22-son ma’lumotnomasi). Natijaning amaliyotga tatbiq etilishi Somerset Moem ijodining poetik takomili, janr xususiyatlari, ingliz adabiyotidagi yangilanishlarni asoslashga muhim asos bo‘lib xizmat qilgan;
tanlangan asarlar bosh qahramonlarining ijtimoiy maqomi va jamiyat bilan o‘zaro munosabatlari kompleks tahlil va izohlash usuli orqali o‘rganilib, shaxs va jamiyat o‘rtasidagi munosabatlarning mohiyati va yuzaga keladigan ziddiyatni hal qilish usullariga urg‘u berilganga doir umumlashmalar AQShning O‘zbekistondagi elchixonasi va Chet tillarini o‘qitishning innovatsiyaviy metodikalarini rivojlantirish respublika ilmiy-amaliy markazining «ESP: Materials Design» loyihasi doirasida chop etilgan «B2 Ready» darsligini tuzishda qo‘llanilgan (O‘zDJTU huzuridagi Chet tillarini o‘qitishning innovatsiyaviy metodikalarini rivojlantirish respublika ilmiy-amaliy markazining 2020 yil 24 dekabrdagi 10-06/144- son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu ma’lumotlar «B2 Ready» o‘quv qo‘llanmasini boyitishga xizmat qilgan, yaratilgan loyiha doirasida va uning foydalanuvchilariga S.Moemning «Oy va chaqa» romanida ilgari surilgan g‘oyalar haqida keng ma’lumot olish imkoniyatini bergan;
qiyosiy tahlil metodi yordamida Somerset Moemning qahramon va ijtimoiy-tarixiy muhit muammosi aks etgan hikoya va romanlari tahlil qilinib, ushbu masala echimiga yangicha yondashuv ishlab chiqilgan, Moem hikoya va romanlaridagi ijtimoiy adolatsizlikka, mavjud ijtimoiytartibotlar shaxsni toptashi, jamiyatda ma’naviy inqiroz kuchayib borayotganiga qarshi isyonkor qahramon ruhiyati, konfliktni yuzaga kelish sabablari ko‘rsatilishiga oid ilmiy xulosalar AQShning Reformed University ta’lim jarayoniga, xususan, College Writing II fani bo‘yicha ishchi dastur yaratish jarayoniga tatbiq qilingan (Reformed University rahbariyatining 2020 yil 21 dekabrdagi ma’lumotnomasi). Natijada qahramon va jamiyat orasidagi munosabatning mohiyati, ziddiyatni echish yo‘llari va mazkur muammoga S. Moem yondashuvining o‘ziga xosligi xususidagi ma’lumotlar talabalarning ingliz adabiyoti haqidagi bilimlarini oshirishga xizmat qilgan;
ijtimoiy-axloqiy muammolarga bag‘ishlangan S.Moemning «Oy va chaqa», «Ustaraning tig‘i», «Teatr», «Qahramon» kabi asarlari tahlili bo‘yicha interv`yu «Istiqlol-FM» radiosi orqali efirga uzatilgan va «Istiqlol» telekanalining «Hudud yangiliklari» dasturida namoyish etilgan («Istiqlol-TV» MChJning 2020 yil 24 dekabrdagi2074-son ma’lumotnomasi). Natijada yozuvchi asarlaridagi ijtimoiy-axloqiy muammolar xususidagi amaliy xulosalar teledasturlar materiallarini boyitishga xizmat qilgan;
tadqiqot materiallari va ilmiy xulosalari Chelyabinsk davlat madaniyat instituti chet tillar kafedrasida o‘tkazilgan «Lingvistika va madaniyatlararo muloqotning nazariy va amaliy muammolari» nomli onlayn ilmiy-amaliy seminarida muhokama qilingan (Chelyabinsk davlat madaniyat istitutining 2021 yil 13 martdagi 19-234-son ma’lumotnomasi). Natijada XX asr ingliz nasrining o‘ziga xos xususiyatlari bilan uzviylikda S.Moem asarlarida shaxs va jamiyat muammosining ochib berilishi hamda zamonaviy badiiy nasrda Moem ijodining o‘rni va ahamiyati xususidagi mulohazalarni dalillashga xizmat qilgan.