Fozilov Sadriddin Fayzullaevichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Polimer chiqindilardan dizel` yoqilg‘ilari uchun turg‘unlashtiruvchi qo‘ndirmalar olish texnologiyasini yaratish», 02.00.08–Neft va gaz kimyosi va texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: V.2017.2.DSc/T72.
Ilmiy maslahatchi: Hamidov Bosit Nabievich, texnika fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro muhandislik-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Toshkent kimyo-texnologiya instituti, DSc.27.06.2017.T.04.01.
Rasmiy opponentlar: Ikramov Abduvahob, texnika fanlari doktori, professor; Saydaxmedov Igamberdi Muxtorovich, texnika fanlari doktori, professor; Muxiddinov Bahodir Faxriddinovich, kimyo fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot nomi: Buxoro neftni qayta ishlash zavodi MChJ.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: mahalliy polimer chiqindilardan dizel` yoqilg‘ilari uchun yuqori samaradorlikka ega bo‘lgan turg‘unlashtiruvchi qo‘ndirmalar olish texnologiyalarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
epixlorgidrin bilan benzoksazolonlar asosida dizel` yoqilg‘ilari qotish haroratini yaxshilovchi turg‘unlashtiruvchi xossalarni namoyon qiluvchi yangi polimerlar olingan;
poliakrilatlar sintezi va ularning dizel` yoqilg‘isi fizik-kimyoviy va mexanik xossalariga ta’siri aniqlangan;
ilk marotaba etilenning geterohalqali metakrilatlar bilan sopolimerlarini olish va ularni dizel` yoqilg‘isi uchun turg‘unlashtiruvchi qo‘ndirma sifatida qo‘llash usuli yaratilgan;
dizel` yoqilg‘isi past haroratli xossalarini yaxshilash uchun quyi molekulali polietilenning choklangan polimerlarini olish usuli yaratilgan;
mahalliy xomashyo polimer chiqindilardan quyi molekulali polietilenni ajratib olish texnologiyasi ishlab chiqilgan;
ilk bor dizel` yoqilg‘ilari uchun quyi molekulali polietilen va EGIPAN asosida turg‘unlashtiruvchi qo‘ndirmalar olish texnologiyasi ishlab chiqilgan;
tarkibida geterohalqa saqlagan birikmalar bilan epixlorgidrin asosida turg‘unlashtiruvchi qo‘ndirmalarni olish texnologiyasi yaratilgan;
quyi molekulali polietilen va metakril kislotasi asosida payvand sopolimerli, turg‘unlashtiruvchi qo‘ndirmalar olish texnologiyasi ishlab chiqilgan;
dizel` yoqilg‘ilari uchun ko‘p funksionalli polimer turg‘unlashtiruvchi qo‘ndirmalar olish texnologiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Quyi molekulali polietilen va GIPAN asosida turg‘unlashtiruvchi qo‘ndirmalarni olish texnologiyasi va ularni qo‘llanilishi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
turg‘unlashtiruvchi qo‘ndirma xossasiga ega bo‘lgan geterohalqali hosilalarni olish usuliga O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtiroga patenti olingan (IAP 05233.2016). Natijalar dizel` yoqilg‘ilari uchun yuqori samaraga ega bo‘lgan turg‘unlashtiruvchi qo‘ndirmalar olishga imkon bergan;
dizel` yoqilg‘ilari uchun polimetakrilatli qo‘ndirma olish usuliga O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtiroga patenti olingan (IAP 20130413. 2014). Ishlab chiqilgan usul dizel` yoqilg‘ilari quyi haroratli xossalarini yaxshilashda sezilarli darajada xizmat qilgan;
dizel` yoqilg‘ilari uchun turg‘unlashtiruvchi qo‘ndirma olish usuliga O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtiroga patenti olingan (IAP 20130414. 2014). Natijada dizel` yoqilg‘ilarini ekspluatatsion samaradorligini oshishiga imkon bergan;
yaratilgan polimer turg‘unlashtiruvchi qo‘ndirmalarni olish texnologiyasi dizel` yoqilg‘isining quyi haroratli xossalarini yaxshilashda qo‘llanilgan («O\'ZNEFTMAHSULOT» AKning 2017 yil 6 sentyabrdagi 09-10-157-son ma’lumotnomasi). Natijalar korxonada xorijdan valyuta evaziga olib kelinayotgan turg‘unlashtiruvchi qo‘ndirmalarni mahalliy xomashyolardan ishlab chiqarilgan qo‘ndirmalar bilan almashtirish imkonini bergan.