Norkulova Nargiza Tashpulatovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Affiliatsiya motivi – talabalar ma’naviy qiyofasini shakllantiruvchi ijtimoiy-psixologik omil», 19.00.05–Ijtimoiy psixologiya, etnopsixologiya (psixologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.PhD/Psi17.
Ilmiy rahbar: Karimova Vasila Mamanosirovna, psixologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc27.06.2017.Psi.02-07.
Rasmiy opponentlar: Muxamedova Dilbar Gafurdjanovna, psixologiya fanlari doktori; Farfieva Komola Adxamdjanovna, psixologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: affiliatsiya motivini rivojlantirish orqali talabalar ma’naviy qiyofasini shakllantirishning ijtimoiy-psixologik omillarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
talabalarning ma’naviy qiyofasini shakllantirish omili sifatida affiliatsiyaga yo‘nalganlik va rad etilishdan qo‘rqish komponentlari, affiliatsiya motivining bilish, konativ va integrativ funksiyalari va o‘zini ta’kidlash, hamkorlikka intilish, muloqot uchun muomala kabi ijtimoiy-psixologik xususiyatlari aniqlashtirilgan;
talabalardagi affiliatsiya motivining ijtimoiy xulq va ma’naviyatga bog‘liqligini empirik jihatdan tadqiq etuvchi diagnostik metodikalarni qo‘llashga doir ilmiy asoslangan takliflar ishlab chiqilgan;
affiliatsiya motivi talabalar ma’naviy qiyofasini shakllantirish omili va ijtimoiy xulqning ichki muvofiqlashtiruvchi mexanizmi ekanligi isbotlangan;
affiliatsiya motivi asosida talabalar ma’naviy qiyofasini shakllantirishga doir ijtimoiy-psixologik treninglar, korporativ treninglar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Olingan ilmiy natijalar quyidagi faoliyatlarda tatbiq qilingan:
talabalarning ma’naviy qiyofasini shakllantirish omili sifatida affiliatsiya motivining komponentlari, funksiyalari va ijtimoiy-psixologik xususiyatlar oliy ta’lim tizimining pedagogika ta’lim sohasiga doir Davlat ta’lim standarti (36.1998:2015) mazmuniga singdirilgan. Natijada ilg‘or xorijiy tajribalar asosida bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarida o‘qitiladigan psixologik-pedagogik fanlarning o‘quv-uslubiy ta’minoti takomillashtirilgan;
talabalarda affiliatsiya motivi orqali ma’naviy qiyofani shakllantirish tizimi «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati Vasiylik kengashining 2015 yil 10 dekabrdagi 65-son majlis bayonida belgilangan vazifalar, xususan, «O‘zbekiston Respublikasida 2016 yilda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora tadbirlar Dasturi» ijrosi yuzasidan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi raisi tomonidan 2015 yil 24 dekabrda tasdiqlangan «O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi tomonidan amalga oshiriladigan chora-tadbirlar rejasi»ning 2-bo‘limiga muvofiq markaziy teleradiokanallarda tayyorlangan tematik teledasturlar mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2016 yil 15 sentyabrdagi 05-12/2733-son ma’lumotnomasi).Takliflarning joriy qilinishi O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining ruknli tematik ko‘rsatuvlarini samarali tashkil etishga xizmat qilgan;
Xalq ta’limi xodimlarini malakasini oshirish tizimida sifat va samaradorlikni oshirishga doir takliflardan «Xalq ta’limi muassasalari rahbar va pedagog kadrlari malakasini oshirish va qayta tayyorlash mazmuni hamda sifatiga qo‘yiladigan Davlat talablari»ni ishlab chiqishda foydalanilgan (O\'zStandart Davlat agentligida 2013 yil 5 martda 2767:2013 3523-qayd raqami bilan ro‘yxatga olingan). Mazkur Davlat talablari takomillashtirilgan o‘quv dasturlari va o‘quv qo‘llanmalar yaratishga xizmat qilgan;
yoshlar ma’naviy qiyofasini shakllantirishga xizmat qiluvchi trening dasturi, ilmiy-amaliy xulosa va takliflardan «Mahalla» xayriya jamoat fondining 2015 yil 23 dekabrdagi 73-sonli bayoni bilan tasdiqlangan «O‘zbekiston Respublikasida fuqarolarni o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatining samaradorligini oshirish chora-tadbirlari Dasturi»ning VI yo‘nalishi «Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarini uslubiy adabiyotlar bilan ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlari»da belgilab berilgan «Fuqarolar yig‘inining diniy, ma’rifiy va ma’naviy-axloqiy tarbiya masalalari bo‘yicha maslahatchilari uchun aholi bilan o‘zaro muloqotda e’tibor qilinadigan psixologik jihatlar haqida» uslubiy tavsiyalarni ishlab chiqishda foydalanilgan («Mahalla» xayriya jamoat fondining 2016 yil 5 oktyabrdagi 48-son ma’lumotnomasi). Mazkur takliflar fuqarolarni o‘zini o‘zi boshqarish organlari maslahatchilarining yoshlarni ma’rifiy, axloqiy va ma’naviy tarbiyasi masalalari bo‘yicha faoliyat samaradorligini oshirish imkoniyatini yaratgan.