Jo‘raev Umid Anvarovichning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Kollektor-zovur suvlarining mineralizatsiyasini biologik usulda pasaytirish va undan sug‘orma dehqonchilikda foydalanish», 06.01.02–Melioratsiya va sug‘orma dehqonchilik (qishloq xo‘jaligi fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.PhD/Qx65.

Ilmiy rahbar: Xamidov Muxammadxon Xamidovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti Buxoro filiali.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.27.06.2017.Qx.42.01.

Rasmiy opponentlar: Mirzajonov Qirg‘izboy Mirzajonovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor, akademik; Norqulov Usmon, qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi, dotsent.

Yetakchi tashkilot: Andijon qishloq xo‘jalik instituti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: Buxoro vohasi sharoitida Kichik Ryaska (Lemna minor), Pistiya (Pistia stratiotes) va Azolla (Azolla caroliniana) suv o‘simliklari yordamida kollektor-zovur suvlarining mineralizatsiyasini kamaytirib, sifati yaxshilangan zovur suvlari bilan g‘o‘zani sug‘orish bo‘yicha ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

ilk bor Buxoro viloyatining kollektor-zovur suvlarida laboratoriya sharoitida Kichik Ryaska (Lemna minor), Pistiya (Pistia stratiotes) va Azolla (Azolla caroliniana) suv o‘simliklarining o‘sishi, rivojlanishi, biomassa hosil qilishi aniqlangan;

Kichik Ryaska (Lemna minor), Pistiya (Pistia stratiotes) va Azolla (Azolla caroliniana) suv o‘simliklarini kollektor-zovur suvlaridagi ozuqa moddalarga ta’siri hamda ularning mineralizatsiyasini kamaytirish samaradorligi aniqlangan;

mineralizatsiyasi yuqori bo‘lgan kollektor-zovurlar bo‘yidagi kichik hovuzlarda Kichik Ryaska (Lemna minor) suv o‘simligining kollektor-zovur suvlarida o‘sishi, rivojlanishi hamda ularning mineralizatsiyasiga ta’siri aniqlangan;

mineralizatsiyasi biologik usulda pasaytirilib, sifati yaxshilangan kollektor-zovur suvlari bilan g‘o‘zaning Buxoro-6 navini sug‘orish g‘o‘zaning o‘sishi, rivojlanishi va hosildorligiga ta’siri aniqlangan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:

Kollektor-zovur suvlarining mineralizatsiyasini biologik usulda pasaytirish va undan sug‘orma dehqonchilikda foydalanish bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar asosida:

kollektor-zovur suvlarining mineralizatsiyasini biologik usulda pasaytirib, ulardan sug‘orma dehqonchilikda foydalanish 2014–2016 yillarda Buxoro viloyatini Buxoro, Romitan, Peshko‘, Vobkent va Shofirkon tumanlarining fermer xo‘jaliklarida g‘o‘zaning Buxoro-6 navini sug‘orish 133 gektar maydonda joriy etilgan (Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining 2017 yil 17 fevraldagi 04/32-342-son ma’lumotnomasi). Bunda suv tanqisligining salbiy oqibatlari kamaytirilib, paxtadan gektariga 5,4-6,2 sentner qo‘shimcha hosil olingan, atrof-muhitni ifloslanishining oldini olishga erishilgan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish