Kurtaliev El`dar Nurievichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Stiril buyoqlar va unga yaqin birikmalar molekulalari fotonikasi», 01.04.05– Optika (fizika-matematika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.DSc/FM49.
Ilmiy maslahatchi: Nizomov Negmat Nizomovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Fizika-texnika instituti, Ion-plazma va lazer texnologiyalari instituti, Samarqand davlat universiteti, DSc.27.06.2017.FM/T.34.01.
Rasmiy opponentlar: Nematov Sherzod Kalandarovich, fizika-matematika fanlari doktori; Azamatov Zakirjan Toxirovich, fizika-matematika fanlari doktori; Semenov Denis Ivanovich, fizika-matematika fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Stiril bo‘yoqlar va ularga turdosh bo‘lgan moddalarning turli tabiatdagi erituvchilar va biologik ob’ektlar bilan ta’sir jarayonida ularning spektral-lyuminessent va fotokimyoviy xususiyatlarining hosil bo‘lish tabiatini o‘rganishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
yangi stiril (26 ta) buyoqlarning spektral-lyuminessent va fotokimyoviy xususiyatlariga molekulalarning tuzilishi, ular o‘rinbosarlarining va erituvchining tabiati, bo‘yoqning konsentratsiyasi va yorug‘likning ta’siri o‘rganilgan;
stiril buyoqlar monomer molekulalarini qoramol qon zardobi va DNK bilan bog‘lanish hosil qilgandagi spektral-fluoressent xarakteristikalari va biofizik parametrlari aniqlangan;
monomer va gomodimerlar o‘rtasidagi o‘zaro ta’sirlar erituvchi ishtirokida va erituvchi ishtirokisiz hamda ularning qoramol qon zardobi va DNK bilan ta’sir jarayonlarining spektral namoyon bo‘lishidan ularning tabiati aniqlangan va tushuntirilgan;
tajribada olingan natijalar va kvant-kimyoviy hisoblashlar asosida: stiril buyoqlari atomlarida zaryadlarning taqsimlanishi, molekulalarning dipol momentlari va ulardagi elektron o‘tishlar tabiati hamda stiril buyoqlar molekulalarining tuzilishi bilan ularning spektral-fluoressent xususiyatlari va elektron o‘tishlar tabiati orasidagi bog‘liqlik o‘rnatilgan;
stiril buyoqlarni tibbiyot va biologiyada fluoressent zond sifatida qo‘llash uchun takliflar va tavsiyanomalar ishlab chiqilgan.
paxta yog‘i tarkibidagi gossipolni aniqlashning yangi optik tezkor usuli ishlab chiqildi, bu rangsiz indikatorni paxta yog‘i tarkibidagi gossipolning konsentratsiyasiga qarab och pushti rangdan to‘q qizilgacha o‘zgarishiga asoslangan;
Paxta yog‘i tarkibidagi gossipolning miqdorini o‘lchaydigan ixchamgina asbob yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Stiril bo‘yoqlar va ularga turdosh bo‘lgan moddalarning spektral-lyuminessent va fotokimyoviy xususiyatlarini hosil qilish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
paxta yog‘i tarkibidagi erkin gossipolni aniqlash bo‘yicha («Paxta yog‘i tarkibidagi erkin gossipol miqdorini aniqlashning usuli» O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtiroga patenti olingan, UZ №IAP04694 30.11.2010 y). Ishlab chiqilgan usul gossipolni aniqlash jarayonini soddalashtirgan va qayd qilish jarayonini bir tartibda kamaytirgan;
berilgan spektral-lyuminessent xarakteristikalar va fotokimyoviy xususiyatlarga ega bo‘lgan yangi organik lyuminoforlar Ukraina Milliy Fanlar akademiyasining Molekulyar biologiya va genetika institutida fluoressent zond va nishon oqsil va nuklein kislotalarni qayd qilishda qo‘llanilgan (Ukraina Milliy Fanlar akademiyasi Molekulyar biologiya va genetika institutining 2016 yil 24 martdagi 109/293-04-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarni qo‘llash kvant chiqish va fototurg‘unligi ikki tartibda ko‘p bo‘lgan yangi fluoressent zond va nishon yaratish imkonini bergan;
yutilish va fluoressensiya spektrlari qizil va yaqin infraqizil sohalarda bo‘lgan yangi organik lyuminoforlar «Monokristallar» Ilmiy texnologiya konsernida tibbiy-biologik tadqiqotlarda va klinik tashxis qo‘yishda qo‘llanilgan (Ukraina Milliy Fanlar akademiyasining 2016 yil 2 maydagi 118/003-05-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning qo‘llanilishi ekstinksiya koeffisienti qiymayti ikki barobar ko‘p bo‘lgan yangi nishon va zondlar yaratish imkonini bergan.