Xolmuradova Go‘zal Ro‘zievnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Konvergent duragaylash uslublari orqali g‘o‘za navlari seleksiyasi samaradorligini oshirish», 06.01.05–Seleksiya va urug‘chilik (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.DSc/Qx21.
Ilmiy maslahatchi: Namazov Shadman Ergashovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar universiteti va Andijon qishloq xo‘jaligi instituti, DSc. 27.06.2017.Qx.13.01.
Rasmiy opponentlar: Ergashev Ibragim Tashkentovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Rizaeva Safiya Mamedovna, biologiya fanlari doktori, professor; Mamaraximov Bunyod Ikramovich, biologiya fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot nomi: O‘zbekiston O‘simlikshunoslik ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: konvergent duragaylashning turli uslublari orqali yaratilgan g‘o‘za duragaylarida xo‘jalik belgilarining irsiylanishi, o‘zgaruvchanligi va shakllanishini qiyosiy tadqiq qilish asosida ushbu uslublarning genetik jihatdan boyitilgan seleksion ashyolarni yaratishdagi samaradorligini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: Ilk bor o‘rta tolali g‘o‘za navlari seleksiyasida turli genotipga ega g‘o‘za navlari ishtirokida konvergent duragaylashning transgressiv rekombinatsiyalash, birlashgan transgressiv rekombinatsiyalash va to‘liqsiz qayta chatishtirish uslublari orqali yaratilgan duragaylari qiyosiy tahlil qilingan;
ular asosida xo‘jalik uchun qimmatli belgilarning irsiylanishi, o‘zgaruvchanligi va yuqori avlodlarda shakllanishi borasidagi qonuniyatlar ilmiy asoslab berilgan; konvergent duragaylashning har ikkala o‘rganilgan uslublari qo‘llanilganda juft, murakkab va qo‘sh duragaylashlardan farqli ravishda duragaylarning dastlabki avlodlaridan boshlab aksariyat belgilar bo‘yicha keng o‘zgaruvchanlik yuz berishi qayd etilgan;
ulardan xo‘jalik uchun qimmatli belgilarning yuqori ijobiy majmuasiga ega rekombinant o‘simliklarni tanlash samaradorli bo‘lishi aniqlangan;
boyitilgan genotipga ega yangi boshlang‘ich ashyolarni yaratish hamda rekkurent g‘o‘za navlarining tezpisharligi, viltga bardoshliligi va tolasining sifatini yaxshilashda birlashgan transgressiv rekombinatsiyalash va to‘liqsiz qayta chatishtirishlar uslubi yuqori samara berishi isbotlangan;
mahsuldorlik, 1000 dona chigit vazni va tola chiqimini yaxshilashda transgressiv rekombinatsiyalash prinsipidan foydalanishning ahamiyati asoslangan;
murakkab duragaylash asosida qimmatli xo‘jalik belgilarining yuqori majmuasiga ega bo‘lgan yangi SP-7302 navi yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
G‘o‘za genetikasi va seleksiyasi borasidagi ilmiy tadqiqotlar natijalari asosida:
murakkab duragaylash asosida vertisillyoz viltga chidamli, yuqori mahsuldor, tezpishar, tola chiqimi yuqori, hosil berish sur’ati yuqori bo‘lgan SP-7302 navi yaratilgan va Gruntnazoratga topshirilgan (Qishloq xo‘jalik ekinlari navlarini sinash Davlat komissiyasining 2017 yil 11 iyuldagi 53/4-307-son, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining 2017 yil 14 iyuldagi 02/20-399-son ma’lumotnomalari). Dastlabki urug‘ ko‘paytirish xo‘jaliklarida nav bo‘yicha 3-5 s/ga qo‘shimcha hosil olingan va rentabellik darajasi 25-30 foizga etkazilgan;
juft, murakkab va konvergent duragaylash uslublari orqali yaratilgan T-814-815/07 g‘o‘za tizmasi va O-102 (K-2), O-105 (K-5), O-779-786 (VK-12) oilalari yaratilgan (Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining 2017 yil 14 iyuldagi 02/20-399-son ma’lumotnomasi). Andoza S-6524 naviga nisbatan 4,5-5,0 s/ga yuqori hosildorlikka, 2-3 kunga tezpisharlikka erishilgan.