Qalandarova Mehribon Komilovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ta’lim jarayonida o‘quvchilarni individual yondashuv asosida intellektual rivojlantirish tizimi”, 13.00.01. -Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqami: B2019.3.PhD/Ped188.
Ilmiy rahbar: Safarova Roxat Gaybullaevna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: T.N.Qori Niyoziy nomidagi O‘zbekiston Pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti, DSc. 03/30.04.2021.Ped.82.01.
Rasmiy opponentlar: Xodjaev Bekzod Xudoyberdievich, pedagogika fanlari doktori, professor;O‘rinova Nilufar Muhammadjanovna, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qoraqalpoq davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ta’lim jarayonida individual yondashuv asosida o‘quvchilarni intellektual rivojlantirish tizimini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘quvchilarni intellektual rivojlantirishga yo‘naltirilgan pedagogik jarayonning didaktik xususiyatlari individual ta’lim traektoriyasiga asoslangan o‘qitishning shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim muhitining barqarorligini ta’minlashga doir variativ ta’lim mazmunining invariantligini hisobga olish asosida aniqlashtirilgan;
ta’lim jarayoni sub’ektlarini intellektual rivojlantirish mezonlari (motivatsion, kognitiv, kreativ) gomogen va geterogen guruhlarni shakllantirishga yo‘naltirilgan didaktik jarayonning kooperativlik jihatining sub’ektivlik bilan ichki aloqadorligini bevosita hisobga olish asosida aniqlashtirilgan;
individual yondashuvga muvofiq o‘quvchilarni intellektual rivojlantirishga yo‘naltirilgan pedagogik jarayon modelining amaliy komponenti didaktik vaziyatlarni yaratish, ijodiy mayllarni hosil qilish, intellektual faoliyatni izchil tashkil etish, o‘quvchilarda kreativ fikrlashni shakllantirishga doir interfaol mashg‘ulotlar tizimi adaptivligini hisobga olish asosida takomillashtirilgan;
o‘quvchilarni intellektual rivojlantirishga yo‘naltirilgan pedagogik tizimning mantiqiy tuzilmasi shaxs rivojlanish sohalarining (motivatsion, intellektual, irodaviy) evristik o‘qitish usullari bilan gorizontal va vertikal munosabatlarining qayta aloqaga kirishuv darajasi produktivligini ta’minlash asosida aniqlashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.Ta’lim jarayonida o‘quvchilarni individual yondashuv asosida intellektual rivojlantirish tizimi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
o‘quvchilarini intellektual rivojlantirish maqsadida pedagogik jarayonning didaktik xususiyatlari yosh xususiyatlariga mosligi, bilim darajasiga muvofiq kelishi, topshiriqlarning ilmiy-amaliy ahamiyat kasb etishi, faoliyat tajribasini rivojlantira olishi pedagogik-psixologik tahlilini hisobga olishga doir takliflardan umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi Davlat ta’lim standartini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 5 oktyabrdagi 89-03-3752-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘quvchilarni intellektual rivojlantirishda kompetensiyaviy yondashuvni joriy etish samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
ta’lim jarayoni sub’ektlarini intellektual rivojlantirish mezonlarini aniqlashtirish, individual yondashuvga muvofiq o‘quvchilarni intellektual rivojlantirishga yo‘naltirilgan pedagogik jarayon modelining amaliy komponentini takomillashtirishga oid amaliy taklif va tavsiyalardan PZ-2014-0903160552 - “Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida modulli o‘qitish jarayonini texnologik ta’minlash mexanizmlari” (2015-2018 yy.) amaliy loyihasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston RespublikasiOliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 5 oktyabrdagi 89-03-3752-son ma’lumotnomasi). Natijada, modulli o‘qitish texnologiyalarini qo‘llash orqali o‘quvchilarni intellektual rivojlantirish samaradorligini oshirishga erishilgan;
o‘quvchilarni intellektual rivojlantirishga yo‘naltirilgan pedagogik tizimning mantiqiy tuzilmasini aniqlashtirish, shaxs rivojlanish sohalarining evristik o‘qitish usullari bilan gorizontal va vertikal munosabatlarining qayta aloqaga kirishuv darajasi produktivligini ta’minlashga doir amaliy taklif va tavsiyalardan F1-XT-1-55237 - “Pedagogik atamalar mazmunini modernizasiyalash va unifikasiyalash parametrlari” (2012-2016 yy.) loyihasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston RespublikasiOliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 5 oktyabrdagi 89-03-3752-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘quvchilarni intellektual rivojlantirishga yo‘naltirilgan pedagogik tizim samaradorligini oshirishga xizmat qilgan.