Nurmamatova Rahima Rahmanovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Sanoat korxonalarida ishlab chiqarishning xavflilik omillarini kamaytirish”, 05.10.01 – “Mehnatni muhofaza qilish va inson faoliyati xavfsizligi” ixtisosligi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B.2019.2.PhD/T1237.
Ilmiy rahbar: Yuldashev Orunbay Rahmonberdievich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi, PhD.40/30.12.2020.T.129.01.
Rasmiy opponentlar: Xasanov Baxriddin Baratovich texnika fanlari doktori, professor; G‘aniev Tohir Ahmedovich texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi sanoat korxonalarida chang portlashiga sabab bo‘luvchi xavfli omillarni kamaytirish, insonlarning hayoti va sog‘lig‘iga changning xavfli ta’sirini aniqlab, himoyalash choralarini ko‘rishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
chang hosil qiluvchi ishlab chiqarish korxonalarini portlashga qarshi baholash usuli ishlab chiqilgan bo‘lib, ishlab chiqarish xonalarini yong‘in xavfi “V” toifasidan portlash xavfi “B” toifasiga o‘tkazishda iqtisodiy samaradorlik asoslangan;
chang hosil qilish jarayonlarini kompleks hisobga olish va portlovchi chang-havo aralashmalarining hosil bo‘lish sharoitlari tahlil qilingan, chang va uning intensivligi, xonaning balandligi va maydonining notekisligi, changning muallaq holatga o‘tishi va portlovchi yonish jarayonida ishtirok etishi hisobga olingan;
ishlab chiqarish binolarida chang chiqarish jarayonining paydo bo‘lishi nazariy jihatdan xonalardagi chang balansi, chang chiqarish jarayonining matematik usuldagi tadqiqi, chang intensivligi asosli ravishda tahlil qilingan va tajribalar tarzida chang zarralarining muallaq holatga o‘tishi hamda portlovchi yonish jarayonida ishtirok etuvchi miqdori aniqlangan;
chang portlashi oqibatida barcha chang zarralari muallaq holatga o‘tishi va portlovchi yonish jarayonida ishtirok etishi natijasida
xavf-xatar darajasi ortishi aniqlangan, inson hayoti va sog‘lig‘iga etkaziladigan zararlar, jarohatlar va kasb kasalliklari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Sanoat korxonalarida ishlab chiqarishning xavflilik omillarini kamaytirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
sanoat korxonalarida yonish changlarini chiqarish bilan bog‘liq bo‘lgan portlovchi yonuvchan toifalarni aniqlash usuli topilgan, unda har bir ishlab chiqarish korxonasi uchun xos bo‘lgan bir-biriga bog‘liq bo‘lgan omillarni hisobga olingan, ilmiy asoslangan qoidalar va vositalar tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi “O’ZTO’QIMACNYILIKSANOAT” uyushmasi Qashqadaryo viloyati Qarshi shahar “SANAM” mas’ulyati cheklangan jamiyatning 2020 yil 10 martdagi, “BUNYODKOR KAFOLAT SERVIS” mas’ulyati cheklangan jamiyatning 2020 yil 16 martdagi, Qarshi davlat universitetining 2020 yil 18 martdagi, Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutining 2021 yil 30 iyundagi dalolatnomalari). Natijada, “V” yong‘in xavfi toifasi tayinlanib, “B” toifasini bosib chiqarishga 12723817 so‘m mablag‘ tejalgan;
xavfsizlik texnikasi qoidalari, jarohatlanishlarning oldini olish, ishlab chiqarish binolarida portlovchi yonuvchan chang-havo aralashmalari, oson tiklanadigan konstruksiyalar, chang miqdorini o‘lchaydigan laboratoriya jihozlari va mikroiqlimni sanitar-gigienik me’yorlari taklif etilgan (“O‘zbekneftegaz” AJ Muborak gazni qayta ishlash zavodining 2020 yil 9 iyundagi №8-2/FX-1573-conli dalolatnomasi, O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasining 2021 yil 16 sentyabrdagi 04/670-son ma’lumotnomasi). Natijada, taklif etilayotgan xavfsizlik texnikasi qoidalari va mikroiqlimni sanitar-gigienik me’yorlari talablariga to‘liq mosligini ta’minlash, ishchi-xodimlarning shikastlanishlarini oldini oladi va jarohatlanishlar ehtimolini 29-35% gacha kamaytiradi.