Akramova Ra’no Ramizitdinovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Maxsar kunjarasini ekstraksiyalash va olinadigan moyini rafinatsiyalash texnologiyalarini modernizatsiya qilish», 02.00.17–Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlariga ishlov berish, saqlash va qayta ishlash texnologiyasi va biotexnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.PhD/T143.
Ilmiy rahbar: Abduraximov Saidakbar Abduraximovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Toshkent kimyo-texnologiya instituti, DSc.27.06.2017.K/E.35.01.
Rasmiy opponentlar: Isabaev Ismoil Babadjanovich, texnika fanlari doktori, professor; Tillaeva Gul`nara Urinbaevna, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot nomi: «Toshkent yog‘-moy kombinati» AJ.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: maxsar kunjarasini ekstraksiyalash texnologiyalarini modernizatsiyalash va olingan moyni noan’anaviy massa almashinishi jarayonlarining intensifikatsiyasi usullarini qo‘llab, samarali mahalliy kimyoviy reagentlar bilan rafinatsiyalashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
granulalangan kunjaraning strukturaviy-mexanik va fizik-kimyoviy xossalari aniqlangan;
granulalangan maxsar kunjarasi va qobig‘ini uglevodorodli erituvchida ekstratsiyalash jarayonini ko‘rsatkichlari aniqlangan;
maxsar kunjarasini ekstraksiya jarayonini intensifikatsiya qilishda missellani gorizontal kolonnaning pastgi qismidan yuqori qismiga qarab 65-700S qizdirish orqali resirkulyasiyalash isbotlangan;
maxsar moyini gidratatsiyalash va neytrallashda mexanik-kimyoviy faollashuvni qo‘llash orqali tarkibdagi assotsiatlarni (misellani) parchalash imkonini berib jarayonlarni 1,2–1,3 barobar intenfisirlash aniqlangan;
maxsar moyini neytrallashda an’anaviy kaustik soda o‘rniga silikat natriyni qo‘llash orqali neytrallangan moyning chiqishi 1,5–2,0% ga oshishi isbotlangan;
maxsar moyini oqartirishda maxalliy loyli minerallar va ko‘mirdan olingan adsorbentlarning tanlov xususiyatlari aniqlangan;
oqartirilgan maxsar moyini yuqori chiqishi va yuqori sifat ko‘rsatgichlarini ta’minlovchi samarador maxalliy adsorbentlar kompozisiyasi yaratilgan;
maxsar moyini ekstraksiyalash va kompleks rafinatsiyalashning modernizatsiyalangan texnologik jarayoni yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Maxsar kunjarasini ekstraksiyalash va olinadigan moyini rafinatsiyalash texnologiyalarini modernizatsiya qilish bo‘yicha takliflar asosida:
oqartirilgan maxsar moyini yuqori chiqishi va yuqori sifat ko‘rsatgichlarini ta’minlovchi samarador maxalliy adsorbentlar kompozisiyasi «O’ZPAXTASANOATEKSPORT» XKga joriy etilgan. («O’ZPAXTASANOATEKSPORT» XK 2017 yil 17 fevraldagi VD-yo/264-son ma’lumotnomasi). Natijada maxsar moyini sifati talab darajasiga etkazish imkonini bergan;
maxsar moyini ekstraksiyalash va rafinatsiyalashni modernizatsiyalangan texnologiyasi «O’ZPAXTASANOATEKSPORT» XK ishlab chiqarishiga joriy etilgan. («O’ZPAXTASANOATEKSPORT» XK 2017 yil 17 fevraldagi VD-yo/264-son ma’lumotnomasi). Natijada granulalangan kunjarasini an’anaviy rakushkasini ekstraksiya qilinishiga nisbatan uglevodorodli erituvchini yo‘qotish 15–20%ga kamaygan va olinadigan missella konsentratsiyasi 3–4%ga oshirilgan, ishlab chiqilgan gidratatsiya jarayonini qo‘llash va maxsar moyini ishqorli rafinatsiyalashda taklif etilgan silikat natriy eritmasidan foydalanish xisobida mahsulot ishlab chiqarish samaradorligi 17% oshishiga imkoniyat yaratgan.