Qosimova Sarvinoz Sayfullaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «XI–XIII asrlarda Movarounnahr tilshunoslarining arab grammatik nazariyasi bo‘yicha ilmiy tadqiqotlari», 10.00.05–Osiyo va Afrika xalqlari tili va adabiyoti (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.PhD/Fil111.
Ilmiy maslahatchi: Kuranbekov Ahmad, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat sharqshunoslik instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat sharqshunoslik instituti, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti, O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.27.06.2017.Fil.21.01.
Rasmiy opponentlar: Sodiqov Qosimjon Pozilovich, filologiya fanlari doktori, professor; Islomov Zohidjon Mahmudovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot nomi: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi O‘zbek tili, adabiyoti va fol`klori instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Zamaxshariyning «Mufassal», Mutarriziyning «Misboh» va Daririyning «Muqaddima» asarlari misolida movarounnahrlik olimlarning o‘sha davr arab tili grammatikasiga qo‘shgan hissalarini aniqlash va ular kashf qilgan arab tilshunosligidagi yangiliklarning hozirgi arab tili grammatikasiga ta’sirini ilmiy asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Zamaxshariyning «Mufassal», Mutarriziyning «Misboh» va Daririyning «Muqaddima» ilmiy asarlarini muomalaga kiritish asnosida arab tilining fonetik va grammatik tizimiga movarounnahrlik olimlar tomonidan kiritilgan ilmiy-nazariy fikrlar dalillangan;
arab tilshunosligining hozirgi holati, soha terminologiyasida Movarounnahrda faoliyat ko‘rsatgan tilshunoslar kiritgan imala, lafǜa va jumla terminlari hisobiga boyish yo‘llari isbotlangan;
movarounnahrlik tilshunoslarning arab tili nazariyasini rivojlantirishdagi o‘rni va ular tomonidan yaratilgan nazariy qarashlarning hozirgi til nazariyasiga ta’siri asoslab berilgan;
grammatik asarlar uslubi masalasiga oid muammolar bartaraf etilib, terminlarni o‘girishda so‘zma-so‘z tarjimaga yo‘l qo‘ymaslik, grammatik qoidalarni tarjima qilish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
O‘rta asr Movarounnahr tilshunoslari tadqiqotlarining tahlili bo‘yicha olingan natijalar asosida:
«Mufassal», «Misboh» va «Muqaddima» yozma manbalaridan badiiy ko‘rgazma zallarida tashkil etilgan tarixiy mavzudagi ekspozisiyalarni shakllantirishda tasviriy asarlar uchun mavzu va manba sifatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligining 2017 yil 7 fevraldagi 29-son ma’lumotnomasi). Joriy etilgan natijalar o‘zbek xalqi milliy-madaniy merosi to‘g‘risidagi tasavvurlarni kengaytirishga manba bo‘lib xizmat qilgan;
«Hamiduddin Daririyning «Muqaddima» asari: matn va tadqiq» monografiyasidan mamlakatimiz boy tarixini, uning betakror madaniyatini va milliy qadriyatlarni keng targ‘ib etishda foydalanilgan («XAMAR» xalqaro aloqalar markazining 2017 yil 16 fevraldagi 02/5-son ma’lumotnomasi). Natijada O‘zbekistonga tashrif buyuruvchi sayyohlar uchun mamlakatimiz tarixi va ilmiy merosi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni etkazib berishda manba bo‘lib xizmat qilgan;
movarounnahrlik tilshunoslar tomonidan yaratilgan ilmiy asarlarning qo‘lyozmalaridan san’at yo‘nalishidagi muzeylarning ekspozisiyalarini shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Badiiy akademiyasining 2017 yil 7 fevraldagi 22-son ma’lumotnomasi). Ekspozisiyalarda ilmiy natijalarning qo‘llanilishi o‘rta asrlarda Markaziy Osiyo hududida qo‘llanilgan yozuvlar, ularning yozuv madaniyati va turkiy xalqlar turmushida tutgan o‘rnini ko‘rsatish va aniq baholash imkonini bergan.