Djaxangirova Gulnoza Zinatullaevnaning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Don mahsulotlari ishlab chiqarish jarayonlarida meva va sabzavot kukunlarini qo‘llash texnologiyasini takomillashtirish», 02.00.17–Qishloq xo‘jalik va oziq-ovqat mahsulotlariga ishlov berish, saqlash hamda qayta ishlash texnologiyalari va biotexnologiyalari (texnika fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.PhD/T37.

Ilmiy rahbar: Tursunxodjaev Pulat Muxamedovich, texnika fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Toshkent kimyo-texnologiya instituti, DSc.27.06.2017.T.04.01.

Rasmiy opponentlar: Kurbanov Jamshed Majidovich, texnika fanlari doktori, professor; Barakaev Nusrat Radjabovich, texnika fanlari doktori.

Yetakchi tashkilot nomi: «O‘zdonmahsulot» AK.

Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: mahalliy o‘simlik xomashyolarini qayta ishlash mahsulotlaridan foydalanganholda un mahsulotlari tarkibi va texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

kukunsimon yarimfabrikatlarning nutrient tarkibi, funksional-texnologik va toksikologik xossalari aniqlangan;

kukunsimon yarimfabrikatlarning katabolik regressiya jarayonlariga, novvoylik achitqilarining faollashuviga va tayyor mahsulot sifatiga ta’siri isbotlangan;

kukunsimon yarimfabrikatlar qo‘shib tayyorlangan non-bulka mahsulotlarining kimyoviy tarkibi va tibbiy-biologik xossalari aniqlangan;

olma, sabzi, qovoq, osh lavlagi, qizil-chuchuk qalampir kukunlaridan  yarimfabrikatlari olish, ular asosida non-bulka mahsulotlari ishlab chiqarish texnologiyalari yaratilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:

Non mahsulotlarini ishlab chiqarish jarayonida meva-sabzavot kukunlarini qo‘llash bo‘yicha takliflar asosida:

non mahsulotlarini ishlab chiqarish usuliga O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtiroga patenti olingan (IAP№04248, 2008 y.). Natijada xushbo‘y moddalarga ega mahsulotlar assortimentini kengaytirish, mahsulot sifatini yaxshilash, uning ozuqaviy va biologik qimmatini oshirish imkonini bergan;

meva va sabzavot xomashyolarini qayta ishlash mahsulotlari qo‘shilgan ommaviy iste’molbop qolipli non mahsulotlarini tayyorlash texnologiyasi ishlab chiqarishga joriy etilgan («TOSHKENT NON» non ishlab chiqarish uyushmasining 2017 yil 22 avgustdagi 06-458-son ma’lumotnomasi). Natijada qolipli non mahsulotlari sifati va ishlab chiqarish samaradorligi 16% oshishiga imkon bergan.

oziqaviy komponentlarga boy meva va sabzavot kukunlari qo‘shilgan bulochka mahsulotlarini tayyorlash texnologiyasi ishlab chiqarishga joriy etilgan («TOSHKENT NON» non ishlab chiqarish uyushmasining 2017 yil 22 avgustdagi 06-458-son ma’lumotnomasi). Natijada bulochka mahsulotlari sifati va ishlab chiqarish samaradorligi 17% oshishiga imkon bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish