Azimov Abdulaxat Abdujabborovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «G‘o‘zaning introgressiv tizmalarini biotik stresslarga bardoshligi va uning irsiylanishi», 03.00.09–Umumiy genetika (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.PhD/V30.
Ilmiy rahbar: Abzalov Miradxam Fuzailovich, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Genetika va o‘simliklar eksperimental biologiyasi instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Genetika va o‘simliklar eksperimental biologiyasi instituti, DSc.29.08.2017.V.53.01.
Rasmiy opponentlar: Rizaeva Safiya Mamedovna, biologiya fanlari doktori, professor; Boboev Sayfulla G‘afurovich, biologiya fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot nomi: Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: g‘o‘zaning introgressiv liniyalari ishtirokida olingan duragay populyasiyalarning viltga chidamlilik belgisining irsiylanishi va o‘zgaruvchanligini aniqlash hamda zararkunandalarga chidamliligi asosida yangi navlar yaratishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ota-ona shakllar va ularning duragaylarida zararkunandalarga chidamlilik darajasi hamda vertisillez viltga kuchli infeksion fonida g‘o‘zaning F1, F2, F3 resiprok avlod o‘simliklarida bir o‘simlikdagi ko‘saklar soni belgisining o‘zgaruvchanligi aniqlangan;
g‘o‘za o‘simligining resiprok F1, F2, F3 avlodlarida vertisillyoz viltiga chidamlilik belgisi ota-ona shakllari bo‘lmish sintetik introgressiv liniyalardan (IL-296, IL-1378, IL-32) to‘liqsiz dominantlik tipida irsiylanishi, bir o‘simlikdagi ko‘saklar soni belgisi esa g‘o‘zaning madaniy allotetraploid ota-ona shakllari bo‘lmish KS-1 va AN-14 navlari o‘simliklaridan irsiylanishi isbotlangan;
1–3 avlod o‘simliklaridagi «bitta o‘simlikdagi ko‘saklar soni» belgisining vertisillyozli vilt bilan zararlanish darajasiga qarab irsiylanishi hamda ota-ona va ularning duragay shakllarida shira va o‘rgimchakkana bilan zararlanish darajalari aniqlangan;
vertisellyoz vilti bilan kasallanish darajasining oshishi bilan birlamchi ota-ona shakllarida va resiprok F1, F2 avlodlarda, ayniqsa chidamsiz ota-ona (KS-1, AN-14) boshlang‘ich materiallarida ba’zi qimmatli xo‘jalik belgilarining (bir o‘simlikdagi ko‘saklari soni) pasayishi isbotlangan;
ota-ona shakllari va birinchi, ikkinchi va uchinchi avlod resiprok duragaylarining vertisillyoz fonlarda va zararkunandalar bilan sun’iy zararlantirilgan fonlarda qimmatli xo‘jalik belgilarining sinflarga taqsimlashda o‘zgaruvchanlik keng diapozonda bo‘lishi aniqlangan hamda kompleks holda viltga, shiraga va o‘rgimchakkanaga chidamli va qimmatli xo‘jalik belgilari bo‘lgan genotip donorlari ajratib olingan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
G‘o‘zani introgressiv tizimlarini biotik stresslarga bardoshliligi va uni irsiylanishi bo‘yicha olingan natijalar asosida:
g‘o‘zaning introgressiv va turlararo duragaylash asosida xo‘jalik uchun qimmatli belgilarga ega bo‘lgan «Ishonch» g‘o‘za navi yaratilgan hamda qishloq xo‘jalik ekinlarining yangi nav va duragaylari Davlat reestriga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi ekinlari navlarini sinash Davlat komissiyasining 2014 yildagi 30-son ma’lumotnomasi). «Ishonch» navi o‘zida hosildorlikning ijobiy belgilariga, sifatli texnologik tola xususiyatga va vertisellyoz viltga, shiraga, o‘rgimchakkanaga va suv tanqisligining chidamli belgilariga ega bo‘lgan istiqbolli nav sifatida respublikaning janubiy viloyatlariga tavsiya etilgan.
xo‘jalik uchun qimmatli belgilarga ega bo‘lgan «Ishonch» navi Qashqadaryo viloyatining qator tumanlariga joriy etilgan (Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining 2017 yildagi 248-son ma’lumotnomasi). G‘o‘zaning qurg‘oqchilik va kasallikka chidamli va yuqori sifatli «Ishonch» navi tezpisharligi bo‘yicha boshqa g‘o‘za navlaridan (Buxoro-6) ustunligini ko‘rsatgan va gektaridan 3–5 sentnerdan qo‘shimcha paxta xomashyosi olish imkonini bergan.