Ergasheva Xilolaxon Erkinjonovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Andijon suv omborining al`goflorasi», 03.00.05–Botanika (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.PhD/B.53.
Ilmiy rahbar: Alimjanova Xolisxon Alimjanovna, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Botanika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Botanika instituti va O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.27.06.2017.B.39.01.
Rasmiy opponentlar: Buriev Sulaymon, biologiya fanlari doktori, professor; Raximova Tashxonim, biologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Andijon suv ombori al`goflorasining taksonomik tarkibini aniqlash va ularning mavsumiy o‘zgarishlarini asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Andijon suv ombori al`goflorasi turlar tarkibining to‘liq inventarizatsiyasi asosida 418 ta tur aniqlangan va konspekti tuzilgan;
ilk bor Andijon suv ombori al`goflorasi turlar tarkibidan O‘rta Osiyo al`goflorasi uchun ilgari noma’lum bo‘lgan 10 ta tur (Peridinium limbatum (Stokes) lemm., Glenodinium ambiguum Thomp., Trachelomonas labiata Teiling, Trachelomonas sonica Playf, Elakatothrix spirochroma (Reberd.) Hind., Cosmarium subtruncatellum Gronbl., Xanthidium variabile (Nordst.) W.et. G.S. West, Chodatella cingula (Schmit.) Fott., Coelastrum scabrum Rein., Kirchneriella cornuta Korsch.) aniqlangan;
Andijon suv ombori al`goflorasi bilan O‘zbekiston suv omborlari al`goflorasining qiyosiy tahlili amalga oshirilgan va o‘xshash turlar hamda Andijon suv omborining o‘ziga xos turlari aniqlangan;
al`goflora tarkibining mavsumlar davomidagi o‘zgarishlari aniqlangan hamda turlarning soni bahor va yoz mavsumlarida 40 ta turga (13,07%), yoz va kuz mavsumlarida 45 ta turga (13,0%), kuz va qish mavsumlarida 228 ta turga (75,7%) farq qilganligi va har bir mavsumning o‘ziga xos turlari mavjud ekanligi tavsiflangan;
al`gofloraning ekologik guruhlari, plankton, plankton-bentos va bentos guruhlari, al`gofloraning suv sho‘rligi va haroratiga nisbatan taqsimlanishi hamda indikator-saprob turlar soni aniqlangan;
ilk marotaba Andijon suv ombori al`goflorasining zamonaviy holatini aks ettiruvchi elektron ma’lumotlar bazasi yaratilgan va amaliyotga joriy etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Andijon suv ombori al`goflorasini tadqiq qilish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
Andijon suv omboridan aniqlangan 418 ta turdan iborat ma’lumotlar bazasi “Bioxilma-xillik bo‘yicha ma’lumotlarning global tizimi”ga kiritilgan (GBIF, www.gbif.org, 2016 yil 25 avgustdagi ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalar suv havzalari al`gofloralarining xalqaro yagona ma’lumotlar bazasini shakllantirish va monitoringini amalga oshirish imkonini bergan.
Andijon suv ombori al`goflorasi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar va elektron ma’lumotlar bazasi Andijon davlat universiteti A-7-21 raqamli “Farg‘ona vodiysi shimoliy qismi o‘simliklar qoplamining antropogen transformatsiyasini baholash” va 12 S-5-19 “Alohida ahamiyatga ega botanik hududlarni tanlash – O‘zbekistonda biologik xilma-xillikni o‘rganish va saqlab qolishning yangi yo‘nalishi (Farg‘ona vodiysi misolida)” amaliy va fundamental loyihalarining ilmiy-tadqiqot ishlarida qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2017 yil 14 sentyabrdagi ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalar Farg‘ona vodiysi suv havzalari al`goflorasining antropogen transformatsiyasini baholash va suv havzalarining saproblik zonalarini aniqlash imkonini bergan.