Ruzmetov Mansurbek Erkinovichning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Yopiq omborga paxtani g‘aramlash va buzishning samarali resurstejamkor texnologiyasini yaratish», 05.06.02–To‘qimachilik materiallari texnologiyasi va xomashyoga dastlabki ishlov berish (texnika fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.PhD/T141.

Ilmiy rahbar: Xodjiev Muksin Tadjievich, texnika fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti, DSs.27.06.2017.T.08.01.

Rasmiy opponentlar: Axmedxodjaev Xamit Tursunovich, texnika fanlari doktori, professor; Maksudov Ravshan Xasanovich, texnika fanlari doktori, dotsent.

Yetakchi tashkilot: “Paxta sanoat ilmiy markazi” AJ.

Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: paxtani yopiq omborga yuklash va taqsimlash hamda g‘aramlangan paxtani ishlab chiqarishga uzatishning samarali resurstejamkor texnologiyasini yaratishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

paxtani yopiq omborga yuklash va taqsimlash hamda buzish jarayonini samarali resurstejamkor texnologiyasi takomillashtirilgan;

paxtani taqsimlash qurilmasida jelobning ochilish jarayonida uning yon tomonlaridagi ta’sir etuvchi kuchlarni e’tiborga oluvchi qonuniyatlar aniqlangan va buning natijasida hisoblash uslubi ishlab chiqilgan;

nazariy tomondan jelobning burchak tezligini oshishi uni ochilish vaqtining qisqarishiga olib kelishi aniqlangan;

jeloblarni uzluksiz ravishda paxta bilan to‘ldirishni ta’minlashni amalga oshiruvchi texnologik sxema ishlab chiqilgan;

paxtani ishlab chiqarishga uzatish qurilmasining asosiy ishchi organi frezaning harakat holati va havo quvurini o‘zaro joylashish sxemasining ratsional varianti ishlab chiqilgan;

paxtani ishlab chiqarishga uzatish jarayonida freza qoziqchalari orqali ajratilayotgan paxta qatlamiga ta’sir etuvchi kuchning kamayish qonuniyati ishlab chiqilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:

Paxta xomashyosini yopiq omborga yuklash va taqsimlash texnologiyasini ishlab chiqish tadqiqoti bo‘yicha ilmiy natijalar asosida:

paxtani saqlash jarayonidagi paxta xomashyosini yopiq omborlarga yuklash va taqsimlash usuli «O‘zpaxtasanoateksport» xolding kompaniyasiga qarashli Buxoro viloyatining «Kogon oltin tola» hamda «Olot paxta tozalash» AJlariga joriy etilgan («O‘zpaxtasanoat» AJning 2017 yil 15 sentyabrdagi 02-11/2329-son ma’lumotnomasi). Natijada qo‘l mehnatini kamaytirishga, paxta xomashyosini yopiq omborga yuklash va taqsimlash jarayonida yopiq omborni paxta xomashyosi bilan to‘ldirilish koeffisientini 0,96 ga oshishiga hamda ishlab chiqarish xarajatlarini 15–20% kamayishiga imkon bergan;

paxta xomashyosini ishlab chiqarishga uzatish jarayonida resurstejamkor uskunasi «O‘zpaxtasanoateksport» xolding kompaniyasiga qarashli Toshkent viloyatining «Qorasu paxta tozalash» AJga joriy etilgan («O‘zpaxtasanoat» AJning 2017 yil 15 sentyabrdagi 02-11/2329-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijaning qo‘llanilishi uskuna frezasining pastdan yuqoriga qarab aylanishi natijasida freza qoziqchasi tomonidan paxta bo‘lakchasiga ta’sir qiladigan kuchning 2–3 barobarga kamayishiga, paxta xomashyosi va uning mahsulotlarini tabiiy sifat ko‘rsatkichlarini saqlab qolinishiga, ishlab chiqarish xarajatlarini 15–20% kamaytirishga hamda ish unumini oshirishga imkon bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish