Mirrahimova Saidaxon Shuxratovnaning

fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Neovaskulyar glaukomaning kombinatsiyalashgan davosini ishlab chiqish», 14.00.08–Oftal`mologiya (tibbiyot fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.DSc/Tib137.

Ilmiy maslahatchi: Bilalov Erkin Nazimovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.27.06.2017.Tib.30.01.

Rasmiy opponentlar: Jasek P. Szaflik (Pol`sha), tibbiyot fanlari doktori, professor; Kamilov Xalidjon Maxamadjanovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Yusupov Amin Azizovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.

Yetakchi tashkilot: Seul Milliy universiteti (Janubiy Koreya).

Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: neovaskulyar glaukomaning jarrohlik amaliyotidan keyingi bosqichda fotodinamik terapiyani qo‘llash orqali davolash samaradorligini oshirishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 

fibroplastik jarayonlarni kuchaytiruvchi morfologik va patologik o‘zgarishlarda tajriba hayvonlarda o‘tkazilgan antiglaukomatoz jarrohlik amaliyoti sohasidan olingan gistologik kesimlar asosida fotodinamik terapiya ta’siri isbotlangan;

neovaskulyar glaukomada jarrohlik amaliyotidan keyin yangi hosil qilingan ko‘z ichi suyuqligi oqish yo‘llarida fotodinamik terapiyadan foydalanishning xavfsizligi va antiproliferativ faolligi isbotlangan;

ilk bor oftal`motonus darajasi hamda jarrohlik amaliyotidan keyingi gemorragik asoratlar xavfini kamaytirish imkonini beradigan «brim-optik» dorisini qo‘llash samaradorligi, uning gipotenziv va tomir toraytiruvchi xususiyatlari jarrohlik amaliyotidan oldingi davrda nafaqat ijobiy ta’siri, balki, kasallikning ikkinchi bosqichida mustaqil dori-darmon vositasi sifatida qo‘llash mumkinligi isbotlangan;

neovaskulyar glaukomali bemorlarda antiglaukomatoz jarrohlik amaliyotidan so‘ng intraskleral bo‘shliq chandiqlashuvining oldini olish uchun ilk bor oftal`mologiyada ALT-Vostok moslamasida fotodinamik terapiyani amalga oshirish algortmi ishlab chiqilgan;

neovaskulyar glaukomaning klinik ko‘rsatkichlari va ul`taratovush biomikroskopiyasi ma’lumotlari yordamida antiglaukomatoz jarrohlik amaliyoti natijasida yuzaga kelgan intraskleral bo‘shliq chandiqlashuv jarayonining oldini olish hamda shu bo‘shliqni saqlash uchun  qo‘llanilgan davolash mexanizmining ijobiy xususiyatlari isbotlangan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:

Neovaskulyar glaukomaning kombinatsiyalashgan davosini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:

«Neovaskulyar glaukomali bemorlarda ko‘z ichki bosimini medikamentoz pasaytirish usullari» uslubiy qo‘llanma ishlab chiqilgan va sog‘liqni saqlash amaliyotiga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2016 yil 8 noyabrdagi 8n-m/348-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy qo‘llanma neovaskulyar glaukomali bemorlarda jarrohlik muolajalaridan oldin «brimoptik» dori vositasini qo‘llash ko‘zning ichki bosimini sezilarli darajada pasaytirish hamda intra- va jarrohlik amaliyotidan keyingi ilk bosqichda gemorragik asoratlarni 2,2 martagacha kamayishi imkonini beradi.

neovaskulyar glaukomaning kombinatsiyalashgan davosining samarali tizimini ishlab chiqish va takomillashtirishga qaratilgan ilmiy tadqiqotlarning natijalari asosida neovaskulyar glaukomaning davolash algoritmi ishlab chiqilgan va ushbu ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan Toshkent tibbiyot akademiyasi qoshidagi Oliy ta’lim muassasalararo ilmiy-tekshirish laboratoriyasi hamda Samarqand davlat tibbiyot instituti Oftal`mologiya klinikasi, Toshkent shahar tez tibbiy yordam klinik shifoxonasi hamda Toshkent tibbiyot akademiyasi ikkinchi klinikasi klinik amaliyotiga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2016 yil 8 noyabrdagi 8n-m/348-son ma’lumotnomasi). Olingan tadqiqotlarning klinik amaliyotga joriy qilinishi neovaskulyar glaukomaning jarrohlik amaliyotidan keyingi gemorragik asoratlarini 20,9% dan 30,6%ga kamaytirib, fotodinamik terapiyadan keyin ortiqcha chandiqlashuvining oldi olingan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish