Rayxonova Muxayyo Muxammadievnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Abdulla Oripov she’riyatida olamni idrok etish va badiiy voqelantirish tadriji”, 10.00.02-O‘zbek adabiyoti (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.3.PhD/Fil957.
Ilmiy rahbar: Afoqova Nodira Maxmudovna, filologiya fanlari doktori, dotsent
Dissertatsiya bajarilgan muassasa: Qarshi davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Fil.70.01.
Rasmiy opponentlar: Jabborov Nurboy Abdulxakimovich, filologiya fanlari doktori, professor; Eshonqulov Husniddin Primovich, filologiya fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Abdulla Oripovning olamni falsafiy idrok etish va uni badiiy qayta gavdalantirish konsepsiyasini tadrijiy o‘rganish, ijtimoiy muhit va ijodkor shaxs munosabatlari dialektikasini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
shoir lirikasining xalqona badiiy tafakkur mezoni, mumtoz poetika usullari, tarixiy asarda zamon va makon tahlili, tarixiy-asarning mazmuni va mavzusi tarixiy-ijtimoiy muhitda ijodkor shaxsi va dunyoqarashini shakllantiruvchi boshlang‘ich manba ekanligi Abdulla Oripov ijodi asosida aniqlangan;
ijodiy jarayon o‘ta murakkab kechgan XX asrda o‘zbek adabiyoti taraqqiyotining ijtimoiy, empirik xususiyatlarini o‘zida aks ettirgan Abdulla Oripov asarlarida olam, uning tuzilishi, ijtimoiy borliq va unda insonning o‘rni muammosining badiiy talqini yaxlit holda ochib berilgan;
Abdulla Oripov she’riyatida mazmun va janr dialektikasi, olamni badiiy qayta gavdalantirishning tasviriy-vositaviy usullar bilan o‘zaro munosabati, borliqda insonning o‘rni va uning muammolarining badiiy talqini, olamni badiiy qayta gavdalantirishning tasviriy-vositaviy usullar bilan o‘zaro munosabati shoir asarlari misolida ochib berilgan;
murakkab ijtimoiy-tarixiy sharoitda yashagan shoir ijodi bosqichlari, inson va uning jamiyatiga munosabati obrazli, mufassal, muammoli hamda didaktik talqinlariga ko‘ra aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Abdulla Oripov she`riyatida olamni idrok etish va badiiy voqelantirish tadriji bo‘yicha olib borilgan tadqiqot asosida olingan natijalar asosida:
jahon va zamonaviy o‘zbek adabiyotshunosligida olamni idrok etish va badiiy voqelantirish hodisasining o‘rganilish usullari, bunga doir nazariy xulosalar umumlashtirilib, o‘zbek she’riyatiga xos poetik xodisaning mohiyati haqidagi kuzatuvlardan, she’riyatidagi fol`klor mumtoz adabiyot, jahon adabiyotiga xos poetik omillarning aniqlashga oid ilmiy xulosalaridan FA-F1-OO5 raqamli “Qoraqalpoq folk`lorshunosligi va adabiyotshunosligi tarixini tadqqiq etish” mavzusidagi fundamental loyihani bajarishda foydalanilgan (O‘zRFAQQB Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy tadqiqot institutining 2021 yil 26 maydagi 17-01-111-son ma’lumotnomasi). Natijada jahon va o‘zbek she’riyatidagi olamni idrok etish va badiiy voqelantirish, adabiyotga xos poetik omillarning ilmiy natijalarini aniqlash imkonini bergan;
shoir ijodi misolida badiiy tafakkurda olamning yaratilishi va uning tuzilishiga oid xulosasidan “Mitti yulduz” jilolari yoxud Abdulla Oripov izdoshlari huzurida” mavzusidagi loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Yozuvchilar uyushmasi Qashqadaryo bo‘limining 2021 yil 31 martdagi 30-son ma’lumotnomasi). Natijada olamni falsafiy idrok etish va badiiy tafakkur dialektikasi talqinini oydinlashtirish imkonini bergan;
Abdulla Oripov she’riyatida mazmun va janr dialektikasi, olamni badiiy qayta gavdalantirishning tasviriy-vositaviy usullar bilan o‘zaro munosabati shoir asarlari misolida ochib berilganligiga oid xulosalaridan “Hozirgi zamon o‘zbek adabiyoti” nomli ekspozisiyani shakllantirishda foydalanilgan (O‘zFA Alisher Navoiy nomidagi davlat adabiyot muzeyining 2020 yil 28 dekabrdagi 136-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘zbek she’riyatining yangilanish tamoyillarini tadqiq etishda va bu o‘lmas merosni ommalashtirishga erishilgan.