Shirinova Raima Xakimovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Olam milliy manzarasining badiiy tarjimada qayta yaratilishi». 10.00.06–Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.DSc/Fil46.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat sharqshunoslik instituti, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti, O‘zbekiston Milliy universiteti, 27.06.2017.Fil.21.01.
Rasmiy opponentlar: Dadaboev Xamidulla Aripovich, filologiya fanlari doktori, professor; Xolbekov Muxammad Nurkasimovich, filologiya fanlari doktori, professor; Nosirov Abduraxim Abdimutalipovich, filologiya fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: badiiy tarjimada olam milliy manzarasining qayta yaratilishi muammolarini konseptual tahlil qilish va adekvat tarjima yaratish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
badiiy tarjimada «olam manzarasi» va «olam milliy manzarasi» fenomenlarining falsafiy-lisoniy mohiyati asoslangan;
badiiy tarjimada realiyalar (xos so‘zlar), frazeologik birliklar va paremiyalarning adekvat berilishi olam milliy manzarasining yaxlitligini ta’minlovchi yetakchi lisoniy vosita ekanligi kontekstual-komponent tahlil metodi orqali isbotlangan;
mutarjimning lisoniy va fon bilimlari darajasi hamda tarjimonlik mahorati tarjimon-muallif-asar uchligi (triadasi) asosida aniqlanishi asoslab berilgan;
zamonaviy tarjimashunoslikda sonans, dissonans, kognitiv dissonans fenomenlari lingvistik hodisa ekani tavsiflanib, tarjima jarayonida ularning kelib chiqish sabablari va kognitiv dissonans hodisasini bartaraf etishga oid amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan;
tarjimada asliyat olamining milliy manzarasini adekvat yaratishda milliy-madaniy so‘zlar tarjimasi muhimligi, tarjimonlar uchun lingvomadaniy lug‘atlar etishmasligi inobatga olinib tarjima lug‘atlariga madaniy axborotlarni to‘liq kiritish zarurati dalillangan;
tadqiqotning natijalari, ilmiy-nazariy xulosalari asosida «Milliy-madaniy so‘zlarning audiovizual lug‘ati»ni yaratish tamoyillari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Badiiy tarjimada olam milliy manzarasining qayta yaratilishi tadqiqoti bo‘yicha ishlab chiqilgan uslubiy va amaliy takliflar asosida:
ishda muhokama qilingan ayrim masalalar, xususan, frazeologik birliklar, o‘zbek xalq maqollarining fransuz tilida berilishi usullari chet tilini egallashning umumevropa kompetensiyalari (CEFR) asosida yaratilgan «Fransuz tili» darsligi mazmuniga singdirilgan (№303-0120). Joriy etilgan materiallar milliy-madaniy so‘zlarning lug‘aviy va tarjimadagi kontekstual ma’nosini o‘rganishga xizmat qilgan;
tadqiqotning ilmiy natijalaridan Fransiya elchixonasi tomonidan o‘tkaziladigan xalqaro «Frankofoniya 2015–2016» tadbir doirasida tayyorlangan «Interprètes étrangers» («Chet ellik tarjimon») sahna ko‘rinishlarini tayyorlashda amaliy foydalanilgan (Fransiyaning O‘zbekistondagi elchixonasining 2017 yil 27 martdagi ma’lumotnomasi). Sahnalashtirilgan mazkur spektaklda milliy-madaniy so‘zlar ya’ni realiyalar, paremiyalar, metaforalarning tarjimada berilishi mutarjim poetik mahoratini aniqlashga xizmat qilgan;
fransuz xalqining madaniyati va san’ati hamda milliy qadriyatlari, fransuz olamining milliy manzarasi aks etgan ilmiy ma’lumotlarni o‘zbek xalqiga taqdim etishga doir fikr-mulohazalar O‘zbekiston televideniyasining «Dunyo bo‘ylab» turkum ko‘rsatuvlarida muntazam berib borilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi «Dunyo bo‘ylab» telekanalining 08-14-307–son ma’lumotnomasi). Ko‘rsatuvlardagi adabiy-ilmiy materiallar fransuz xalqi madaniyati, urf-odati, milliy qadriyatlari va marosimlari to‘g‘risidagi tasavvurlarni kengaytirishga muhim manba bo‘lib xizmat qilgan;
tadqiqot natijasida «Milliy-madaniy so‘zlarning o‘zbekcha-fransuzcha audiovizual lug‘ati» (o‘zbekcha-fransuzcha izoh) yaratildi (№DGU 04096-2016). Mazkur lug‘at «O‘zbekturizm» agentligi qoshidagi barcha sayyohlik muassasalarida O‘zbekistonga tashrif buyuruvchi sayyohlarga mamlakat tarixi va madaniyati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni etkazib berishda muhim manba bo‘lib xizmat qilgan.