Abdumannotov Elbek Abdumajitovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quvchilarida ekskursiya turizmi vositasida vatanparvarlik tuyg‘usini takomillashtirish (Umumiy o‘rta ta’lim maktabining 5-9-sinf o‘quvchilari misolida)”, 13.00.01–Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.1.PhD/Ped1232.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samrqand davlat universiteti. 
Ilmiy rahbar: Musurmanova Aynisa, pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, PhD.03/30.01.2020 Ped.02.06.
Rasmiy opponentlar: Mahmudov Mels Hasanovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Ahmedov Furqat Qo‘ldoshevich, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat unversiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi umumiy o‘rta ta’lim maktabi 5-9-sinf o‘quvchilarida vatanparvarlik tuyg‘usini ekskursiya turizmi vositasida takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
O‘zbekistonda ekskursiya turizmi shakllanishining qadimgi tamaddun, islom va O‘rta asr madaniyati, mustaqillik davri kabi tarixiy  bosqichlari vatanparvarlik tarbiyasi jarayonining davriy yondashuvlari (tarixiy-tadrijiy, ijtimoiy, ilmiy-pedagogik)ga ustuvorlik berish asosida aniqlashtirilgan; 
o‘quvchilarda vatanparvarlik tuyg‘usini takomillashtirish shakl va metodlari mazmuni “ta’lim muassasasi–oila–mahalla” hamkorligining ekskursiya va turizmga oid sayohatlar, tadbirlar, marosimlar, bayramlar kabi funksiyalarini kiritish asosida ochib berilgan; 
ekskursiya turizmi vositasida vatanparvarlik tuyg‘usini takomillashtirish mexanizmi umumta’lim maktablari va fuqarolik jamiyati institutlari hamkorligining pedagogik motivatsiyasi omillari (jarayon, natijalilik, baholanish, ziddiyatdan qochish) va tamoyillarini (ustuvorlilik, samaradorlilik, yo‘nalganlik, asoslilik) aniqlashtirish asosida ishlab chiqilgan;
o‘quvchilarda vatanparvarlik tuyg‘usining shakllanganlik darajasini baholash texnologiyasi turizmga oid indikatorlar (turizm turlari, geografik savodxonlik, qadamjolar, obidalar) va ma’naviy tarbiya fazilatlari (daxldorlik, sadoqat, burch kabi) integratsiyasiga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quvchilarida ekskursiya turizmi vositasida vatanparvarlik tuyg‘usini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan nazariy va amaliy takliflar asosida: 
o‘quvchilarda vatanparvarlik tuyg‘usini takomillashtirishning shakl va metodlari mazmuni, “ta’lim muassasasi–oila–mahalla” hamkorligining ekskursiya va turizmga oid funksiyalari, o‘quvchilarda vatanparvarlik tuyg‘usining shakllanganlik darajasini baholash texnologiyasi, turizmga oid indikatorlar (turizm turlari, geografik savodxonlik, qadamjolar, obidalar) va ma’naviy tarbiya fazilatlari integratsiyasiga oid takliflardan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 31 dekabrdagi “Uzluksiz ma’naviy tarbiya konsepsiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘rbsida”gi 1059-son qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 23 dekabrdagi 89-03-5448-son ma’lumotnomasi). Natijada, “ta’lim muassasasi–oila–mahalla” hamkorligining ekskursiya va turizmga oid funksiyalarini amalga oshirish samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
O‘zbekistonda ekskursiya turizmi shakllanishining tarixiy bosqichlari (qadimgi tamaddun, islom va O‘rta asrlar madaniyati, mustaqillik davri), vatanparvarlik tarbiyasi jarayonlarining davriy yondashuvlariga (tarixiy-tadrijiy, ijtimoiy, ilmiy-pedagogik) oid taklif va tavsiyalardan yoshlar turizmini rivojlantirishga qaratilgan ichki turizm dasturlarini ishlab chiqish hamda ichki turizm yo‘nalishlarini yosh avlod orasida targ‘ib qilishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2020 yil 19 noyabrdagi 02-16/5483-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘rta ta’lim maktablari, “Barkamol avlod” bolalar markazi to‘garak rahbarlari, oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan talabalar, magistrlar hamda turizm faoliyati bilan shug‘ullanuvchi ma’sullar faolligini oshirishga erishilgan;
ekskursiya turizmi vositasida vatanparvarlik tuyg‘usini takomillashtirish mexanizmi, umumta’lim maktablari va fuqarolik jamiyati institutlari hamkorligining pedagogik motivatsiyasi omillari (jarayon, natijalilik, baholanish, ziddiyatdan qochish) va tamoyillarini (ustuvorlilik, samaradorlilik, yo‘nalganlik, asoslilik) aniqlashtirishga oid tavsiyalardan A-1-30 raqamli “Milliy timsollar va ramzlar ensiklopediyasini nashrga tayyorlash” mavzusidagi amaliy loyihani bajarishda foydalanilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2020 yil 4 iyuldagi 133-26.02-son ma’lumotnomasi). Natijada yoshlar turizmini rivojlantirishga oid metodik taklif va tavsiyalar soha mutaxassislari, o‘qituvchilar, yoshlar, tadqiqotchilar, fuqarolik jamiyati institutlari mutasaddilari o‘z amaliy faoliyati va o‘quvchilarda vatanparvarlik tuyg‘usini rivojlantirishga xizmat qilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish