Axmedov Ikrom Akramovichning 
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Korxonalar tashqi iqtisodiy faoliyatida xalqaro marketingni faollashtirishning metodologik jihatlarini takomillashtirish”, 08.00.11 – Marketing (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3.DSc/Iqt65.
Ilmiy maslahatchi: Jumaev Nodir Xosiyatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc. 03/30.12.2020.I.16.02
Rasmiy opponentlar: Ergashxo‘jaeva Shaxnoza Jasurovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Hamidov Obidjon Hafizovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor, Eshtaev Alisher Abduganievich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi korxonalar tashqi iqtisodiy faoliyatida xalqaro marketingni faollashtirishning metodologik jihatlarini takomillashtirishga qaratilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tashqi bozor tizimida xalqaro marketingni tadqiq qilish metodologiyasi o‘zaro munosabatlar hamda tijorat harakatlarini intensifikatsiya qilish bo‘yicha marketing konsepsiyasini qo‘llash asosida tashqi iqtisodiy faoliyatni rivojlantirish va eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarishni ko‘paytirish uchun korxonalarni diversifikatsiyalash modelini amaliyotda qo‘llanilishi asoslangan;
xalqaro marketing bo‘yicha milliy iqtisodiyot tarmoqlarida kompaniyalarning ulushi, diversifikatsiyalashuvi va noan’anaviy marketing tamoyillari hamda brend, gudvill, zamonaviy tarmoq texnologiyasidan foydalangan holda tashqi bozorni o‘zlashtirish va iste’molchilar talablari asosida sanoat korxonalari eksport salohiyatini shakllantirish va uni boshqarishning umumiy mexanizmi taklif etilgan;
zamonaviy marketing strategiyasini amalga oshirish modeli va milliy kompaniyalar faoliyatiga tashqi iqtisodiy muhitning ta’siri hamda tashqi bozorga moslashish jarayonida korxonaning eksport salohiyati istiqbolini belgilash yordamida qayta ishlash korxonalari raqobatdoshligini oshirish uning bozordagi raqobat muhitidagi o‘rni orqali baholash mexanizmi takomillashtirilgan;
kompaniyalarning tashqi iqtisodiy faoliyatini rivojlantirish va eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarishni ko‘paytirishda marketing tadqiqotlarining sifatini oshirish, xalqaro bozorlarda tovarlarga bo‘lgan talabni baholash aniqligini oshirish va eksport qilinadigan mahsulotlar ishlab chiqarishning diversifikatsiya darajasini oshirishning maqsadga muvofiqligi asoslangan;
kompaniyalarning eksport salohiyatidan foydalanishning dinamik holatidagi tendensiyalarning yuzaga kelish sabablarini aniqlash va eksportni innovatsiyalar asosida diversifikatsiyalash yo‘li bilan xalqaro marketing startegiyasini takomillashtirish taklif qilingan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Xalqaro marketing rivojlanishida milliy iqtisodiyot raqobatbardoshligini boshqarishni takomillashtirish yuzasidan ishlab chiqilgan amaliy va uslubiy takliflar:
tashqi bozor tizimiga mo‘ljallangan xalqaro marketing metodologiyasini o‘zaro munosabatlar va tijorat harakatlarini intensivlash asosida takomillashtirish taklifi Navoiy tog‘-metallurgiyasi kombinati faoliyatida joriy qilingan (Navoiy tog‘-kon metallurgiya kombinatining 2020 yil 20 apreldagi 12.06.01-05/82-son hamda “Navoiyazot” OAKning 2020 yil 29 maydagi 4327-son ma’lumotnomalari). Tashqi bozor tizimida xalqaro marketingni tadqiq qilish metodologiyasi o‘zaro munosabatlar hamda tijorat harakatlarini intensifikatsiya qilish bo‘yicha marketing konsepsiyasini qo‘llash asosida takomillashtirilgan va bu holat marketing bo‘limida qo‘llangan.
tashqi bozor tizimida xalqaro marketingni tadqiq qilish metodologiyasi o‘zaro munosabatlari hamda tijorat harakatlarini intensifikatsiya qilish bo‘yicha marketing konsepsiyasini qo‘llash taklifi Navoiy tog‘-metallurgiyasi kombinati faoliyatida joriy qilingan (Navoiy tog‘-metallurgiyasi kombinatining 2020 yil 20 apreldagi 12-06.01-05/82-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning joriy etilishi natijasida tashqi iqtisodiy faoliyatni rivojlantirish va eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarishni ko‘paytirish uchun korxonalarni diversifikatsiyalash modelini amaliyotta qo‘llanilishi natijasida korxonada qo‘shimcha 12 nafar yangi ish o‘rni yaratilgan;
xalqaro marketing bo‘yicha milliy iqtisodiyot tarmoqlarida kompaniyalarning ulushi, diversifikatsiyalashuvi va noan’anaviy marketing tamoyillari hamda brend, gudvill, zamonaviy tarmoq texnologiyasidan foydalangan holda tashqi bozorni o‘zlashtirish va iste’molchilar talablarini shakllantirish taklifi asosida sanoat korxonalari eksport salohiyatini shakllantirish va uni boshqarishning umumiy mexanizmi joriy etildi (Navoiy tog‘-metallurgiyasi kombinatining 2020 yil 20 apreldagi 12-06.01-05/82-son ma’lumotnomasi). Natijada korxona eksport hajmini 0,2 foiz oshishiga va mahsulot ishlab chiqarish samaradorligini 1,2 foizga oshishiga olib kelgan;
muallif tomonidan milliy kompaniyalarning tashqi bozordagi faoliyatining o‘ziga xos xususiyatlari belgilab berilganligi, ularning xalqaro marketingning xususiyatlari tizimlashtirilgan holda baholashga oid taklifi asosida (Navoiy tog‘-metallurgiyasi kombinatining 2020 yil 20 apreldagi 12-06.01-05/82-son ma’lumotnomasi) tashqi bozorga yangi mahsulotni chiqarish va xalqaro marketing usullarini samarali joriy etishda tadbirkorlik tafakkurni shakllantirish yo‘llari va ular asosida korxonaning istiqbolli dasturlarini shakllantirshsda foydalanilgan.
zamonaviy marketing strategiyasini amalga oshirish modeli va milliy kompaniyalar faoliyatiga tashqi iqtisodiy muhitning ta’siri hamda tashqi bozorga moslashish jarayonida korxonaning eksport salohiyati istiqbolini belgilash taklifi qabul qilingan (“Navoiyazot” aksiyadorlik jamiyatining 2020 yil 29 maydagi 4327-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning joriy etilishi qayta ishlash korxonalari raqobatdoshligini oshirish uning bozordagi raqobat muhitidagi o‘rni orqali baholash mexanizmidan amaliyotda foydalanish natijasida korxona eksport salohiyatini 0,3 foizga oshishini ta’minlangan;
qayta ishlash korxonalarida diversifikatsiya siyosatini amalga oshirishning ko‘p boskichli umumiy algoritmi jamiyat amaliyotiga joriy qilingan (“Navoiyazot” aksiyadorlik jamiyatining 2020 yil 29 maydagi 4327-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif korxona mahsulot ishlab chiqarish hajmini qo‘shimcha 0,24 foiz (ammiak-0,04 foiz, ammiakli selitra-0,11 foiz. azot-fosforli o‘g‘it-0,08 foiz va sul`fat ammoniya-0,01 foiz) o‘sishiga olib keldi.
milliy kompaniyalarning tashqi iqtisodiy faoliyatini rivojlantirish va eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarishni ko‘paytirishda marketing tadqiqotlarining sifatini oshirish, xalqaro bozorlarda tovarlarga bo‘lgan talabni baholash aniqligini oshirish va eksport qilinadigan mahsulotlar ishlab chiqarishning diversifikatsiya darajasini oshirish taklifi Navoiy tog‘-kon metallurgiya kombinatining marketing strategiyasida joriy etilgan (Navoiy tog‘-kon metallurgiya kombinatining 2020 yil 20 apreldagi 12.06.01-05/82-son ma’lumotnomasi). Milliy kompaniyalarda tashqi iqtisodiy faoliyatni rivojlantirish va eksportbop mahsulotlar ishlab chikarishni ko‘paytirish uchun korxonalarni diversifikatsiyalash modelini amaliyotga qo‘llanishi natijasida korxonada qo‘shimcha 12 nafar yangi ish o‘rni yaratilgan.
kompaniyalarning eksport salohiyatidan foydalanishning dinamik holatidagi tendensiyalarning yuzaga kelish sabablarini aniqlash va eksportni innovatsiyalar asosida diversifikatsiyalash yo‘li bilan xalqaro marketing startegiyasini takomillashtirish taklifi Navoiy tog‘-kon metallurgiya kombinatining marketing strategiyasida joriy etilgan (Navoiy tog‘-kon metallurgiya kombinatining 2020 yil 20 apreldagi 12.06.01-05/82-son ma’lumotnomasi). Korxonada eksport salohiyatini shakllantirish va uni boshqarishning umumiy mexanizmshsh joriy etilishi natijasida korxona eksport hajmini 0,2 foiz oshishiga va mahsulot ishlab chiqarish samaradorligini 1,2 foizga oshishiga olib kelgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish