Boboev Jo‘raqul Xudoyqulovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Paxta xom ashyosini quritish uchun issiqlik generatorini ishlab chiqish va asosiy o‘lchamlarini asoslash”, 05.02.03 – “Texnologik mashinalar. Robotlar, mexatronika va robototexnika tizimlari” (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/T1958.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: «Paxtasanoat ilmiy markazi» AJ
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan muhandislik-texnologiya instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD 03/30.12.2019.t.66.01 raqamli ilmiy kengash.
Ilmiy rahbar: Djamolov Rustam Kamolidinovich, texnika fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Rasmiy opponentlar: texnika fanlari doktori, professor, Djuraev Anvar (Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti); texnika fanlari bo‘yicha PhD, dotsent Umarov Akmal Akparalievich (Namangan muhandislik-texnologiya instituti).
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi paxtani quritish agentini sifatini oshirish maqsadida issiqlik generatorini takomillashtirish va uning asosiy parametrlarini asoslash orqali yonilg‘ini to‘liq yonishi va issiqlik ishlab chiqarish samaradorligini oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
issiqlik generatorining yonish kamerasida tabiiy gazning yonishi natijasida hosil bo‘ladigan xaroratdan samarali foydalanish uchun yonish mahsulotlarining haroratini issiqlik generatori korpusining butun bo‘yi va perimetri bo‘yicha bir tekisda taqsimlanishini ta’minlovchi issiqlik generatorining takomillashtirilgan konstruksiyasi ishlab chiqilgan.
issiqlik generatorining yonish kamerasida tabiiy gazning yonishi natijasida hosil bo‘ladigan xaroratdan samarali foydalanish uchun yonish mahsulotlarining haroratini issiqlik generatori korpusining butun bo‘yi va perimetri bo‘yicha bir tekisda taqsimlovchi yonish kamerasida o‘rnatilgan yonish mahsulotlarining xarakat yo‘nalishini o‘zgartiruvchi vintli yo‘naltirgichning asosiy parametrlarini aniqlash uchun analitik bog‘liqliklar ishlab chiqilgan;
yonish kamerasida tabiiy gazning yonishi natijasida hosil bo‘ladigan xaroratni issiqlik generatori korpusining uch qatlamli devori orqali foydalanilmay chiqib ketishini miqdoriy o‘zgarishini uning konstruktiv-texnologik parametrlariga bog‘liqlik qonuniyatlari aniqlangan;
issiqlik generatorining yonish kamerasida tabiiy gazning yonishi natijasida hosil bo‘ladigan xaroratdan samarali foydalanish uchun yonish mahsulotlarining haroratini issiqlik generatori korpusining butun bo‘yi va perimetri bo‘yicha bir tekisda taqsimlanishini ta’minlovchi asosiy parametrlari asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Issiqlik generatorini parametrlari va ish rejimlarini asoslash bo‘yicha olingan natijalar asosida:
Paxtani quritish uchun issiqlik generatoritakomillashtirilib,uning asosiy parametrlari asoslangan va energiya-resurstejamkor issiqlik generatorini ishlab chiqish imkoniyati yaratilgan;
Paxtani quritish uchun issiqlik generatorining takomillashtirilgan eksperimental namunasi Farg‘ona viloyatidagi “O‘zpaxtasanoat” AJ tasarrufidagi “Bog‘dod tajriba eksperimental paxta tozalash” korxonasining paxta xom ashyosini quritish liniyasida joriy etilgan (“O‘zpaxtasanoat” AJning 2021 yil 22 apreldagi FT-18/893-son ma’lumotnomasi).
Takomillashtirilgan issiqlik generatorini yonish kamerasiga o‘rnatilgan vintli yo‘naltirgichlarni qo‘llanilishi xisobiga yonish maxsulotlari xaroratini issiqlik ishlab chiqargichini tashqi korpusining uzunligi bo‘yicha bir tekis taqsimlanishi amalga oshirildi. Buning natijasida paxtani quritish uchun sarf bo‘ladigan tabiiy gaz sarfi yuqori navlarda 8 % gacha, pastki navlarda esa 13 % ga iqtisod qilinishi ta’minlandi.