Salomova Sarvinoz Salimovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Canoat korxonalarini intellektual platforma asosida samarali rivojlantirish”, 08.00.03 –Sanoat iqtisodiyoti (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Iqt645.
Ilmiy rahbar: Ibragimova Saodat Abdumo‘minovna, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti, №DSc.03/30.12.2019.I.03.05.
Rasmiy opponentlar: Burxanov Aktam Usmonovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor, Maxkamov Baxtiyor Shuxratovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent arxitektura-qurilish instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi “Ohangaronsement” aksiodorlik jamiyati faoliyatini intellektual platformani qo‘llash asosida samarali rivojlantirish bo‘yicha ilmiy takliflar va amaliy tavciyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
sifatli sement ishlab chiqarishda intellektual platforma texnologiyalarini qo‘llash asosida suv va sementning doimiy munosabatini belgilovchi polifraksiyaviy standart qumdan foydalanishni dasturlashtirish va raqamlashtirishga ta’sir etuvchi ichki va tashqi omillar tizimlashtirildi;
korxonada normalangan klinkerli portlandsement ishlab chiqarish jarayonini yagona kontent orqali boshqarishni tashkil etish asosida intellektual platforma texnologiyalari xizmatlaridan foydalanish va biznes jarayonlarni amalga oshirishnisamarali rivojlantirishning istiqbol ko‘rsatkichlari asoslandi;
mineral qo‘shimchalarga ega bo‘lgan portlansement va putsolan portlandsement ishlab chiqarishni dasturlash va avtomatlashtirish jarayoni orqali korxona bo‘lim va sexlari orasidagi avtomatlashtirilgan integratsiyani ta’minlashda intellektual platforma texnologiyalarini qo‘llashning muammo va echimlari orasidagi aloqadorlik tizimi takomillashtirildi;
“Ohangaronsement” aksiyadorlik jamiyatida sul`fatga chidamli bo‘lgan sementni yuklash va qadoqlashda intellektual platforma infratuzilmasi asosida raqamli innovatsion texnologiyalar qo‘llashni samarali tashkil etish modeli ishlab chiqildi.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Sanoat korxonalari faoliyatini intellektual platforma texnologiyalarini qo‘llash asosida samarali rivojlantirish yuzasidan ishlab chiqilgan ilmiy va amaliy takliflar asosida:
sifatli sement ishlab chiqarishda intellektual platforma texnologiyalarini qo‘llash asosida suv va sementning doimiy munosabatini belgilovchi polifraksiyaviy standart qumdan foydalanishni dasturlashtirish va raqamlashtirishga ta’sir etuvchi ichki va tashqi omillarni tizimlashtirish bo‘yicha takliflar “Ohangaronsement” AJ faoliyatiga 2020 yil 12 sentyabr` 37-sonli buyrug‘i bilan joriy qilingan  (“Ohangaronsement” AJning 2021 yil 10 avgustdagi  1/ASS-838/21-son ma’lumotnomasi). Ushbu  takliflarni amaliyotga joriy kilish natijasida “Ohangaronsement” AJ faoliyatiga 2020 yilda rakamli dasturiy mahsulotni qo‘llash orqali ishlab chikarilayotgan sement sifati yaxshilandi va tarirovanniy (kadoklangan) mahsulot upakovkasi (qop ko‘rinishi) yangilandi va ishlab chiqarish xajmi 8,1%ga oshgan;
korxonada normalangan klinkerli portlandsement ishlab chikarish jarayonini yagona kontent orkali boshkarishni tashkil etish asosida ishlab chiqilgan intellektual
platforma texnologiyalari xizmatlaridan foydalanish va biznes jarayonlarni amalga oshirishni samarali rivojlantirishning istiqbol ko‘rsatkichlari “Ohangaronsement” AJ faoliyatiga joriy qilingan (“Ohangaronsement” AJning 2021 yil 10 avgustdagi 1/ASS-838/21-son ma’lumotnomasi). Mazkur takliflarni amaliyotga joriy kilish natijasida “Ohangaronsement” AJda innovatsion texnologiyalarini samarali qo‘llash mexanizmi shakllangan. Natijada korxonada xodimlarni ilmiy faoliyatga yunaltirish, mualliflik xuquqi va intellektual mulkni muxofaza kilish va kulay innovatsion muxitni yaratish imkoni ortgan;
mineral qo‘shimchalarga ega bo‘lgan portlansement va putsolan portlandsement ishlab chiqarishni dasturlash va avtomatlashtirish jarayoni orqali korxona bo‘lim va sexlari orasidagi avtomatlashtirilgan integratsiyani ta’minlashda takomillashtirilgan intellektual platforma texnologiyalarini qo‘llashning muammo va echimlari orasidagi aloqadorlik tizimi “Ohangaronsement” AJ faoliyatiga joriy kilingan(“Ohangaronsement” AJning 2021 yil 10 avgustdagi 1/ASS-838/21-son ma’lumotnomasi) Ushbu takliflarni qo‘llash natijasida sement maydalash sexida mineral qo‘shimchalarsiz sement ishlab chikarish xajmi 3,7%ga oshgan. Korxona buning natijasida 2020 yilning o‘zida 114,0 million so‘m samara olgan;
“Ohangaronsement” aksiyadorlik jamiyatida sul`fatga chidamli bo‘lgan sement yuklash va qadoqlashda intellektual platforma infratuzilmasi asosida raqamli innovatsion texnologiyalar qo‘llashning samarali tashkil etish modeli ishlab chiqildi va “Ohangaronsement” AJ faoliyatiga joriy qilingan(“Ohangaronsement” AJning 2021 yil 10 avgustdagi 1/ASS-838/21-son ma’lumotnomasi). Ushbu takliflarni qo‘llash natijasida korxonada 400 markali sul`fatga chidamli portlandsementni ishlab chiqarish hajmi 5.1% ga oshdi, hamda 5% dan 20% gacha kompozit qo‘shimchalarga ega bo‘lgan 400 markali portlandsementni yuklash va qadoqlashda qo‘llangan raqamli texnologiyalar asosida “Ohangaronsement” korxonasining iqtisodiy samaradorligi 9,7% oshgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish