Tairov Saidamir Saidmalikovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Uchlamchi alyumosilikat sistemalar asosidagi keramik koshinlarning qattiq fazali pishish jarayonlari va xossalari», 02.00.15 – Silikat va qiyin eriydigan nometall materiallar texnologiyasi (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3.PhD/K317.
Ilmiy rahbar: Qodirova Zulayxo Raimovna, kimyo fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Umumiy va noorganik kimyo instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Umumiy va noorganik kimyo instituti, DSc.02/30.12.2019.K/T.35.01.
Rasmiy opponentlar: Sharipov Xasan Turopovich, kimyo fanlari doktori, professor; Yunusov Mirjali Yusupovich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: uchlamchi alyumosilikat sistemalari asosida keramik pardozbop koshinlarning qattiq fazali pishish jarayonlari va xossalarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor gazni tozalash chiqindisi (GTCh) va flyuoritni flotatsion boyitish (FFB) chiqindilaridan tezlatilgan rejimda kuydirish bilan keramik pardozbop koshinlar uchun uchlamchi alyumosilikat sistemalar tarkibida suyuqlanma hosil qiluvchi sifatida foydalanish imkoniyatlari asoslangan;
suyuqlanma hosil qiluvchi GTCh va FFB chiqindilarining kimyoviy-mineralogik tarkiblari va fizik-kimyoviy xossalari, ularning keramik massa tajriba namunalarining pishish jarayonlariga, fizik-kimyoviy va keramika-texnologik xossalariga ta’siri aniqlangan;
«kaolin-glina-GTCh chiqindisi» va «kaolin-glina-FFB chiqindisi» uchlamchi sistemalarida 950-1150oS harorat oralig‘ida qattiq fazadagi pishish jarayonida yangi kristall fazalarning strukturalarini hosil bo‘lishi aniqlangan;
xomashyo komponentlarining α-kvars (SiO2), gematit (Fe2O3), anortit (SaSi2Al2O8), mullit (Al4OSi2Al2O12), al`bit (NaSi3AlO8), vyustit (FeO) minerallari kristall fazalarining strukturalarini hosil qilib, fazaviy o‘tish qonuniyatlari asoslangan;
alyumosilikat binar va uchlamchi sistemalarda suyuqlanma hosil qiluvchi GTCh va FFB chiqindilari ishtirokidagi pishish jarayonlari va uchlamchi diagrammalarda maqbul tarkiblar sohasi aniqlangan;
suyuqlanma hosil qiluvchi GTCh va FFB chiqindilaridan foydalanilgan keramik omuxtaning maqbul tarkiblarini 950-1150oS harorat oralig‘ida tezlatilgan rejimda pishishdagi fizik-kimyoviy jarayonlar aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Alyumosilikat massalarni pishish jarayonlarini tadqiq etish va mahalliy xomashyo va ikkilamchi resurslardan foydalanib, keramik koshinlarning tarkiblarini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
GTCh va FFB chiqindilaridan foydalanib keramik koshinlar uchun loyihalashtirilgan tarkiblardagi qattiq fazali reaksiyalari №T.3-16 “Ishqoriy er bentonitlari ishtirokida qattiq holatdagi polikomponent sistemalarning fazaviy o‘zgarishlarning qonuniyatlari” mavzusidagi fundamental loyihada yuqori haroratdagi fazaviy o‘tish jarayonlarda qiyosiy tahlil qilishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2020 yil 30 dekabrdagi 4/1255-3019-son ma’lumotnomasi). Natijada, yangi uchlamchi alyumosilikat sistemasi asosidagi qattiq fazali pishish jarayonlari va keramik materiallarning xossalari to‘g‘risidagi ilmiy asoslangan fundamental ma’lumotlar olish imkonini bergan;
GTCh va FFB chiqindilaridan foydalanib keramik koshinlar uchun ishlab chiqilgan tarkib «ART GLOSS GALLERY» QKning “2022-2023 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati”ga kiritilgan («ART GLOSS GALLERY» QKning 2021 yil 5 martdagi 9-son ma’lumotnomasi). Natijada, keramik koshinlar ishlab chiqarishni amaldagiga nisbatan 1,5 barobar arzonlashtirish imkonini beradi.