Otakulov Bekzod Nuriddinovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Qashqadaryo sohili suv tiplarida (Bivalvia: Unionidae, Pisididae, Euglesidae, Corbisulidae) ikkipallali mollyuskalar tarqalishiga abiotik omillar ta’siri», 03.00.10 – Ekologiya (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3.PhD/B491.
Ilmiy rahbar: Boymurodov Xusniddin Toshboltaevich, biologiya fanlari doktori professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Qoraqalpoq tabiiy fanlar ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.02/30.04.2021.B.79.01.
Rasmiy opponentlar: Yunusov Beknazar Xudaynazarovich, biologiya fanlari doktori, professor; Ametov Yakub Idrisovich, biologiya fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Qashqadaryo sohili suv tiplarida (Bivalvia: Unionidae, Pisididae, Euglesidae, Corbisulidae) ikkipallali mollyuskalar tarqalishiga abiotik omillar ta’sirini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Qashqadaryo suv ekotizimlarida Unionidae, Pisididae, Euglesidae va Corbisulidae oilalariga mansub ikkipallali mollyuskalarning 19 ta tur va 2 kenja turdan iborat ro‘yxati tuzilgan, ularning Qashqadaryo, Yakkabog‘daryo, Tanxozdaryo, G‘uzardaryo va Oqsuvdaryo suv ekotizimlari biatoplarida tarqalishi, zichligi va ekologik guruhlari aniqlangan;
ilk bor daryolarda Unionidae, Pisididae, Euglesidae, Corbisulidae oilalari turlarining tarqalishi va zichligiga abiotik omillar: suv oqim tezligi, loyqaligi, tiniqligi, suv temperaturasi, gidrokimyoviy tarkibi va minerallanishi ta’siri aniqlangan;
kamyob va endem mollyuskalar biologik yosh guruhlarining populyasiyalariga suv ekotizimlaridagi abiotik omillar ta’siri aniqlangan;
daryolarning gidralogik rejimi va abiotik omillariga bog‘liq holda ular da ikkipallali mollyuska turlarining tarqalishi, taqsimlanishi ochib berilgan hamda ikkipallali mollyuskalarning indikatorlik xususiyatlari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
O‘zbekiston janubi Qashqadaryo sohili suv havzalarida ikkipallali mollyuskalarning tarqalishi va ulardan iqtisodiyot tarmoqlarida foydalanish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Qashqadaryo sohili suv tiplarida tarqalgan endem va noyob tur sifatida “Qizil kitob”ga kiritilgan Solletopterum bactrianum, C. cureum sogdianum Corbicula cor lar populyasiyalarining holati va ularni muhofaza qilish bo‘yicha ishlab chiqilgan chora-tadbirlar Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi amaliyotida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining 2020 yil 13 oktyabrdagi 04-02/8-945-son ma’lumotnomasi). Natijada, hududlardagi suv rejimlarini mavsumiy boshqarish orqali noyob turlar tarqalgan biotoplarni muhofaza qilish va populyasiyalarini saqlab qolish imkonini bergan;
ikki pallali mollyuskalarning saproblik xususiyati asosida suv ekotizimlarining tozalik darajasini aniqlash bo‘yicha ishlab chiqilgan tavsiyalar №QX-A-QX-2018-196 “Toshkent viloyati sharoitida oqar suv havzalarida tovar forel` baliqlarini etishtirish texnologiyasi” mavzusidagi loyihada baliq etishtiriluvchi xavzalarning organik ifloslanish darajasini aniqlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 29 sentyabrdagi 89-03-3582-son ma’lumotnomasi). Natijada, ikkipallali mollyuskalarning tarqalishi, ekologiyasi, baliqlar intensiv ko‘paytiriluvchi havzalarning saproblik darajasini tezkor aniqlash va suv sifatini baholash imkonini bergan.