Giyasidinov Abduaziz Lutfidinovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Qizilqum fosforitlarini nitrat kislota asosida fosforli va aralash o‘g‘itlarga qayta ishlash texnologiyasi», 02.00.13 – Noorganik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/T1054.
Ilmiy rahbar: Sultonov Boxodir Elbekovich, texnika fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Namangan muhandislik-texnologiya instituti, Umumiy va noorganik kimyo instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Namangan muhandislik-texnologiya instituti, PhD.03/30.12.2019.K/T.66.02.
Rasmiy opponentlar: Shamshidinov Israiljon Turgunovich, texnika fanlari doktori, professor; Erkaev Aktam Ulashevich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Navoiy davlat konchilik instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: past navli MQ fosforit uni (FU) va fosfat chiqindisi bo‘lgan MM ni nitrat kislotasi bilan qayta ishlab sifatli fosforli o‘g‘itlar va ular asosida NP-, PK- va NPK-turidagi aralash o‘g‘itlar olishning ratsional texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
FU va MM larni nitrat kislotasi bilan dikal`siy fosfat hosil bo‘lishi uchun har xil me’yorlarda parchalanish jarayonlari asoslangan;
turli haroratlarda kal`siynitratfosfat kislotali bo‘tqa va fosforli o‘g‘it suspenziyalarining reologik xossalari aniqlangan;
turli omillarni (suvning miqdori va harorati, kal`siy nitrat konsentratsiyasi va miqdori) fosforli o‘g‘it sifat ko‘rsatkichlariga ta’siri isbotlangan;
FU va MM lardan olingan fosforli o‘g‘itlarning fizik-kimyoviy va tovar xossalari aniqlangan;
fosforli o‘g‘it, ammoniy nitrat va kaliy xloriddan foydalanib NP-, PK- va NPK-turidagi aralash o‘g‘itlarni olish jarayonlari, ularning fizik-kimyoviy va tovar xossalari hamda tuz tarkiblari aniqlangan;
fosforli o‘g‘itlar, NP-, PK- va NPK-turidagi aralash o‘g‘itlar zamonaviy tahlil usullaridan foydalanib ularning element tarkiblari aniqlangan;
FU va MM fosfat xom ashyolaridan fosforli o‘g‘it, NP-, PK- va NPK-turidagi aralash o‘g‘itlar olishning material oqimi, iqtisodiy ko‘rsatkichlari hisoblangan va texnologik sxemasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Mahalliy MQ fosfat xomashyolaridan to‘g‘ridan-to‘g‘ri oddiy fosforli o‘g‘it hamda ushbu fosforli o‘g‘it, azot va kaliyli komponentlar asosida sifatli aralash o‘g‘itlar olish texnologiyasini ishlab chiqishning ilmiy natijalari asosida:
fosfat xom ashyolar (MM va FU) va nitrat kislota asosida to‘g‘ridan-to‘g‘ri fosforli o‘g‘it-olish texnologiyasi “Elektrokimyozavod” QK AJning «amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati»ga kiritilgan (“Elektrokimyozavod” QK AJning 2021 yil 14 iyundagi 115-son ma’lumotnomasi). Natijada, tarkibida R2O5 miqdori ancha katta bo‘lgan hamda qishloq xo‘jaligi talablariga mos keladigan fosforli o‘g‘itlar olish imkonini beradi;
MM asosida olingan fosforli o‘g‘it, ammoniy nitrat va kaliy xloridi asosida NP-, PK- va NPK-turidagi aralash o‘g‘itlar olish texnologiyasi “Elektrokimyozavod” QK AJning «amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati»ga kiritilgan (“Elektrokimyozavod” QK AJ ning 2021 yil 14 iyundagi 115-son ma’lumotnomasi). Natijada, qishloq xo‘jaligi talablariga mos keladigan sifatli va samarador bo‘lgan NP-, PK- va NPK-turidagi aralash o‘g‘itlar olish imkonini bergan.