Asatov Sayitkul Rahimberdievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Suv tanqisligida Buxoro vohasi sug‘oriladigan tuproqlarining meliorativ-ekologik holatini yaxshilash yo‘llari”, 03.00.13 – Tuproqshunoslik (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.4.PhD/V253.
Ilmiy rahbar: Ramazonov Abit, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti Buxoro filiali
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Tuproqshunoslik va agrokimyo ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.25/30.12.2019.Qx/B.43.01.
Rasmiy opponentlar: Jabbarov Zafar Abdukarimovich, biologiya fanlari doktori, professor; Axmedov Almon Usmonovich, qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: suv tanqisligi sharoitida Buxoro vohasi sug‘oriladigan tuproqlarining meliorativ-ekologik holatida sodir bo‘layotgan jarayonlarni aniqlash va ularni yaxshilashga qaratilgan tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
hudud tuproqlaridagi hamda sug‘orish va kollektor-zovur suvlaridagi ifloslantiruvchi pestisidlar, og‘ir metallar va biogen moddalarning transformatsiyalanish ko‘rsatkichlari aniqlangan;
hudud sug‘oriladigan tuproqlari tarkibidagi og‘ir metallarning miqdori bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkich Cr→Fe→Zn→Cu ketma-ketligida ekanligi aniqlangan;
sizot suvlari sathini ko‘tarilishi va minerallashganlik darajasi hududning sharqiy qismidan g‘arbiga qarab ortib borishi ikkilamchi sho‘rlanishga sabab bo‘layotganligi isbotlangan;
hududning sug‘orish va zovur suvlari oqimi ta’sirida tuproqlarga kirib keladigan va ulardan chiqib ketadigan suv-tuz muvozanati ishlab chiqilgan;
o‘simliklarga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan zaharli tuzlarning (Na2CO3, NaHCO3, NaCl, CaCl2, Na2SO4, MgCl2, MgSO4) hududlardagi tuproqlarda to‘planish jarayonining vaqt (muddat), makon (joy) va kollektor-zovurlarning zichligiga bog‘liqligi ilmiy asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Suv tanqisligida Buxoro vohasi sug‘oriladigan tuproqlarining meliorativ-ekologik holatini yaxshilash yo‘llari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
«Suv tanqisligida Buxoro vohasi sug‘oriladigan tuproqlarining meliorativ-ekologik holatini yaxshilash bo‘yicha amaliy tavsiyalar» Buxoro viloyati Er resurslari va davlat kadastri boshqarmasida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Er resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasining 2020 yil 21 iyuldagi 03-05-6742-son ma’lumotnomasi). Natijada, voha sug‘oriladigan tuproqlarining meliorativ-ekologik holatini yaxshilash, tuproqlar unumdorligini tiklash va muhofazalash bo‘yicha qo‘llanma sifatida xizmat qilgan;
1:10000 masshtabdagi «Tuproq sho‘rlanishi kartogrammalari» Qorako‘l tumani «O‘zbekiston» va Romitan tumani «Xalqobod» massivlarining 3889,3 gektar sug‘oriladigan er maydonlarida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Er resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasining 2020 yil 21 iyuldagi 03-05-6742-son ma’lumotnomasi). Natijada, sho‘rlanish darajasini hisobga olgan holda sho‘r yuvish me’yorlari, muddatlari va sonini to‘g‘ri belgilash hisobiga sifatli sho‘r yuvish orqali tuproqlarning meliorativ holati yaxshilangan, paxta hosildorligini gektariga 3–7 sentnerga, rentabellik darajasini 8 foizga oshirish imkonini bergan.