Jumeva Aziza Askarovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik  shifri  (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Yangi Seller pestisidini toksikologik baholash va atrof-muhit ob’ektlarida gigienik jihatdan me’yorlash» 14.00.07-Gigiena (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:B2021.1.PhD/Tib1668
Ilmiy rahbar:  Iskandarova Gulnoza Tulkinovna, t.f.d., professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat tibbiyot instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.04/30.12.2019.Tib.30.03
Rasmiy opponentlar: Ermatov Nizom Jumakulovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Xashirboeva Dinara Maxkamboevna tibbiyot fanlari doktori
Yetakchi tashkilot: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Seller insektisidini toksiko-gigienik baholash, inson organizmi va atrof-muhit ob’ektlari uchun xavfsiz bo‘lgan gigienik me’yor va reglamentlarini ishlab chiqishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
insektisidning uzoq ta’sir asoratlari kanserogen, mutagen, embriotoksik, gonadotoksik ta’siri bo‘yicha xavfsiziligi asoslangan;
insektisidning zaharlilik xususiyati va biologik faolligi uning kimyoviy tuzilishiga bog‘liqligi baholangan;
Seller insektisidini toksikologik, atrof-muhitdagi chidamlilik va o‘simlik oziq-ovqat mahsulotlarida to‘planish darajalari isbotlangan; 
O‘zbekistonning issik iqlim sharoitida Seller insektisidini qishloq xo‘jaligida ishlatishning xavfsiz gigienik me’yorlari va reglamentlari ishlab chiqilgan
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Yangi Seller pestisidini tokiskologik baholash va atrof-muhit ob’ektlarida gigienik jihatdan me’yorlashtirishni takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
qishloq xo‘jaligida ekologik sharoitlarning o‘zgarish natijasida mahsulotlarni etishtirish, zarrakunadalarda zararlanishi oldini olish, xavfsiz va sifatli mahsulotlarni etishtirish bo‘yicha «Seller inseksidini qishloq xo‘jaligila ishlatilganda atrof-muhit va aholi sog‘lig‘ini muxofaza qilish bo‘yicha uslubiy tavsiyalar» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 9 fevraldagi 8n-d/55-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma turli ekologik sharoitlarda qishloq xo‘jalik mahsulotlarning hosildorligini oshirishda zamonaviy pestisidlarning inson organizmiga bo‘lgan zaharlilik, allergenlik, mutagenlik, embriotoksik va konserogenlik nojo‘ya ta’sir doirasini kamaytirish imkonini bergan;
qishloq xo‘jaligida ishlatiladigan zamonaviy pestisidlarning zaharlilik va xavfsizligini baholash orqali sifatli mahsulotlarning ishlab chiqish bo‘yicha «Yangi seller pestisidiga gigienik me’yorlar ishlab chiqish» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 9 fevraldagi 8n-d/55-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma zamonaviy pestisidlarni ishlatishda xavfsiz va sifatli oziq-ovqat mahsulotlarning ishlab chiqishni takomillashtirish orqali insonlarning hayot sifatini yaxshilash imkonini bergan;
yangi Seller pestisidini tokiskologik baholash va atrof-muhit ob’ektlarida gigienik jihatdan me’yorlashtirishni takomillashtirishga qaratilgan tadqiqot natijalari sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Buxoro viloyati sanitariya-epidemiologiya osayishtaligi va jamoat salomatligi boshqarmasi, G‘ijduvon va Jondor tumanlarining fermer xo‘jaliklari amaliyotiga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 10 avgustdagi 8n-d/219-son ma’lumotnomasi). Natijada Seller insektisidining atrof-muhitda xavfsizligini reglamentlashtirishda suv havzalarida ruxsat etilgan konsentratsiyasi 0,04 mg/l, atmosfera havosida 0,002mg/m3, ishchi joylardagi havoda 0,24mg/m3, tuproqda 0,2mg/kgni, Seller insektisidining mayda donachali sariq tuproqda saqlanish darajasi (T95) 90-115 kun, mayda donachali shag‘al tuproqda 115 kundan ortiq ekanligi asoslash orqali ushbu pestisidning toksikologik xafvsizligi baholash me’yorlashtirish tizimini gigienik baholash imkoni bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish