Atajanov To‘lqin Shavkatovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Oyoqlarning diabetik gangrenasida boldir suyaklari anatomik rezeksiyasini ishlab chiqish va uning samaradorligini baholash», 14.00.27 – Xirurgiya (tibbiyot fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Tib982. 
Ilmiy rahbar: Babadjanov Baxtiyar Duschanbaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Andijon davlat tibbiyot instituti PhD.04/30.12.2019.Tib.95.01
Rasmiy opponentlar: Baymakov Sayfiddin Risbaevich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Musashayxov Xusanboy Tadjibaevich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat tibbiyot instituti
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga muvofiq.
II. Tadqiqotning maqsadi: qandli diabet fonida oyoqlar gangrenasiga chalingan bemorlarda boldir amputatsiyasi natijalarini yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi orqa katta boldir arteriyasidan shoxlanuvchi va tashrixdan keyingi davrda mahalliy arterial qon aylanishini remodellashuvida ishtirok etuvchi katta boldir suyagini oziqlantiruvchi arteriyaning (a.nutricia tibia) ahamiyati aniqlangan;
qandli diabet fonida oyoqlar gangrenasida tashrixdan keyingi davrda reabilitatsiya uchun etarli cho‘ltoq yaratilishini, oziqlantiruvchi arteriyaning anatomik yaxlitligini saqlash bilan tizza bo‘g‘imidan 12-15 sm pastda katta boldir suyagi rezeksiyasini hisobga olgan holda boldir darajasida oyoq amputatsiyasining amalga oshirish xususiyatlariga aniqlik kiritilgan;
oyoqlarning diabetik gangrenasi bo‘lgan bemorlarda katta boldir suyagi rezeksiyasi darajasi bilan bog‘liq bo‘lgan boldir amputatsiyasining yangi usuli ishlab chiqilgan; 
qandli diabet fonida oyoqlarning diabetik gangrenasi bo‘lgan bemorlarda boldir cho‘ltog‘ining tashrixdan keyingi asoratlari sonini va son sohasidan reamputatsiyalar chastotasini kamaytirish bilan ishlab chiqilgan tashrix usulining samaradorligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Oyoqlar diabetik gangrenasi bo‘lgan bemorlarda yuqori amputatsiyalardan so‘ng davolash sifatini yaxshilash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: 
diabetik panja sindromining xirurgik asoratlari mavjud bemorlarni davolashga yondashuvlarni takomillashtirish bo‘yicha ilmiy tadqiqotning natijalari asosida ishlab chiqilgan «Diabetik panja sindromining xirurgik asoratlarini davolashga yangicha yondashuvlar» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 24 iyundagi 08-09/6782-son ma’lumotnomasi). Taklif etilgan tavsiyalar QD fonida oyoqlar gangrenasi bo‘lgan bemorlarda xirurgik davolash strategiyasini tanlashni takomillashtirishga imkon bergan;
oyoqlarning diabetik gangrenasiga chalinga bemorlarda boldir amputatsiyasi natijalarini yaxshilash bo‘yicha ilmiy tadqiqotning natijalari asosida ishlab chiqilgan «Oyoqlar diabetik gangrenasida boldir amputatsiyasi natijalarini yaxshilash strategiyasi» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 24 iyundagi 08-09/6782-son ma’lumotnomasi). Taklif etilgan usul tashrixdan keyingi davrda cho‘ltoqning birlamchi bitishi samaradorligini yaxshilashga, yiringlash chastotasini, shuningdek takroriy reamputatsiyalar ehtimolini kamaytirishga imkon bergan;
oyoqlarning diabetik gangrenasi bor bemorlarni davolash natijalarini yaxshilash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlashning amaliy faoliyatiga, jumladan, Toshkent tibbiyot akademiyasining ko‘p tarmoqli klinikasining xamda Xorazm va Samarqand viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazlarining yiringli jarroxlik bo‘limlari amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 24 iyundagi 08-09/6782-son ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalarini joriy etish qandli diabet fonida boldir amputatsiyasining taktik va texnik jihatlarini takomillashtirishga, jaroxatni birlamchi bitishi ulushini 62,9% dan 85,2% gacha yaxshilashga, qoniqarsiz natijalar ehtimolini qayta reamputatsiya qilish zarurati bilan 17,1% dan 1,8% gacha kamaytirishga, tizza bo‘g‘imini saqlanishi chastotasini 82,9% dan 98,2% gacha oshirishga imkon bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish