Babadjanov Oybek Abdujabbarovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Rozatsea bilan og‘rigan bemorlarda klinik-mikrobiologik parallellar va kompleks davolash usulini takomillashtirish», 14.00.11–Dermatologiya va venerologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: V.2017.1.DSc.Tib64.
Ilmiy rahbar: Arifov Saidkasim Saydazimovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti, DSc.27.06.2017.Tib.29.01.
Rasmiy opponentlar: Sobirov Ulug‘bek Yusupxonovich, tibbiyot fanlari doktori; Porsonxanova Delya Fozilovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: rozatseaning patogenezi va klinik kechishida mikrobiologik ko‘rsatkichlarning ahamiyati va davolash usullarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
rozatsea kasalligi bilan xastalangan bemorlar terisining yuz sohasida Demodex folliculorum (71,3%) va Staphylococcus aureus (41,6%) yuqori darajada qayd qilinishi va tilla rang stafilakokklarning eritromisinga yuqori suzuvchanligi aniqlangan;
rozatsea kasalligi bilan og‘rigan bemorlarning oshqozon ichak tizimida Helicobacter pylori 66,3% uchraganligi aniqlanib, u oshqozon va ichak kasalliklari bilan ko‘p assotsirlanganligi isbotlangan;
rozatsea kasalligining klinik kechishi og‘irligi Demodex folliculorum va Helicobacter pylori birgalikda ta’sir ko‘rsatilgan sharoitda kasallikning og‘ir kechishi isbotlangan;
rozatsea bilan kasallangan bemorlarda aniqlangan xelikobakteriyali infeksiyalar va teri mikrofloralarini inobatga olib, klinik va mikrobiologik samaradorligi yuqori bo‘lgan kompleks davolash tizimi takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Rozatsea bilan og‘rigan bemorlarda klinik-mikrobiologik parallellar va kompleks davolash usulini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
rozatseaning kelib chiqishi, klinik kechishini aniqlash va patogenetik davolash tizmini tatbiq qilish maqsadida «Rozovie ugri» uslubiy qo‘llanmasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2017 yil 13 avgustdagi 8N-3/18-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy qo‘llanma rozatsea bilan xastalangan bemorlarni davolash maqsadida ishlab chiqilgan usul an’anaviy davolash usuliga nisbatan ijobiy klinik samarani 62% dan 84%gacha oshirgan;
rozatseaning takomillashtirilgan davolash usuli sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan Respublika ixtisoslashtirilgan dermatologiya va venerologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi klinikasi, Toshkent shahar teri-tanosil kasalliklari dispanseri, Toshkent viloyati teri-tanosil kasalliklari dispanseri, Respublika teri-tanosil kasalliklari shifoxonasida joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2017 yil 13 avgustdagi 8N-3/18-son ma’lumotnomasi);
Olingan ilmiy natijalarning amaliyotga joriy qilinishi rozatsea bilan og‘rigan bemorlarda tanlangan klinik-mikrobiologik parallellar va kompleks davolash usuli kasallikni davolashda foydalanilgan an’anaviy davolash usulga nisbatan 1,3 martaga yaxshilash, Helicobacter pylori infeksiyasini 100%, Demodex folliculorum kanasini 97,3% bemorlarda bartaraf etish va teri mikroflorasini me’yoriy darajasini ta’minlash imkonini bergan.