Xidirov Xolmamat Djo‘raevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekistonda transport sohasi: natijalar va muammolar (XX asrda Curxon vohasi misolida)», 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.3.PhD/Tar 344.
Ilmiy rahbar: Tursunov Saypulla Narzullaevich, tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Termiz davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Tar.78.02.
Rasmiy opponentlar: Saidov Ilhom Muxiddinovich, tarix fanlari doktori, professor; Rahmonov Kamol Jamolovich, tarix fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi XX asrda Surxon vohasidagi transport tizimining shakllanishi va rivojlanish tarixini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Surxon vohasida transport tizimi asosan yirik paxtakor rayonlari uchun ichki va magistral yo‘llarni qurishga jalb etilganligi, tog‘ va tog‘ oldi hudud yo‘llariga ahamiyat berilmaganligi, paxta va qishloq xo‘jalik mahsulotlarini markaziy sanoat korxonalariga tez va arzon etkazish uchun avtomobil` vositalaridan foydalanilganligi, lekin sohani modernizatsiya qilish talab darajasida bo‘lmaganligi sababli ish unumdorligi past darajada qolganligi isbotlangan;
zamonaviy transport tizimining vohaga kirib kelishi va rivojlanishiga Rossiya-Angliya, Sovet-Afg‘oniston o‘rtasidagi mintaqaviy kurash sharoiti sabab bo‘lganligi, mablag‘lar ajratilib temir yo‘l, daryo va havo transporti rivojlantirilganligi, bu esa ichki va tashqi savdoni rivojlantirishda transport tizimi ishtirokini ta’minlash uchun imkoniyat yaratganligi dalillangan;
mustaqillik yillarida vohada transport tizimining tubdan o‘zgarishi natijasida jahon andozalariga javob beruvchi zamonaviy transport vositalari olib kelinganligi, tizimda chet el investisiyalari asosida qo‘shma korxonalarning ochilishi mazkur hududda yo‘l qurilishi va transport xizmati sifatining yaxshilanishiga turtki bo‘lganligi aniqlangan;
sohada malakali mutaxassislarni tayyorlash, muhandis-texnik xodimlarning kasbiy tajribasini oshirish, zamonaviy transport-kommunikatsiya loyihalarini amaliyotga joriy etish, aholini ish bilan ta’minlash, moddiy va ma’naviy turmushini yuksaltirish, transport ishchi-xodimlarini malakali mutaxassis sifatida qayta tayyorlash ishlari mustaqillik yillarida amalga oshirilganligi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Surxon vohasida transport sohasi tarixini o‘rganish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
sovet hokimiyati yillarida Surxon vohasida ichki yo‘llar qurilishi uchun zarur bo‘lgan mablag‘lar etarlicha ajratilgan bo‘lsa-da, magistral` yo‘llar asosan paxta etishtiriladigan hudularda qurilib, tog‘ va tog‘ oldi qishloqlariga ahamiyat berilmaganligi tufayli ularni muhim transport koridoridan uzilib qolganligiga oid manbalardan Termiz davlat muzey-qo‘riqxonasining chor Rossiyasi, sovet davri va mustaqillik yillariga oid ko‘rgazmalar zallari fondlarini boyitishda keng foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2021 yil 15 iyundagi 04-12-04-2939-son ma’lumotnomasi). Natijalar muzey ekspozisiyalarini ilmiy va amaliy jihatdan boyitilishi hamda Surxon vohasida transport tizimining paydo bo‘lishi va rivojlanishiga haqida yangi ma’lumotlar olishga imkon bergan;
Rossiya imperiyasining Surxon vohasi transport tizimini rivojlantirish asosida Afg‘oniston, Eron va Hindistonni bosib olish, Hind okeaniga chiqish, voha tabiiy boyliklarini ko‘proq tashib ketishga intilganligi, voha transport tizimining o‘ziga xos rivojlanishi bo‘yicha to‘plangan ma’lumotlardan «O‘zbekiston tarixi» telekanalining «Taqdimot» ko‘rsatuvida foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining 2020 yil 20 martdagi 02-10-622-son ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalari asosida teletomoshabinlarga transport sohasi faoliyati bo‘yicha ob’ektiv ma’lumotlar etkazilib, aholi, ayniqsa, yoshlarda tarixiy ong va dunyoqarashni oshirishga imkon bergan.