Sobirova Guzal Naimovnaning

fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisolik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): «Jigar noalkogol yog‘ xastaligini davolashda metabolik, genetik va funksional xususiyatlarni hisobga olgan holda takomillashtirish», 14.00.05–Ichki kasalliklar (tibbiyot fanlari).

Disseratsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.DSc/Tib2.

Ilmiy maslahatchi: Alyavi Anis Lyutfullaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muasassa nomi: Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc 27.06.2017.Tib.30.02.

Rasmiy opponentlar: Xamraev Abror Asrorovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Plotnikova Ekaterina Yur`evna,  tibbiyot fanlari doktori, professor; Muxamedov Rustam Sultanovich, biologiya fanlari doktori, professor.

Yetakchi tashkilot: Indje universiteti (Janubiy Koreya).

Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy  ahamiyatga  molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: JNYoXga chalingan o‘zbek millatiga mansub bemorlarda PNPLA3 genining  patologik alleli takrorlanishiga qarab ligninli enterosorbent va pentoksifillindan foydalangan holda  davolashni optimallashtirish.

Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

ilk bor PNPLA3 genining patologik gomozigot GG polimorfizmi o‘zbek millatiga mansub JNYoXga chalingan bemorlar  o‘rtasida bog‘liqligi aniqlangan;

JNYoXga chalingan va PNPLA3 geni G/S polimorf markyorlarining turli genotiplari tarqatuvchisi bo‘lgan bemorlardagi klinik alomatlar va metabolizm buzilishlari aniqlangan;

JNYoXga chalingan o‘zbek millatiga mansub shaxslarda safro hosil bo‘lishi jarayonlari ko‘rsatkichlari, safroning koloid-solyubizatsion xususiyatlari, safroning enterogepatik resirkulyasiyasi va SKning najas bilan ekskresiyasining PNPLA3 geni G/S polimorf markyorlarining turli genotiplari tarqatuvchisi bo‘lish bilan korrelyasion bog‘liqligi  isbotlangan;

JNYoXga chalingan bemorlarda PNPLA3 genining polimorfligiga  qarab yo‘g‘on ichak mikroflorasi o‘zgarishining disbiotik o‘zgarishi namoyon bo‘lishi bilan gepatotsitlardagi sitolitik xolestatik jarayonlar darajasi o‘rtasida ijobiy korrelyasion bog‘liqliklar aniqlangan;

PNPLA3 genining  G alleli tarqatuvchisi bo‘lgan va NASGga chalingan bemorlarda disbioz sindromini, endotoksemiya va yallig‘lanish jarayonlarini korreksiya qilish uchun ligninli enterosorbent va pentoksifillinni kompleks qo‘llash usullari ishlab chiqilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:

«JNYoXga chalingan bemorlarda zamonaviy tekshirish va davolash prinsiplari» uslubiy tavsiyanomasi ishlab chiqilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2015 yil 1 apreldagi 8n-g/24-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma  JNYoXga chalingan bemorlarda xavf guruhini aniqlash va PNPLA3 genining patologik mutatsiyasi  bo‘lgan bemorlarda erta profilaktika chora-tadbirlarni takomillashtirish imkonini beradi.

JNYoX bemorlarda erta tashxislash omillarini takomillashtirish va terapevtik tahlil qilish usullarini maqbullashtirish sog‘liqni saqlash amaliyotida, jumladan Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi va Toshkent viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi, Abu Ali Ibn Sino nomli 1-son shahar kasalxonasi amaliyotiga tatbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2015 yil 25 noyabrdagi 8n3/18-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalar asosida PNPLA3 geni polimorfizmi mavjudligi o‘z vaqtida tashxislash, kompleks davolashning aniq usullarini tanlash natijasida bemorlarning dori-darmonlar bilan davolash narxini 24 foizga kamaytirish, sog‘lomlashtirish chora-tadbirlari samaradorligini 2 barobarga oshirish, bemorlar hayot sifatiga ijobiy ta’sir etish imkoniyatlari yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish