Erkinov Zokirjon Erkinboy o‘g‘lining

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Pishitilgan ip ishlab chiqarish texnologiyasini takomillashtirish orqali ip sifatini yaxshilash», 05.06.02–To‘qimachilik materiallari texnologiyasi va xomashyoga dastlabki ishlov berish (texnika fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.PhD/T142.

Ilmiy rahbar: Jumaniyazov Kadam, texnika fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti, DSs.27.06.2017.T.08.01.

Rasmiy opponentlar: Muqimov Mirabzal Mirayubovich, texnika fanlari doktori, professor; Yuldashev Jamshid Qambaralievich, texnika fanlari nomzodi.

Yetakchi tashkilot: Jizzax politexnika instituti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: pishitilgan iplar ishlab chiqarishning takomillashgan texnologiyasini yaratish asosida ip sifatini yaxshilash va eksportbop to‘qimachilik mahsulotlari assortimentini ko‘paytirishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

paxta tolali to‘qimachilik iplaridan pishitilgan iplar va ip buyumlari olish bo‘yicha tasnif takomillashtirilgan hamda pishitish mashinalari va mexanizmlarining tuzilishi bo‘yicha yangi tasnif ishlab chiqilgan;

bir bosqichli usulda ko‘p qavatli pishitilgan ip ishlab chiqarishning takomillashtirilgan texnologiyasi asosida yangi pishitish qurilmasi yaratilgan;

yangi pishitish qurilmasining asosiy ishchi qismlarining matematik modellaridan foydalangan holda uning asosiy texnologik hamda kinematik ko‘rsatkichlarini muqobillash kattaliklari aniqlangan;

qo‘shburam pishitish mashinasida kompakt iplardan tikuv ipi olish uchun texnologik parametrlar aniqlangan va tikuv ipi olingan;

qo‘shburam pishitish mashinasida turli assortimentdagi pishitilgan iplar olish uchun texnologik parametrlar aniqlangan;

yangi texnologiya asosida pishitilgan ipga kam buram berib, buramlarni bir tekis taqsimlash orqali belgilangan xossalarga ega turli strukturadagi pishitilgan iplar ishlab chiqilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:

Pishitilgan ip ishlab chiqarish texnologiyasini takomillashtirish orqali ip sifatini yaxshilash bo‘yicha bajarilgan ilmiy natijalar asosida:

bir bosqichli, murakkab strukturali pishitilgan iplar olish uchun resurstejamkor yangi pishitish qurilmasi va texnologiyasi Namangan shahrining «Kosonsoy Al-Aziz» MChJda joriy etilgan («O‘zbekcharmpoyabzal» uyushmasining 2017 yil 29 avgustdagi ShSh-9/1081-son ma’lumotnomasi). Natijada pishitilgan ip assortimentining sifat ko‘rsatkichini 7–12 % ga yaxshilanishini, bir bosqichli usulda ko‘p qavatli iplar ishlab chiqarish orqali texnologik jarayonlarni 2 barobar, chiqindi chiqishini 4,5% kamayishiga erishilgan;

yangi pishitish qurilmasida tayyorlangan pishitilgan iplar «Dambog‘ poyabzal savdo» ishlab chiqarish korxonasiga joriy etilgan («O‘zbekcharmpoyabzal» uyushmasining 2017 yil 29 avgustdagi ShSh-9/1081-son ma’lumotnomasi). Natijada pishitilgan ip ishlab chiqarish mashinalari va pishitilgan iplardan olingan mahsulotlarni xorijdan valyuta hisobiga olib kirishni kamaytirish va mahalliy korxonalarda ishlab chiqariladigan mahsulotlar turini ko‘paytirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish