Tagaev Behzod Ergashevichning
fan doktori (DSc) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi):   «Raqamli iqtisodiyot sharoitida  norasmiy mehnat bilan bandlik  darajasini kamaytirishning metodologik asoslarini takomillashtirish», 08.00.10 – Demografiya. Mehnat iqtisodiyoti (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3.DSc/Iqt262.
Ilmiy maslahatchi: Umurzakov Baxodir Xamidovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: G.V.Plexanov nomli Rossiya iqtisodiyot universitetining Toshkent shahridagi filiali, DSc.22/30.12.2019.I.100.01.
Rasmiy opponentlar: Islamov Baxtiyor Anvarovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Nazarov Sharofiddin Xakimovich, iqtisodiyot fanlari doktori; Mamadalieva Xafizaxon Xoldarovna  iqtisodiyot fanlari doktori. 
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi  raqamli iqtisodiyot sharoitida norasmiy mehnat bilan bandlik darajasini kamaytirishning metodologik-uslubiy asoslarini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
norasmiy  mehnat bilan bandlik darajasini aniqlashda mehnatga layoqatli yoshdan kichik va katta yoshdagi mehnat bilan band bo‘lganlarni hisobga olish  hamda mehnat resurslari, bandlik, ishga joylashtirishga muhtoj, mehnat bilan band bo‘lmagan aholini hisoblash metodologiyasini aholining asosiy ijtimoiy-demografik ko‘rsatkichlarini kiritish asosida takomillashtirilgan;
norasmiy  mehnat bilan bandlik darajasini kamaytirish mexanizmi sifatida mehnat resurslarining hududlar (viloyat, shahar va tumanlar) kesimida onlayn xaritasini yaratish, ish bilan bandlikni loyihaviy boshqaruv asosida va zarur axborot bazasining onlayn monitoringini tashkil qilish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan;
o‘zini o‘zi band qilishning norasmiy  mehnat bilan bandlik darajasi, kambag‘allik va ishsizlikni qisqartirish hamda inson resurslarini boshqarishning ustuvor usuli sifatida uni rivojlantirish va unda band bo‘lganlarning ijtimoiy himoyasini ta’minlashga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar mexanizmlari takomillashtirilgan; 
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning istiqbol maqsadlari va mehnat bozorining rivojlanish tendensiyalaridan kelib chiqqan holda norasmiy mehnat bilan bandlik darajasini kamaytirishning 2030 yilgacha bo‘lgan davrdagi prognoz parametrlari ishlab chiqilgan;
mamlakat iqtisodiy xavfsizligini ta’minlashda aniqlangan norasmiy mehnat bilan bandlikni shakllanshining asosiy mezonlari va omillari, uning darajasini belgilovchi ko‘rsatkichlardan foydalanish zaruriyati asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi
Raqamli iqtisodiyot sharoitida norasmiy mehnat bilan bandlik darajasi va ijtimoiy-demografik ko‘rsatkchilarini aniqlashning metodologik-uslubiy asoslarini takomillashtirish hamda uning darajasini kamaytirish bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy natijalar asosida:
o‘zini o‘zi band qilishning norasmiy  mehnat bilan bandlik darajasi, kambag‘allik va ishsizlikni qisqartirish hamda inson resurslarini boshqarishning ustuvor usuli sifatida uni rivojlantirish va unda band bo‘lganlarning ijtimoiy himoyasini ta’minlashga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar mexanizmlarini rivojlantirishga qaratilgan tavsiyalar Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2020 yil 31 dekabrdagi 309-ICh-son buyrug‘i asosida amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2021 yil 29 yanvardagi 01/00-03/21-1019-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning amaliyotga joriy qilinishi bandlikning nostandart shakli bo‘lgan o‘zi o‘zi band qilish orqali mehnat bozorida norasmiy mehnat munosabatlarni rasmiylashtirish, ishsizlik va kambag‘allik darajasini kamaytirishga oid chora-tadbirlar, dasturlarni ishlab chiqish va mehnat resurslarining bandligiga ko‘maklashish imkonini bergan;
norasmiy mehnat bilan bandlar darajasini aniqlash hamda mehnat resurslarini hisoblashda ijtimoiy-demografik ko‘rsatkichlar kiritilgan holda takomillashtirilgan metodik yondashuv Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2020 yil 31 dekabrdagi 309-ICh-son buyrug‘i asosida amaliyotga joriy qilingan (Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2021 yil 29 yanvardagi 01/00-03/21-1019-son ma’lumotnomasi). Mazkur takliflardan foydalanish mehnat bozoriga oid statistik ma’lumotlarni xalqaro standarlarga moslashtirsh, xususan yosh va jins guruhlari ko‘rsatkichlarini aniqlash, mehnat bozoriga kirib kelayotgan yoshlar va ayollarning hududlar kesimida bandligini tashkil qilish imkoniyatini bergan;
norasmiy  mehnat bilan bandlik darajasini qisqartirish mexanizmi sifatida hududlar (viloyat, shahar va tumanlar) kesimida mehnat resurslarining onlayn xaritasini yaratish, ish bilan bandlikni loyihaviy boshqaruv asosida tashkil qilish va zarur axborot bazaning onlayn monitoringini amalga oshirish bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2020 yil 31 dekabrdagi 309-ICh-son buyrug‘i asosida amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2021 yil 29 yanvardagi 01/00-03/21-1019-son ma’lumotnomasi) hududlarda aholi bandligini ta’minlash, maqsadli dasturlar ijrosi va monitoringini olib borishda foydalanilgan. Ushbu ilmiy taklif va amaliy tavsiyalarning amaliyotga joriy qilinishi natijasida hududlarda mehnat resurslari xaritasini yaratish, mehnat bozorida inson salohiyati, malakasi va  raqobatdoshligini oshirish, ish bilan bandlikni loyihaviy boshqaruv asosida tashkil qilish va zarur axborot bazaning onlayn monitoringini amalga oshirishga erishilgan;
O‘zbekistonda 2030 yilgacha bo‘lgan davrda barqaror rivojlanish sohasidagi Milliy maqsad va vazifalar, sohada amalga oshirilayotgan islohot va tendensiyalar asosida norasmiy mehnat bilan bandlikni qisqartirishning ustuvor yo‘nalishlari va mexanizmlari natijasida uni 2030 yilgacha ikki marta qisqartirish, ushbu ko‘rsatkichni 20 foizga tushirishning asoslangan maqsadli prognoz parametrlari Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2020 yil 31 dekabrdagi 309-ICh-son buyrug‘i asosida amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2021 yil 29 yanvardagi 01/00-03/21-1019-son ma’lumotnomasi). Ushbu tavsiyalar asosida hududlarning bandlik dasturlarida joriy etilishi natijasida norasmiy mehnat bilan bandlik darajasini qisqartirish va kamida ularning 50 foizini legallashtirish hisobiga ushbu ko‘rsatkichni 20 foizga tushishi asoslangan;
mamlakatning iqtisodiy xavfsizligini ta’minlashda aniqlangan norasmiy mehnat bilan bandlikni shakllanishining asosiy mezonlari va omillari, uning darajasini belgilovchi ko‘rsatkichlardan foydalanish zaruriyati 5231600-Mehnat iqtisodiyoti va sotsiologiyasi bakalavriat ta’lim yo‘nalishi talabalariga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 20 noyabr`  89-03-4858-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning amaliyotga joriy qilinishi mamlakatning iqtisodiy xavfsizligini ta’minlashda norasmiy mehnat bilan bandlikni shakllanishining asosiy mezonlari va omillari, uning darajasini belgilovchi ko‘rsatkichlardan foydalanish zarurligi to‘g‘risidagi ta’rif va xulosalar talabalarda mazkur sohada yashirin iqtisodiyot va norasmiy bandlikning ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlarini kengroq tushunishga hamda keng qamrovli bilim va ko‘nikmalarni shakllantirishga imkon beradi. 

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish