Kenjaev Ikrom Ergashboevichning
falsafa doktori (RhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Kichik biznesda xorijiy investisiyalardan foydalanish samaradorligini oshirish (Namangan viloyati misolida)», 08.00.15 – «Tadbirkorlik va kichik biznes iqtisodiyoti».
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: № B2020.4.PhD/Iqt858
Ilmiy rahbar: Bayxonov Bahodirjon Tursunbaevich, iqtisodiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan muhandislik-texnologiya instituti, PhD.03/27.05.2020.I.66.03.
Rasmiy opponentlar: Muftaydinov Qiyomiddin Xamdamovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor, Aripov Oybek Abdullaevich iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Kichik biznesga xorijiy investisiyalarni jalb etishning o‘ziga xos jihatlari va ustuvor yo‘nalishlarini aniqlash hamda uni amalga oshirishning ijtimoiy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
iqtisodiyotga pandemiya ta’siri va uni bartaraf etish chora-tadbirlari tizimida kichik biznes sub’ektlariga xorijiy investisiyalarni jalb etishda moliyalashtirishning yangi usullarini qo‘llash, xorijiy infratuzilmaviy institutlar faoliyatini erkinlashtirish va davlatning rag‘batlantiruvchi chora-tadbirlari ko‘lamini kengaytirish yo‘nalishlarida yangi mexanizmlar ishlab chiqilgan;
Namangan viloyati kichik biznes sektorining investision jozibadorligi omillari tizimlashtirilib, bu boradagi vujudga kelishi mumkin bo‘lgan xavf-xatar darajalari SWOT-tahlil metodi orqali baholangan;
hududdagi xorijiy investisiyalar ishtirokidagi kichik biznes korxonalari ko‘p omilli ekonometrik tahlil qilindi va ularning investision faoliyatiga ta’sir etuvchi omillar samaradorligi aniqlangan;
Namangan viloyatida kichik biznes sektorining investision jozibadorligi omillarini e’tiborga olgan holda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikda xorijiy investisiyalardan foydalanishning 2021-2026 yillar bo‘yicha ikki xil ssenariyda ko‘p omilli prognozi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Namangan viloyati kichik biznesida xorijiy investisiyalardan foydalanish samaradorligini oshirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar quyidagi yo‘nalishlarda joriy etildi:
iqtisodiyotga pandemiya ta’siri va uni bartaraf etish chora-tadbirlari tizimida kichik biznes sub’ektlariga xorijiy investisiyalarni jalb etishda moliyalashtirishning yangi usullarini qo‘llash, xorijiy infratuzilmaviy institutlar faoliyatini erkinlashtirish va davlatning rag‘batlantiruvchi chora-tadbirlari ko‘lamini kengaytirish yo‘nalishlarida yangi mexanizmlari bo‘yicha ishlab chiqilgan taklifi O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining 2021 yil 16 iyundagi №11/04-20-5037-son ma’lumotnomasi). Ushbu ilmiy taklifning amaliyotga joriy qilinishi natijasida xorijiy investisiyali korxonalar faoliyatiga bevosita ta’sir etuvchi ishlab chiqarish infratuzilmasi hamda boshqa institutsional tuzilmalar faoliyati baholangan va 2020 yilda xorijiy investisiyalarni kirib kelishini o‘tgan yilga nisbatan 12 foizga ayniqsa, kichik biznesga xorijiy investisiyalarni kirib kelishini 22 foizga oshirish imkoniyatini bergan.
Namangan viloyati kichik biznes sektorining investision jozibadorligi omillari tizimlashtirilib, bu boradagi vujudga kelishi mumkin bo‘lgan xavf-xatar darajalari SWOT-tahlil metodi orqali baholash natijalari bo‘yicha taklifi O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining 2021 yil 16 iyundagi №11/04-20-5037-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifni amaliyotga joriy qilinishi Namangan viloyati shahar va tumanlaridagi xorijiy investisiyali korxonalarda investisiyalardan foydalanish samaradorligi ortishiga olib kelgan. Jumladan: «Namimpeks tekstil» qo‘shma korxonasining 2020 yildagi rentabellik ko‘rsatkichi 2019 yilga nisbatan 15% dan 35 % oshdi hamda 2954,0 ming AQSh dollari miqdorida mahsulot eksport qilinishiga erishildi. Toshbuloq teks qo‘shma korxonasining 2020 yildagi rentabellik ko‘rsatkichi 2019 yilga nisbatan 12% dan 32% oshdi, qo‘shma korxona faoliyat samaradorligi ko‘rsatkichi sifatida 136 ming AQSh dollari miqdorida qo‘shimcha mahsulot eksport qilinishiga erishildi.
hududdagi xorijiy investisiyalar ishtirokidagi kichik biznes korxonalari ko‘p omilli ekonometrik tahlil qilindi va ularning investision faoliyatiga ta’sir etuvchi omillar samaradorligi aniqlash bo‘yicha berilgan ilmiy takliflari O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi faoliyatiga joriy qilingan. (O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining 2021 yil 16 iyundagi №11/04-20-5037-son ma’lumotnomasi). Ushbu ilmiy taklif «Toshbuloq teks» korxonasi mahsulot ishlab chiqarish hajmini o‘zgarishiga ta’sir etuvchi omillarning har birini alohida tarzda 1 foizga oshirilishi, korxona mahsulot hajmining qo‘shimcha mos ravishda eksport hajmi orqali 0,94 foizga, jami ishlab chiqarish xarajatlari asosida 0,95 foizga va asosiy kapitalga investisiya hajmi xisobidan 0,41 foizga va «Namimpeks tekstil» korxonasida ishlab chiqarish quvvati va asosiy kapitalga investisiya hajmini 1 foizga oshirish orqali korxona mahsulot ishlab chiqarish hajmini qo‘shimcha 182,5 mln. so‘mga va 62,9 mln. so‘mga oshirish uchun qo‘shimcha imkoniyat yaratgan.
Namangan viloyatida kichik biznes sektorining investision jozibadorligi omillarini e’tiborga olgan holda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikda xorijiy investisiyalardan foydalanishning 2021-2026 yillar bo‘yicha ikki xil ssenariyda ko‘p omilli prognozi bo‘yicha taklif va tavsiyalari O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi amalitiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining 2021 yil 16 iyundagi №11/04-20-5037-son ma’lumotnomasi). Bu ilmiy taklif asosida «O‘zbekiston Respublikasining kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatini 2025 yilgacha yanada rivojlantirish» bo‘yicha maqsadli dasturini ayrim bandlarini tayyorlashda foydalanilgan.