Raimkulova Dilnoza Farxaddinovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Sport bilan shug‘ullanadigan o‘smirlarning holati va o‘quv jarayonini boshqarishda kompleks yondashuvni rivojlantirish xususiyatlari (klinik va ijtimoiy tadqiqotlar)», 14.00.38 – Sport tibbiyoti, 14.00.33 – Jamiyat salomatligi. Sog‘liqni saqlashda menejment.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Tib1025.
Ilmiy rahbarlar: Sadikov Abdushukur Abdujamilevich, tibbiyot fanlari doktori, professor, Rizaev Jasur Alimdjanovich tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi, Toshkent davlat stomatologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi, PhD.10/30.12.2019.Tib.69.01.
Rasmiy opponentlar: Akilov Xabibulla Ataullaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Maxmudov Dilshod Ergashbekovich, tibbiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat tibbiyot instituti
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: klinik va ijtimoiy tadqiqotlar asosida sport bilan shug‘ullanayotgan o‘smirlarning salomatligi va turmush tarzi holatini tahlil qilish, aniqlangan o‘zgarishlarni korreksiyalash bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor qonda L-karnitin va uning metabolik ajralmalari nisbati (AK/S0 indeksi, katalaza, VEGF) yosh sportchilar organizmida jismoniy faoliyat jarayonida katabolik va anabolik almashinuvi nomutanosibligiga sabab bo‘luvchi, jismoniy zo‘riqish va asoslanmagan jismoniy yuklamalar haqida axborot beruvchi ko‘rsatkichlar ekanligi aniqlangan;
ilk bor dinamikada karnitin va uning metabolik parchalanish mahsulotlari miqdori organizm xujayralarining energetik potensial ko‘rsatkichini baholovchi markyor bo‘lganligi sababli, ular jismoniy yuklamalarni mutanosib boshqarishda prognostik omil bo‘la olishi isbotlangan;
sport bilan shug‘ullanuvchi o‘smirlarni jismoniy va funksional tayyorgarligi, jismoniy zo‘riqishni erta aniqlashga imkon beradigan biokimyoviy markerlarni, hamda ijtimoiy statusini baholovchi integral va samarali noinvaziv usullarni o‘z ichiga olgan salomatlik monitoringi tizimi takomillashtirilgan;
sportchilar organizm energetik potensiali ko‘rsatkichlari mos ravishda tibbiy-biologik qo‘llab-quvvatlash, ularni turmush tarzi xususiyatlarini hisobga olgan holda kompleks qo‘llash asosida mashq jarayonlarini natijadorligini yaxshilash asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Sport bilan shug‘ullanadigan o‘smirlarning holati va o‘quv jarayonini boshqarishda kompleks yondashuvni rivojlantirish xususiyatlari (klinik va ijtimoiy tadqiqotlar) bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
bolalar va o‘smirlarning salomatligi va funksional holatini baholash, ularning organizmidagi zo‘riqish belgilarini kamaytirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida sport shifokorlari va murabbiylar hamda sportga jalb etilgan bolalar va o‘smirlar uchun ishlab chiqilgan “Sport bilan shug‘ullanuvchi o‘smirlar salomatligini asrash va mustahkamlashga qaratilgan kompleks yondashuv” nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 30 noyabrdagi 8n-d/225-son ma’lumotnomasi). Natijada sport bilan shug‘ullanayotgan o‘smirlarning jismoniy holati darajasini yaxshilash, ularga tibbiy-ijtimoiy yordam ko‘rsatuvchi muassasalar ishini takomillashtirish imkonini bergan;
sport bilan shug‘ullanuvchi bolalar va o‘smirlarning salomatligi va ular organizmining funksional xususiyatlarini baholash maqsadida olingan ilmiy natijalar asosida sport shifokorlari va murabbiylar uchun ishlab chiqilgan dastur O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasining U-16 terma jamoasi, shuningdek, O‘zbekiston gimnastika federatsiyasida amaliyotga tadbiq etilgan (O‘zbekiston jismoniy tarbiya va sport vazirligining 2020 yil 15 dekabrdagi 02-07-08-3582-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur sport turlari bilan shug‘ullanuvchi o‘smir sportchilarda individual mashq dasturlarini shakllantirish orqali ulardagi charchash va zo‘riqish sindromlari rivojlanishining profilaktikasiga bo‘lgan yondashuvlarni shakllantirish imkonini bergan.