Rizaev Eler Alimdjonovichning
fan doktori (DSs) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Tarqalgan parodontitning ustuvor patogenetik rivojlanish mexanizmi asosida uni personifisirlangan davosini asoslash», 14.00.21 – «Stomatologiya», 14.00.33 – Jamiyat salomatligi. Sog‘liqni saqlashda menejment (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.DSc/Tib430.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat stomatologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat stomatologiya instituti, DSc.04/30.12.2019.Tib.59.01.
Ilmiy maslahatchilar: Bekjanova Ol`ga Esenovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Akilov Xabibulla Ataullaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Rasmiy opponentlar: Shakoves Natal`ya Vyacheslavovna. tibbiyot fanlari doktori, professor (Belarus Respublikasi). Iskandarova Shaxnoza Tulkinovna. tibbiyot fanlari doktori, professor. Dusmuxamedov Maxmud Zakirovich. tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: N.N.Burdenko nomli Voronej davlat tibbiyot universiteti (Rossiya Federatsiyasi)
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: tarqalgan parodontitning personifisirlangan davosiga uslubiy yondashuvni takomillashtirish va rivojlanish prognozini asoslash.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
matematik-statistik modellarni qo‘llash yo‘li bilan tarqalgan parodontit rivojlanishida yuzaga kelishini bashoratlash va modellashtirish samaradorligini oshirishga qaratilgan yondashuv asoslangan; 
xavf omillarining tarqaluvchanligi va kasallik yuzaga kelishida qo‘shgan hissasini inobatga oluvchi, tarqalgan parodontit rivojlanish xavfini integratsion baxolash asoslangan;
tarqalgan parodontitni ustuvor rivojlanish mexanizmlarini aniqlash maqsadida turli xil instrumental, biokimyoviy va immunologik ko‘rsatkichlarni baxolashning universal taktikasi ishlab chiqilgan;
bemorlarda individual xavfni aniqlagan holda, mikrotsirkulyasiya, lipoperoksikatsiya, sitokinli balans va mineral almashinuvi jarayonlarining spesifik davosini o‘tkazish lozimligi isbotlangan; 
aniq klinik vaziyat, somatik patologiyaning og‘irligi va tavsifiga hamda spesifik patogen jarayonlarining siljish yo‘nalishiga moslashgan tarqalgan parodontit rivojlanishining muhim mexanizmlarini korreksiyasiga patogenetik yondashuvlar asoslangan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Parodontit rivojlanishidagi ustuvor patogenetik mexanizmlar asosida tarqalgan parodontitni personifisirlangan davosini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
kasallik rivojlanishining ustuvor mexanizmlarini belgilovchi markerlarni aniqlash yo‘li orqali parodontit davosini hajmi va usulini maksimal individuallashtirish bo‘yicha ilmiy tadqiqotning natijalari asosida ishlab chiqilgan «Klinik-laborator ko‘rsatkichlarni integral baxolash asosida tarqalgan parodontitning personifisirlangan davosi» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 10 yanvardagi 8n-r/13-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma klinik-biokimyoviy va instrumental tekshiruvlarda olingan o‘rtacha ko‘rsatkichlari asosida tarqalgan parodontitni davolashning an’anaviy qo‘llaniladigan standartlari o‘rniga personalizatsiyalangan davoni qo‘llash imkonini bergan; 
parodontit rivojlanishini bartaraf etish maqsadida davolash-tashkiliy tadbirlarni o‘z vaqtida o‘tkazilishi hamda tashhislash va davolash darajasini oshirish bo‘yicha ilmiy tadqiqotning natijalari asosida ishlab chiqilgan «Tibbiy-ijtimoiy omillar bo‘yicha tarqalgan parodontit rivojlanish xavfini baxolash usuli» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 10 yanvardagi 8n-r/12-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma tibbiy-ijtimoiy omillar bo‘yicha tarqalgan parodontit rivojlanish xavfini baxolash usuli yordamida tibbiy-profilaktika tadbirlarini o‘z vaqtida o‘tkazish imkonini bergan; 
aholining alohida guruhlarida spesifik profilaktikani asoslash bo‘yicha ilmiy tadqiqotning natijalari asosida ishlab chiqilgan «Parodontit tarqaluvchanligi epidemiologik o‘rganilganda, uning rivojlanishining xavf omillarini baxolashga uslubiy yondashuv» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 10 yanvardagi 8n-r/11-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma parodontit tarqaluvchanligi epidemiologik rivojlanishining xavf omillarini baxolash imkonini bergan; 
Parodontit rivojlanishidagi ustuvor patogenetik mexanizmlar asosida tarqalgan parodontitni personifisirlangan davosini takomillashtirishga qaratilgan tadqiqot natijalari sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Samarqand viloyati stomatologiya poliklinikasi va Toshkent shahar 1-son stomatologiya poliklinikasi amaliy faoliyatiga tadbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 22 yanvardagi 8n-d/37-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalarning amaliyotga joriy qilinishi tarqalgan parodontitni yuqori xavfi bo‘lgan bemorlarni aniqlash va shu bilan davolash-tashkiliy tadbirlarni o‘z vaqtida o‘tkazish hamda tashhislash va davolash darajasini oshirish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish