Samadov Alisher Usmanovichning

fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Kon-metallurgiya sanoatida hosil bo‘lgan texnogen mahsulotlarni qayta ishlashga kompleks yondashishning o‘ziga xos xususiyatlari», 04.00.14–Foydali qazilmalarni boyitish (texnika fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.DSc/T3.

Ilmiy maslahatchi: Sanakulov Quvandiq, texnika fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Navoiy davlat konchilik instituti va Toshkent davlat texnika universiteti, DSc.27.06.2017.T.06.01.

Rasmiy opponentlar: Abduraxmonov Soyib Abduraxmonovich, texnika fanlari doktori, professor; Tusupbekov Nesipbay Kuandekovich, texnika fanlari doktori, professor; Ergashev Ulugbek Abdurasulovich, texnika fanlari doktori.

Yetakchi tashkilot: «Mineral resurslar instituti» DK.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: oltin, kumush, temir va kremniy ikki oksidini ajratib olish usullarini ishlab chiqish orqali, metallurgiya sohasida rangli, qimmatbaho va qora metall ishlab chiqarishni ko‘paytirishni ta’minlovchi kon-metallurgiya korxonalari texnogen mahsulotlarini qayta ishlash texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

texnogen mahsulotlardan olingan namunani ftoridlash jarayonini o‘rganish natijasida kremniy dioksid hosil bo‘lish darajasining haroratga bog‘liqligi aniqlangan holda, namuna 120 daq. davomida turli haroratlarda 90, 115 va 1350S qizdirilganda dioksid kremniy hosil bo‘lishining ortib borishi aniqlangan;

qizdirish vaqti 120 daq., harorat 900S bo‘lganda kremniy dioksid hosil bo‘lish darajasi 58% ga, harorat 1150S ga ko‘tarilganda kremniy dioksid hosil bo‘lish darajasi 78% ga, harorat 1350S ga ko‘tarilganda kremniy dioksid hosil bo‘lish darajasi 98% ga ko‘tarilishi aniqlangan;

geksaftorsilikat ammoniy hosil bo‘lish jarayonida kremniy dioksidni ftoridlash qizdirish haroratiga bog‘liqligi, harorat 1300S dan 2000S ga ko‘tarilganda shiddatli ravishda ammiak ajralishi, haroratning bundan yuqori bo‘lishi ammiak ajralishiga passiv ta’sir ko‘rsatishi, harorat 1500S dan 3200S ga ko‘tarilganda ammoniy geksaftorsilikat gaz fazasiga o‘tishi; gaz holatga o‘tgan ammoniy geksaftorsilikatni 2000S gacha sovutilganda kukun holatiga o‘tishi aniqlangan;

ammoniy geksaftorsilikatning ammoniy gidrooksid bilan ta’sirlashuvi vaqtga va haroratga bog‘liqligi tadqiqotlar asosida ammoniy geksaftorsilikat ammoniy gidrooksidning 10% eritmasida 90 s davomida va 20, 30, 40 va 500S da, tegishlicha 0,76; 0,80; 0,84 va 0,90 g erishi va turli haroratlarda eritish vaqtini 90 s dan oshirish eruvchanlikni oshirmasligi isbotlangan;

texnogen mahsulotlar og‘irligining kamayishi natijasiga ko‘ra ammoniy geksaftorsilikat sublimatsiyalanishining kinetik kattaligi va ammoniy geksaftorsilikatning gaz fazasiga o‘tishi, harorat 3500 S ga ko‘tarilganda 60 daq. oralig‘ida 70% ga, 4000S ga ko‘tarilganda 30 daq. oralig‘ida 90% ga, 4500 S ga ko‘tarilganda 100% ga etganligi aniqlangan;

oltin saralash fabrikalari chiqindilari tarkibidan kumushni ajratib olishning optimal ko‘rsatkichlari sul`fat kislotasining konsentratsiyasiga bog‘liqligi aniqlangan, konsentratsiya 5 ml/l dan 15 ml/l ga oshirilganda reaksiya shiddatli ravishda boradi, sul`fat kislotasining konsentratsiyasini 15 ml/l dan oshirilganda  kumushni ajratib olish sezilarli o‘zgarmasligi isbotlangan;

oltin saralash fabrikalari chiqindilari tarkibidan kumushni ajratib olishning optimal ko‘rsatkichlari nitrat kislotasining 5 ml/l dan 45 ml/l oraliqdagi konsentratsiyasiga bog‘liqligi aniqlangan, kislota konsentratsiyasi 5 ml/l dan 45 ml/l ga oshirilganda ajralish reaksiyasi shiddatli ravishda borishi, nitrat kislotasining konsentratsiyasini 45 ml/l dan oshirilganda kumushni ajratib olish sezilarli darajada o‘zgarmasligi isbotlangan;

oltin saralash fabrikalari chiqindilari tarkibidan oltin va kumushni ajratib olishda sul`fat va nitrat kislotalari aralashmasining  konsentratsiyasi 25 ml/l ga teng bo‘lganda va kaliy nitrat tuzining turli konsentratsiyasi (1 g/l dan 8 g/l gacha) oksidlovchi sifatida qo‘shilgandagi optimal ko‘rsatkichlari aniqlangan;

kaliy nitrat tuzining konsentratsiyasi 1 g/l dan 3 g/l gacha bo‘lgan oraliqda ajralish reaksiyasi shiddatli ravishda borishi, kaliy nitrat tuzining konsentratsiyasini 3 g/l dan oshirish oltin va kumushni ajratib olishda sezilarli natija bermasligi  aniqlangan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:

Kon-metallurgiya sanoatida hosil bo‘lgan texnogen mahsulotlarni qayta ishlashga kompleks yondashish asosida:

mis ishlab chiqarish sanoatida hosil bo‘ladigan shlaklardan temirni ajratib olish usuliga O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtiroga patenti olingan (№IAP 04650, 2013). Natijada murakkab tarkibli silikatli birikmalarni alohida oksidlarga ajratish imkonini bergan;

tarkibida oltin bo‘lgan xomashyoni qayta ishlash usuliga O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtiroga patenti olingan (№IAP 05376, 2017). Natijada oltin saqlovchi xomashyolarning tarkibidagi qiyin ajraluvchi minerallarni qayta ishlash imkonini bergan;

ishlab chiqilgan tashlandiq shlaklarni qayta ishlash texnologiyasi Olmaliq kon-metallurgiya kombinatining Mis eritish zavodida joriy qilingan (Olmaliq kon-metallurgiya kombinatining 2016 yil 19 noyabrdagi 01-07/2076-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarni amaliyotga joriy qilish natijasida qo‘shimcha ravishda temir, kremniy ikki oksidi, qimmatbaho va rangli metallarni ajratib olish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish