Tosheva Xakima Bekmurodovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Surunkali yurak etishmovchiligi kamqonlik bilan kechganda kompleks davolash negizida buyrak fibroz markerlarining dinamikasi» 14.00.05 – Ichki kasalliklar (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Tib1156.
Ilmiy rahbar: Gadaev Abdigaffar Gadaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.04/30.12.2019.Tib.30.02. 
Rasmiy opponentlar: Nurillaeva Nargiza Muxtarxanovna, tibbiyot fanlari doktori; Abdullaev Akbar Xatamovich, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqodning maqsadi: surunkali yurak etishmovchiligi  kamqonlik bilan kechgan bemorlarda buyrak fibroz markerlari dinamikasi va ferrokinetik ko‘rsatkichlariga kompleks standart muolajalar negezida o‘tkazilgan antianemik davo samaradorligini baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk marotaba kamqonlik bilan birgalikda kechgan SYuE mavjud bemorlarda kamqonlik ko‘rsatkichlari va buyrak faoliyati holati qon zardobidagi temir, transferrin, ferritin, TGF β1 va β2 mikroglobulin yordamida kompleks baholangan;
SYuE kamqonlik bilan kechganda kasallikning og‘irlik darajasi uning funksional sinf ortishi va gemoglobin ko‘rsatgichining pasayishiga bog‘liq holda kuchayishi isbotlangan;
SYuE  kamqonlik bilan kechgan bemorlarda buyrak koptokchalari faoliyati sistatin-S, proksimal  kanalchalari funksional holati β2-mikroglobulin, tubulointerstisial fibroz jarayonlari TGF-β1 yordamida aniqlanishi isbotlangan;
birinchi marotaba SYuE kamqonlik bilan kechganda kompleks davo negezida antianemik terpiyaning buyrak disfunksiyasiga ijobiy ta’siri, ya’ni koptokchalar fil`tratsiyasi tezligining oshishi, sistatin S ko‘rsatkichlarining kamayishi takomillashtirilgan.  
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. SYuE kamqonlik bilan kechganda kompleks davolash negizida buyrak fibroz markerlarini dinamikasi va uning amaliy ahamiyati bo‘yicha olib borilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
kardiorenal anemik sindrom va unda buyrakdagi fibroz jarayonlarni erta tashxislashning amaliy ahamiyati bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida ishlab chiqilgan «Kardiorenal anemik sindrom va unda buyrakdagi fibroz jarayonlarni erta tashxislashni amaliy ahamiyati» nomli uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligi ilmiy faoliyatni muvofiqlashtirish bo‘limining 2021 yil 12 martdagi 8n-d/96-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma SYuE negizida rivojlangan kamqonlik mavjud bemorlarda standart davo negizida antianemik muolajalar birgalikda olib borilganda buyrakdagi fibroz jarayonlarini sekinlashtirish imkonini bergan;
kardiorenal anemik sindrom va unda buyrakdagi fibroz jarayonlarni erta tashhislash algoritmi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida ishlab chiqilgan «Kardiorenal anemik sindrom va unda buyrakdagi fibroz jarayonlarni erta tashhislash algoritmi» nomli uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 12 martdagi 8n-d/96--sonli ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma SYuE kamqonlik bilan kechganda buyrakdagi fibroz jarayonlarini erta aniqlash va asoratlarini kamaytirish imkonini yaratgan.
SYuE kamqonlik bilan kechganda buyrakdagi fibroz jarayonlarni rivojlanish profilaktikasini optimallashtirish tamoyillari hamda davo-profilaktik chora-tadbirlarining asoslanganligi sog‘liqni saqlash amaliyoti, jumladan, Kogon tuman tibbiyot birlashmasi, Buxoro tuman tibbiyot birlashmasi, Buxoro viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi, Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 13 iyuldagi 08-09/8144 - son ma’lumotnomasi). Olingan tadqiqot natijalarining klinik amaliyotga joriy qilinishida tashhislash jarayonini aniq va tez bajarilishi, SYuE kamqonlik bilan kechganda buyrakdagi fibroz jarayonlarni standart davo negizida antianemik terapiya bilan davolashda asoratlar sonining qisqarish imkonini bergan. 

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish