Rustamov Farrux Xolmuminovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Sil koksiti bilan og‘rigan bemorlarda chanoq-son bo‘g‘imini total endoprotezlashning samaradorligi», 14.00.26 - Ftiziatriya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3.PhD/Tib1447. 
Ilmiy rahbar: Nazirov Primkul Xujamovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ixtisoslashtirilgan ftiziatriya va pul`monologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami:  Toshkent tibbiyot akademiyasi, Respublika ixtisoslashtirilgan epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, DSc.04/30.12.2019.Tib.30.01. 
Rasmiy opponentlar: Muxtarov Davronbek Zuxurovich, tibbiyot fanlari doktori; Xanapiyaev Umarali Baratovich, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat tibbiyot instituti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: sil koksiti bilan og‘rigan bemorlarda chanoq-son bo‘g‘imini total endoprotezlash usullarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
titan-keramikali endoprotezlarni qo‘llagan xolda asoratlangan sil koksitini jarroxlik usulida davolash, klassik usulda suyak  autotransplantatlardan foydalanilgan jarroxlik amaliyotidan keyingi saqlanib qolgan anatomo-funksional buzulishlarning to‘liq tiklanishiga imkon berishi isbotlangan;
sil koksitini kompleks davolashda radikal jarroxlik amaliyotlarining – total endoprotezlashning zarurligi, bo‘g‘imdagi klinik-funksional va rentgenologik tekshiruvlar natijalarga ko‘ra isbotlangan;
ilk bor sil koksiti bilan og‘rigan bemorlarda, zararlangan bo‘g‘imlardagi anatomo-funksional buzilishlar sababli yuzaga keluvchi Shoemaker chiziqlarining bir biriga no’mutanosibligi, kasallikning kechki bosqichlarida yaqqol yuzaga chiqishi isbotlangan.  
sil koksiti bilan og‘rigan bemorlarda kasallikning erta bosqichlarida chanoq-son bo‘g‘imini ZIMMER, DePuy xamda IRENE protezlari bilan total endoprotezlash, bo‘g‘im bukilishini 88,3±8,6° gacha, bo‘g‘im yozilish ko‘lamini 176,2±6,2 gacha yaxshilanishiga imkon berishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Sil koksiti bilan og‘rigan bemorlarda chanoq son bo‘g‘imini total endoprotezlashning samaradorligini baholash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
sil kasalligidan keyingi koksartroz bilan xastalangan bemorlarda chanoq son bo‘g‘imini total endoprotezlashda yuqumli asoratlarni oldini olish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida «Sil kasalligidan keyingi koksartroz bilan xastalangan bemorlarda chanoq son bo‘g‘imini total endoprotezlashda yuqumli asoratlarni oldini olish usullari» nomli uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 23 dekabrdagi 8n-z/599-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma antibakterial dori vositalarini jarrohlik amaliyoti ichida qo‘llash orqali sil koksiti oqibatlari bo‘lgan bemorlarda chanoq-son bo‘g‘imini endoprotezlashda jarrohlik yo‘li bilan davolash samaradorligini yaxshilash imkonini bergan;
sil koksiti bilan og‘rigan bemorlarda chanoq son bo‘g‘imini total endoprotezlashning samaradorligi aniqlash va davolash tartibini takomillashtirish asosida olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Ftiziatriya va pul`monologiya ixtisoslashtirilgan ilmiy amaliy tibbiy markazi, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarini sil kasalliklari dispanserlarining klinik amaliyotiga tadbiq qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 15 iyuldagi 08-09/8326-son ma’lumotnomasi). Olingan ilmiy natijalarning amaliyotga joriy qilinishi natijada chanoq-son bo‘g‘imini total endoprotezlashni qo‘llash bilan bemorlarni davolashni joriy qilish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish