Askarova Zebo Zafarjonovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Anomal qon ketishi bo‘lgan perimenopauza davridagi ayollarni olib borishni optimallashtirish», 14.00.01 – Akusherlik va ginekologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Tib1114. 
Ilmiy raxbar: Alieva Dilfuza Abdullaevna, tibbiyot fanlari doktori, professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarkand davlat tibbiyot instituti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan akusherlik va ginekologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, PhD.04/05.06.2020.Tib.114.01.
Rasmiy opponentlar: Eshimbetova Gulsara Zakirovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Kattaxodjaeva Maxmuda Xamdamovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat tibbiet instituti
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: bachadondan anomal qon ketishi bo‘lgan perimenopauza davridagi ayollarni olib borishni ayrim genetik determinantlarni aniqlash orqali optimallashtirishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
ilk bor ayollarda bachadondan anomal qon ketishi rivojlanish xavfi va residivida MMR9 Gln/Arg lokusining extimoliy allel va genotipik variantlari orasida eng yuqori ishonchlilikka Arg alleli va Gln/Arg genotipi, kasallik tashuvchanlikda esa Arg/Arg genotipik variantiga bog‘liqligi isbotlangan; 
ilk bor perimenopauza davridagi ayollarda bachadondan anomal qon ketishi va klinik asoratlarining rivojlanish xavfi, TR53 geni Arg72Pro polimorf lokusining mutatsion variantlari bilan assotsiativ bog‘liq emasligi aniqlangan;
ilk bor MMP9 geni Gln279Arg va TR53 geni Arg72Pro lokuslarining mutatsion variantlari va perimenopauza davrida bachadondan anomal qon ketishi bo‘lgan ayollarda endometriy qavatining gistologik tuzilishining patologik o‘zgarishi o‘rtasida mutanosib ravishda bog‘liqlik borligi aniqlangan; 
klinik-morfologik va molekulyar-genetik tekshiruv natijalari asosida perimenopauza davrida bachadondan anomal qon ketishini oldini olishga va bemorlarni olib borishni optimallashtirishga qaratilgan dasturlar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Bachadondan anomal qon ketishi bo‘lgan ayollarni olib borishni optimallashtirish bo‘yicha ilmiy tadqiqot natijalariga ko‘ra:
bachadondan anomal qon ketish bo‘lgan bemorlarni olib borish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida ishlab chiqilgan “Bachadondan anomal qon ketish bo‘lgan bemorlarni olib borish algoritmi” nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘likni saqlash vazirligining 2021 yil 5 fevraldagi 8n-z/51-son ma’lumotnomasi). Taklif etilgan tavsiyanoma kasallikni residivlarini oldini olishga va radikal jarroxlik davolash usuli miqdorining kamaytirish imkonini yaratgan;
bachadondan anomal qon ketishi bo‘lgan ayollarni tashhislash va davolash sifatini yaxshilash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan Samarkand shaxar 1 son tug‘ruq majmuasi va Samarkand shaxar 3 son tug‘ruq majmuasi amaliy faoliyatiga joriy qilingan. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi natijasida, anomal qon ketishi bo‘lgan ayollarga ko‘rsatilgan yordam sifatini yaxshilashga, optimallashtirilgan davolash usullarini qo‘llashda yuqori samaradorlikga erishish imkonini yaratgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish