Shermuxamedov Ulugbek Zabixullaevichning
fan doktori (DSc) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: «Obosnovanie effektivnosti i podbor parametrov seysmozashhitnix opornix chastey jeleznodorojnix mostov i estakad s uchetom mnogourovnevogo proektirovaniya v usloviyax Respubliki Uzbekistan», 05.09.02 – Asoslar, poydevorlar va er osti inshootlari. Ko‘priklar va transport tonnellari. Yo‘llar, metropolitenlar (texnika fanlari)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3.DSc/T381.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat transport universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat transport universiteti huzuridagi DSc.18/30.12.2019.T.09.01 raqamli Ilmiy kengash.
Ilmiy rahbar: Rashidov Tursunbay, texnika fanlari doktori, professor, akademik.
Rasmiy opponentlar: texnika fanlari doktori, professor Ishanxodjaev Abduraxman Asimovich (Toshkent davlat transport universiteti), texnika fanlari doktori, professor Yuldashev Sharafitdin Sayfitdinovich (Namangan muhandislik-qurilish instituti), texnika fanlari doktori, professor Smirnov Vladimir Nikolaevich (Peterburg davlat temir yo‘llar universiteti, Rossiya Federatsiyasi).
Yetakchi tashkilot: Toshkent arxitektura qurilish instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: Texnika yo‘nalishi. Nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekiston Respublikasi sharoitlarida temir yo‘l ko‘priklarining seysmik ta’sirlarga hisoblash usullarini rivojlantirish uchun ko‘p pog‘onali loyihalashni hisobga olgan holda ularning zilzilabardosh tayanch qismlari optimal parametrlarini tanlash va seysmoizolyasiyani qo‘llash imkoniyatlarini asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
temir yo‘l ko‘prik va estakadalari tayanchlar tebranishlari dinamik so‘ndirishning istiqbolli konstruksiyasini qo‘llash maqsadga muvofiqligi ko‘p pog‘onali loyihalash usulini qo‘llagan holda asoslangan;
temir yo‘l ko‘prik va estakadalari tayanchlari tebranishlarning dinamik so‘ndirgichlari ko‘rinishida oraliq qurilma massasidan foydalanishning seysmohimoyaviy tayanch qismlarining optimal qurilish-texnologik parametrlarini tanlash usuli ishlab chiqilgan;
O‘zbekiston Respublikasining seysmik sharoitlarini hisobga olgan holda, eng katta noqulay tezlanishlar hamda loyihaviy va maksimal hisobiy zilzilalar uchun ularning oshib ketish ehtimolini baholash usuli ishlab chiqilgan;
so‘ndiruvchi massa (oraliq qurilma) bir necha bor (2 va undan ortiq) seysmik ta’sirga uchrayotgan konstruksiyalar (tayanchlar) massasidan oshganda uning tebranishlari dinamik so‘ndirgichlarning sozlash aniqligi ta’sirini baholash usuli ishlab chiqilgan;
kuchsiz ta’sirlarda ko‘prik va estakadalar seysmoizolyasiyasini qo‘llash samaradorligi, kuchli ta’sirlarda esa seysmohimoyaviy qurilmalarning optimal qurilish-texnologik parametrlarini tanlash temir yo‘l ko‘priklarining zilzilalar akselerogrammalari bo‘yicha hisoblash usuli yordamida asoslangan;
ko‘prik tayanchlarini bo‘ylama yo‘nalish bo‘yicha zilzilalar ta’siriga hisoblash hamda har xil ta’sirlarda seysmohimoyaviy qurilmalarning ovalsimon teshiklari va oval bo‘yicha siljishini nochiziqli hisoblash usullari ishlab chiqilgan;
O‘zbekiston Respublikasining seysmik sharoitlarini hisobga olgan holda zilzilalarning har xil (loyihaviy va maksimal hisobiy) ta’sirlarida seysmoizolyasiyalangan temir yo‘l ko‘priklarining ekspluatatsion ishonchliligi hamda ekspluatatsion yuklarda ko‘prik polotnosi elementlarining ishlash qobiliyati real va sintetik akselerogrammalardan foydalanib baholangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Dissertatsiya tadqiqoti jarayonida olingan ilmiy natijalar quyidagi yo‘nalishlarda amaliyotga joriy qilingan:
tayanch tebranishlarining dinamik so‘ndirgichlari samaradorligini avtomatlashtirilgan hisoblash usuli “O‘zbekiston temir yo‘llari“ AJ tarkibidagi “Toshtemiryo‘lloyiha” MChJ korxonasiga joriy etilgan (“O‘zbekiston temir yo‘llari“ AJning 2021 yil 20 maydagi 01/2136-21-son ma’lumotnoma). Tadqiqot natijalarining qo‘llanilishi, loyihalash jarayonida temir yo‘l ko‘priklarining seysmohimoyaviy qurilmalarining loyihalanayotgan elementlari o‘lchamlari va bikirligini tanlash imkoniyati yaratiladi;
to‘sinli ko‘priklarning seysmik xavfdan himoyalovchi tayanch qismlarining optimal qurilish-texnologik parametrlarini tanlash usuli “O‘zbekiston temir yo‘llari“ AJ tarkibidagi “Toshtemiryo‘lloyiha” MChJ korxonasida massalarning turli xil o‘zaro nisbatlarida seysmik jihatdan himoyalangan tayanch qismlarning bikirlik va dempferlanish parametrlarini olish uchun joriy etilgan (“O‘zbekiston temir yo‘llari“ AJning 2021 yil 20 maydagi 01/2136-21-son ma’lumotnoma). Natijada, tanlab olingan optimal parametrlarga ega sterjenli amortizatorlardan iborat seysmohimoyaviy vositalaridan foydalangan holda, seysmik yuklamalarni kamaytirish hisobiga, temir yo‘l ko‘prigi zilzilabardoshligini 48% oshirish imkonini bergan; 
temir yo‘l ko‘priklarining seysmik jihatdan himoyalangan tayanch qismlarining optimal qurilish-texnologik parametrlarini tanlash bo‘yicha ko‘p pog‘onali loyihalashni hisobga olib ishlab chiqilgan usuli “Stroykompleks–5” tomonidan yaratilgan seysmohimoyaviy tizimiga ega “Sochi–Adler” liniyasidagi ko‘priklarni loyihalashga joriy etilgan (Rossiya Federatsiyasi, «Stroykompleks–5» MChJning 2021 yil 25 maydagi 078/21-91-M/01-son ma’lumotnoma). Natijada seysmoizolyasiyalovchi tayanch qismlarining qo‘llanishi ko‘prik tayanchiga tushadigan seysmik yuklanishlarni kamaytirishga va tayanch tebranishlari dinamik so‘ndirgichlarining samaradorlini oshirilishiga, asosiy qurilish materiallari sarfini 1,2 marotaba qisqartirish imkonini yaratgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish