Toshov Javoxir Burievichning

fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Ochiq konchilik ishlarida portlatish quduqlarini burg‘ilashda tog‘ jinslarini parchalovchi asboblar dinamikasini optimallashtirish», 04.00.10–Geotexnologiya (ochiq, er osti va qurilish), 04.00.11–Quduqlarni burg‘ilash va o‘zlashtirish texnologiyasi (texnika fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.DSc/T24.

Ilmiy maslahatchilar: Norov Yunus Djumaevich, texnika fanlari doktori, professor; Steklyanov Boris Leont`evich, texnika fanlari doktori.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti va Navoiy davlat konchilik instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Navoiy davlat konchilik instituti va Toshkent davlat texnika universiteti, DSc.27.06.2017.T.06.01.

Rasmiy opponentlar: Raximov Akbarxuja Komilovich, texnika fanlari doktori, professor; Galiev Seytgali Joldasovich, texnika fanlari doktori, professor; Akilov Jaxon Akilovich, texnika fanlari doktori, professor.

Yetakchi tashkilot: «Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» AJ.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: determinantlangan asosda tog‘ jinslarini parchalovchi burg‘ilash asboblarining dinamik tarkibiy qismlarini optimallashtirishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

texnik va texnologik jihatlardagi optimallashgan masalani hal qilish metodologiyasi ishlab chiqilgan;

jinslarni parchalovchi burg‘ilash asboblarining geometrik o‘lchamlariga bog‘liq bo‘lgan tog‘ jinslarini parchalash jarayonida burg‘ilash asboblarining ish qobiliyatini baholash mezonlari aniqlanib, quduq kovjoyi sirtida burg‘ilash dolotosining harakatlanishini determinantlangan asosda dinamik modeli ishlab chiqilgan;

sal`nik hosil bo‘lishiga olib keladigan jarayonga olib keladigan minimal energiya sarflanadigan soha ushbu jarayondan pastda turadigan bo‘shliqda giperboloid yuzada va giperbolik egrilarda koordinatli tizimdagi vaqtning har bir lahzasida dinamik tizimning energiya sarflash rejimi isbotlangan;

burg‘ilash dolotolari parraklari sonining ortib borishi bilan aylanalarning ichki va tashqi radiuslari konstruktiv kattaliklarga intiladi, quduqlar kovjoyi sirtini qoplash maydonlari esa kichrayadi, natijada aylanish juftligi rejimida ishlaydigan burg‘ilash dolotolarini uning o‘qlararo ekssentrisitetining kamayishi hisobiga qurollantirish kontakt yo‘llari aniqlangan;

sharoshkalarning qurollanish dinamikasini, qarshilik kuchlaridan  harakatlanishga dinamik tizimlar energiyasini sarflash asosida sharoshkalar tayanchlari germetizatsiyasini, yuvish suyuqliklarini hisobga olgan holda burg‘ilash dolotolari yaratilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:

Ochiq kon ishlarida portlatish quduqlarini burg‘ilashda tog‘ jinslarini parchalovchi asboblar dinamikasini optimallashtirish asosida:

burg‘ilash dolotalarining yangi konstruksiyasiga O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtiroga patenti olingan (№IAP 05118, 2015). Natijada burg‘ilash texnikasining iqtisodiy samaradorligini oshirish imkonini bergan;

ishlab chiqilgan burg‘ilash dolotalarining konstruksiyalari Navoiy kon-metallurgiya kombinatining Markaziy kon boshqarmasi, Toshqura kar`erida joriy qilingan (Navoiy kon-metallurgiya kombinatining 2016 yil 22 noyabrdagi 01.01-07/12405-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarni amaliyotga joriy qilish natijasida burg‘ilash sharoshkali dolotalarni chetdan olib kelinadigan dolotalar o‘rnida ishlatish va ishlab chiqarish unumdorligini va burg‘ilash texnikasining iqtisodiy samaradorligini oshirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish