Rajayuova Gulchexra Hamraevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Buxoroning keksa va qari yoshli aholisi orasida metabolik sindromning tarqalshi», 14.00.43 – Profilaktik tibbiyot; 14.00.05 – Ichki kasalliklar (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Tib1042.
Ilmiy rahbarlar: Mamasaliev Ne’matjon Solievich, tibbiyot fanlari doktori, professor, Tursunov Xatam Xasanbaevich, tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Andijon davlat tibbiyot instituti PhD.04/30.12.2019.Tib.95.01
Rasmiy opponentlar: To‘labaeva Gavhar Mirakbarovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Rustamova Mamlakat Tulyabaevna, tibbiyot fanlari doktori, professor
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat tibbiyot instituti
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga muvofiq.
II. Tadqiqotning maqsadi: Buxoroning keksa va qari yoshdagi aholisi orasida metabolik sindromning tarqalishini aniqlash va baholash, shuningdek ularni erta tashxislash va oldini olish bo‘yicha adekvat choralarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi. keksa va qari yoshdagi aholi orasida metabolik sindromning rivojlanishi va avj olishining asosiy patognomik xavf omillarini verifikatsiya qilgan xolda premorbid fon xamda uning “polimorbid yo‘nalishi” ning yuqori tarqalganligini aks ettiruvchi populyasion qonuniyatlar aniqlangan;
keksa va qari yoshdagi aholida lipidli va glikemik komponentlarning buzilishi xamda metabolik sindrom uchun xos bo‘lgan klinik belgilarning ifodalanishi orasidagi bevosita korrelyasion bog‘liqlik isbotlangan;
tub aholi orasida dori-darmonli yatrogeniya va/yoki poliprogmaziyaga bog‘liq xolda «metabolik so‘nggi nuqtalar» namoyon bo‘lishi xamda abdominal semizlik metabolik sindrom rivojlanishida asosiy prediktor sifatida ustunligi aniqlangan;
keksa va qari yoshdagi aholida metabolik sindrom komponentlari tarqalishida ishonchli etnik va gender farqlar aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Keksa va qari yoshdagi aholi orasida metabolik sindrom va uning asosiy komponentlarini tarqalishini aniqlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
keksa va qari yoshdagi aholi orasida metabolik sindrom komponentlarini oldini olish usullarini tadbiq etish bo‘yicha ilmiy tadqiqotning natijalari asosida ishlab chiqilgan «Keksa va qari yoshdagi aholi orasida metabolik sindrom komponentlarining profilaktik usullarini tadbiq etish» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 11 iyundagi 08-09/5823-son ma’lumotnomasi). Taklif etilgan tavsiyalar sog‘liqni saqlash tizimining birlamchi bo‘g‘inida metabolik sindrom va uning komponentlarini erta aniqlashning skrining usullarini xamda aholiga metabolik sindrom haqida ma’lumot berish uchun keksalar bilan faol muloqot qilish dasturini ishlab chiqish imkonini bergan;
keksa va qari yoshdagi aholi orasida metabolik sindrom komponentlarini erta tashxisotini maqbullashtirish bo‘yicha ilmiy tadqiqotning natijalari asosida ishlab chiqilgan «Keksa va qari yoshdagi aholi orasida metabolik sindrom komponentlarini ambulator sharoitdagi erta tashxisotini optimallashtirish» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 11 iyundagi 08-09/5823-son ma’lumotnomasi). Ishlab chiqilgan uslubiy tavsiyalar metabolik sindrom xavf darajasini baholashni optimallashtirish, bu esa mazkur toifadagi bemorlarga davo-profilaktik choralarni o‘z vaqtida o‘tkazish imkonini bergan;
keksa va qari yoshdagi aholi orasida metabolik sindrom va uning asosiy komponentlarini tarqalishini aniqlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Buxoro viloyatining Qorovulbozor, Qorako‘l, Peshko‘, Buxoro tumanlari tibbiyot birlashmalari xamda Buxoro shahar Markaziy poliklinikasi amaliy faoliyatiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 11 iyundagi 08-09/5823-son ma’lumotnomasi). Metabolik sindromni aniqlash bo‘yicha taklif qilingan tavsiyalar kompleksi ushbu patologiyaning tarkibiy qismlariga nisbatan kelajakdagi vaziyatni bashorat qilishga, shuningdek, xavf omillari ta’sirini kamaytirishga va shunga muvofiq umumiy kasallanish xamda o‘limni kamaytirishga yordam beruvchi monitoring dasturi va ikkilamchi profilaktikani optimallashtirish imkonini bergan.