Abdusalomov Sodiqjon Abdusalom o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Traxeyaning chandiqli torayishlarida bosqichli rekonstruktiv plastik davolashni takomillashtirish», 14.00.27 – «Xirurgiya» (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: № B2019.1.PhD/Tib787.
Ilmiy raxbar: Eshonxodjaev Otabek Djuraevich, tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Akademik V.Vaxidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi».
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi DSc.04/30.12.2019.Tib.49.01.
Rasmiy opponentlar: Akbarov Mirshavkat Mirolimovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Berkinov Ulugbek Bazarbaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Krasnodar o‘lkasi Sog‘liqni saqlash vazirligi “Professor. S.V. Ochapovskiy nomidagi 1-son o‘lka klinik shifoxonasi - ilmiy tadqiqot instituti” DSSBM (Rossiya Federatsiyasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: T-shaklidagi endoprotezda plastika qilishning texnik jihatlarini takomillashtirish va tashrixdan keyingi reabilitatsiya dasturiga taktik yondashuvlarni optimallashtirish orqali traxeyaning chandiqli torayishlarini xirurgik davolash natijalarini yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
traxeyaning chandiqli torayishlarida a’zoning chandiqli deformatsiyalangan qismini orqa va orqa-yonbosh devori bo‘ylab uchta parallel chiziqda bo‘ylama yo‘nalishda kesib olish so‘ngra T-shaklidagi endoprotezda barqaror traxeostoma shakllantirish bilan tavsiflanuvchi plastika usuli takomillashtirilgan;
traxeyaning katta ko‘lamli yoki mul`tifokal chandiqli torayishlarida toraygan soxaga muvofiq ravishda T-shaklidagi endoprotezni modellashtirish va o‘rnatish, zararlangan qismni bujlash yoki ballonli kengaytirish bosqichlaridan keyin amalga oshirilishi bilan tavsiflanuvchi traxeyani mujassamlashgan plastika qilish usuli takomillashtirilgan;
shilliq qavatning epitelial qoplamining shikastlanishi va reduksiyasi xamda a’zo devorida qo‘pol tolali biriktiruvchi to‘qimaning sezilarli o‘sishi belgilari traxeya torayishi rivojlanishida yetakchi omil ekanligiga aniqlik kiritilgan;
T-shaklidagi stent o‘rindig‘i sohasidagi traxeyaning shilliq qavatiga yallig‘lanishga va chandiqlanishga qarshi mujassamlashgan maxalliy ta’sir ko‘rsatish, ko‘p qavatli epiteliyning ertaroq qayta tiklanishini faollashishi va yuqori darajada ixtisoslashgan kiprikli va qadahsimon hujayralar paydo bo‘lishi hisobiga, reparatsiya jarayonining tezlashishiga imkon berishi aniqlangan; 
T-shaklidagi stentda keng bo‘shliq shakllantirish bilan traxeyani plastika qilish xamda yallig‘lanishga va chandiqlanishga qarshi vositalarni birgalikda mahalliy qo‘llash, kanulyasiya davrida stentlash sohasida chandiqli-granulyasion jarayonlar rivojlanishining umumiy xavfini, dekanulyasiyadan keyin esa, restenozni barqaror ortga qaytarishini ta’minlab berishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Traxeyaning chandiqli torayishida T-shaklidagi endoprotez bilan traxeyani plastika qilishning texnik jihatlarini va tashrixdan keyingi reabilitatsiya dasturiga taktik yondashuvlarni optimallashtirish bo‘yicha olib borilgan ilmiy tadqiqotlar natijalari asosida:
“Traxeyaning chandiqli torayishlarida T-shaklidagi endoprotezda bo‘shliq shakllantirish bilan traxeyani plastika qilish usuli” takomillashtirilgan (Intellektual mulk agentligining foydali model uchun patenti, №FAP-01452, 25.03.2019y.). Ishlab chiqilgan usul traxeya devorlarining barqaror keng bo‘shlig‘i va karkasining shakllanishini ta’minlashga, tashrixdan keyingi uzoq davrda traxeomalyasiya va restenoz rivojlanishi xavfini kamaytirishga imkon bergan;
traxeya ko‘krak qismining katta ko‘lamli chandiqli torayishlarini plastika qilish usuli takomillashtirilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 13 avgustdagi 08-09/10188-son ma’lumotnomasi). Torayish soxasini bujlash va ballonli kengaytirish, so‘ngra T-shaklidagi endoprotezni modellashtirish bosqichlarini o‘z ichiga oluvchi traxeyani mujassamlashgan plastika qilishning taklif etilgan usuli traxeyaning shilliq pardasi va yumshoq to‘qimalarida trofik o‘zgarishlar rivojlanishi ehtimolini kamaytirishga xamda yallig‘lanishli, shuningdek chandiqli-granulyasion asoratlar chastotasini kamaytirishga imkon bergan;
traxeyaning chandiqli torayishlari bo‘yicha ilmiy tadqiqotning natijalari asosida ishlab chiqilgan «Traxeyaning chandiqli torayishlarida T-shaklidagi endoprotezda plastika qilish usullari» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 13 avgustdagi 08-09/10188-son ma’lumotnomasi). Ishlab chiqilgan tavsiyalar davolash taktikasini optimallashtirishga, traxeya plastikasining texnik jihatlari xamda granulyasiyalar va yiringli-yallig‘lanishli jarayonlar rivojlanishi bilan bog‘liq bo‘lgan tashrixdan keyingi asoratlar chastotasini kamaytirishga, erta reabilitatsiya davrining ijobiy kechishini ta’minlashga, shifoxonada yotish muddatini qisqartirishga imkon bergan;
olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlashning amaliy faoliyatiga, jumladan, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Xorazm filialining va Toshkent tibbiyot akademiyasi Ko‘p tarmoqli klinikasining amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 13 avgustdagi 08-09/10188-son ma’lumotnomasi). Traxeyaning chandiqli torayishlarini xirurgik davolashning taktik va texnik jihatlarini xamda tashrixdan keyingi reabilitatsiya dasturini takomillashtirish bosqichli endoskopik yoki xirurgik qo‘shimcha aralashuvlarga bo‘lgan ehtiyojni kamaytirishga, kanulyasiya davrini 16,4±0,8 dan 12,3±0,5 oygacha qisqartirishga, dekanulyasiyadan so‘ng restenoz rivojlanishi xavfini 25,4% dan 5,3% gacha kamaytirishga va uzoq muddatdagi yaxshi natijalar ulushini 61,9% dan 88,0% gacha oshirishga imkon bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish