Jumaev Axmadjon Abduvoxidovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Eyilishga bardoshli oq cho‘yanlarning xossalarini yaxshilash maqsadida ularning tarkibi va strukturasini optimallashtirish», 05.02.01 - Mashinasozlikda materialshunoslik. Quymachilik. Metallarga termik va bosim ostida ishlov berish. Qora, rangli va noyob metallar metallurgiyasi. Kamyob, nodir va radioaktiv elementlar texnologiyasi (Quymachilik va metallarga ishlov berish texnologiyasi yo‘nalishi) ixtisosligi (texnika fanlari bo‘yicha).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/T1586.
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Mansurov Yulbarsxon Nabievich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Fanlar akademiyasi Navoiy bo‘limi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti, DSc.03/30.12.2019.T.03.04.
Rasmiy opponentlar: Nurmurodov Saloxiddin Dusmurodovich, texnika fanlari doktori, professor; Atajanov Gafur Latipovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Andijon mashinasozlik instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi konchilik sanoatida abrazivli va zarbli-abrazivli muhitlarda qo‘llaniladigan eyilishga bardoshli oq cho‘yandan import detallarni mahalliylashtirish, ularni struktura va xossalarini sanoatning talab darajasiga olib chiqish. Eyilishga bardoshli oq cho‘yan tejamkor tarkibini optimallashtirib, legirlovchi moddalarni tejashdan iborat.
III. Dissertatsiya tadqiqotining ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
oq cho‘yanlar asosi bo‘lgan Fe – C holat diagrammasining nazariyasi legirovchi elementlar (xrom 45% gacha), nikel` 10% gacha, marganes 10% gacha, uglerod 4% gacha, kremniy 5% gacha, titan 10% gacha, molibden 5% gacha, vanadiya 6% gacha) yordamida fazaviy o‘zgarishlar, jumladan, qattiq eritma, karbidlar kimyoviy tarkibi aniqlanib, ushbu olingan natijalar bilan boyitilgan;
uch-, to‘rt- va ko‘pkomponentli (Fe-C-Cr, Fe-C-Ni, Fe-C-Mn, Fe-C-V, Fe-C-Mo, Fe-C-Co, Fe-C-Cr-Ni, Fe-C-Cr-Mn, Fe-C-Cr-Mn) holat diagrammalari, izo-(2000S), politermik kesimlar tadqiq qilish asosida oq cho‘yandagi fazaviy muvozanat va o‘zgarishlarga aniqlik kiritilgan. Jumladan, xrom 16 dan 34% gacha, nikel` 0,4 dan 3% gacha, marganes 0,4 dan 2% gacha, uglerod 2,4 dan 4% gacha, kremniy 0,3 dan 2% gacha, titan 0,4 dan 5% gacha, molibden 0,2 dan 3% gacha, vanaiy 0,01 dan 2% gacha nisbiy miqdorlari oraliqda hosil bo‘lgan fazalar aniqlangan;
oq cho‘yanlar asosi bo‘lgan Fe – C holat diagrammasining nazariyasi legirovchi elementlar (xrom 45% gacha), nikel` 10% gacha, marganes 10% gacha, uglerod 4% gacha, kremniy 5% gacha, titan 10% gacha, molibden 5% gacha, vanadiya 6% gacha) yordamida fazaviy o‘zgarishlar, jumladan, qattiq eritma, karbidlar kimyoviy tarkibi aniqlanib, ushbu olingan natijalar bilan boyitilgan;
qotishmada temir asosidagi qattiq eritmaning miqdori 61-64%, karbid fazalarning 36-39% mavjudligi, ko‘pkomponentli sistemalarda TiC, Cr3Si aniqlangan, kremniy o‘z ichiga olgan fazani, shu bilan kristallanish doirasini kengaytirishi, qotishmaning quyish hususiyatlarini oshirishi isbotlandi. Titan karbidi qotishmalarni qattiqligini oshirishi, struktura donadorligini maydalashtirishga yordam bergan;
yuqori legirlangan cho‘yanlrda karbid turalari aniqlandi. Qotishmada legirlovchi elementlar miqdori oshgani sayin, qotishmalarda quyidagi karbidlar shkllanishi mumkinligi aniqlandi: M3S, M6S, M5S2, M7S3, M23S6. Murakkab legirlangan karbidlarining yo‘naltirilgan kristallanish ijobiy ta’siriga erishilgan;
oq cho‘yanning asosi bo‘lgan uglerod miqdori 2,6-2,9%, hamda an’anaviy legirlovchi moddalar: xrom (26-29%), nikel` (0,5-1,5%), marganes (0,4-0,8%), kremniy (1,5% gacha) elementlariga qo‘shimcha vanadiy (0,01-0,02%) tarkibli qotishma yaratilgan;
yangi oq cho‘yan uchun eyilishga bardosh detallarni ishlab chiqarish uchun tashqi sovutkich qo‘llangan quyish texnologiyasi (quyish temperaturasi 1390±100S, sovush tezligi 202±30S/soat) hamda termik ishlov parametrlari (normallash 940±100S 3 soat, bo‘shatish 230±100S, 2,5 soat) o‘rnatilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Eyilishga bardoshli oq cho‘yanlar quyib olish usullari bo‘yicha olingan natijalar asosida:
taklif etilgan oq cho‘yan markasidan qumli qoliplarda quyma sovutkichlar yordamida «ta’minlovchi disk» detali tayyorlandi va termik ishlov berishning optimal me’yori bilan ishlov berilgan. «Ta’minlovchi disk» detali Navoiy kon-metallurgiya kombinatining Navoiy mashinasozlik zavodida joriy etilgan (NKMKning 2021 yil 1 iyundagi 02-06-04/6177-son va 2020 yil 24 fevraldagi 02-06-07/2390-son ma’lumotnomasi). Natijada, ishlab chiqarish jarayonida, oq cho‘yan kimyoviy tarkibi soddalashtirilganligi sabali har bir ishlab chiqarilgan 1 tonna qotishmada legirlovchi elementlar, jumladan, ferroxrom 40%ga, nikel` 45%ga, boshqa kimyoviy elementlarning barchasi o‘rta xisobda 10 – 20%ga iqtisod qilingan.
taklif etilgan oq cho‘yan kimyoviy tarkibi, unga quyish texnologiyasiga o‘zgartirish va termik ishlov berish texnologiyasini optimallashtirish natijalarida olingan quymalarning zarbiy qovushqoqligi 1,2-1,5 baravariga, qattiqligi 1,2-1,5 baravariga oshirilishiga erishilgan.
legirlovchi moddalarni kam qo‘llanilishi, detallarni mexanik xossalari yaxshilanishi, hamda konchilik asbob uskunalarini ishlash muddatini 20% ga o‘zaytirilgan va quymalarni tan narxini 30% ga tushurishga erishilgan.