AbdusamatovBobirZakirovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiyma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Bolalarda qorin bo‘shlig‘i a’zolari exinokokkozida davolash va tashxislashni takomilllashtirish», 14.00.35–Bolalar xirurgiyasi (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.DSc/Tib136.
Ilmiy maslahatchi: Salimov Shavkat Teshaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti, DSc.27.06.2017.Tib.29.01
Rasmiy opponentlar: Poddubniy Igor` Vital`evich tibbiyot fanlari doktori, professor; Shamsiev Jamshid Azamatovich tibbiyot fanlari doktori; Ergashev Nasriddin Shamsiddinovich tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: N.I. Pirogov nomidagi Rossiya milliy tadqiqot tibbiyot universiteti Federal oliy kasbiy ta’lim davlat byudjet ta’lim muassasasi (Rossiya Federatsiyasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: endoxirurgik operatsiya usullari ko‘rsatmalarini asosli tarzda kengaytirish orqali bolalarda jigar hamda qorin bo‘shlig‘i boshqa a’zolarining exinokokkozini davolash natijalarini yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
jigar exinokokkozi, jigar hamda qorin bo‘shlig‘idagi boshqa a’zolarning qo‘shma zararlanishlari, jigar – o‘pkalar zararlanishida hamda exinokokk kistasi yiringlashi, perforatsiyasi kabi asoratli holatlarida bemorlarni operativ davolash usuli takomillashtirilgan;
ilk marotaba bolalarda jigarning VII–VIII segmentlaridan endovizual laparoskopik exinokokkektomiyasi o‘tkazilishi ishlab chiqilgan;
bolalarda jigar hamda qorin bo‘shlig‘idagi boshqa a’zolarning qo‘shma zararlanishlarida bir bosqichli endovizual laparoskopik exinokokkektomiya asoslab berilgan;
bolalarda jigar hamda o‘pkalarning qo‘shma zararlanishlarida simul`tan endovizual - torako va - laparoskopik exinokokkektomiya o‘tkazilishi asoslab berilgan;
tashxislovchi laparoskopiya jarayon tarqalishining anatomik xususiyatlarini aniqlash va operativ exinokokkektomiya taktikasini rejalashtirish, qo‘shimcha troakarlarni kiritishning qulay nuqtalarini korreksiyalash imkonini berishi isbotlangan;
jigardagi exinokokk kistasining joylashgan o‘rni, soni, hajmi va asoratlaridan qat’iy nazar laparoskopik exinokokkektomiyaning o‘tkazilishi endovizual exinokokkektomiyaga ko‘rsatmalarni 87,5%ga qadar kengaytirish, operatsiyadan keyingi noxush asoratlar holatlarini qisqartirish va eng asosiysi, bolaning hayot sifatini yaxshilash imkonini berishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Bolalarda jigar va qorin bo‘shlig‘i boshqa a’zolari, o‘pkalarning exinokokkozida davolash va tashxislashni takomillashtirishga doir tadqiqotlar natijalar asosida:
bolalar jarrohlari, pediatrlar, klinik ordinatorlar, magistrlar, poliklinika vrachlari uchun «Bolalarda jigar exinokokkozini tashxislash va davolashning zamonaviy usullari» va «Bolalarda o‘pka exinokokkozini tashxislash va davolashning zamonaviy usullari» uslubiy qo‘llanmalar ishlab chiqilgan va sog‘liqni saqlash amaliyotiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2016 yil 24 avgustdagi 8d-3/71 sonli xulosasi). Mazkur qo‘llanmalar bolalarda jigar va o‘pka exinokokkozini zamonaviy tashxislash va kam invaziv, endovizual jarrohlik yo‘li bilan bartaraf qilish imkonini bergan;
«Bolalarda kaminvaziv endovizual xirurgiya» ATLASi, «Qorin bo‘shlig‘i a’zolarining exinokokkoz kasalligi», «Bolalarda o‘pka exinokokkozi» o‘quv-uslubiy qo‘llanmasi ishlab chiqilgan va tasdiqlangan («O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining» 2013 yil 20 dekabrdagi qayd etish raqami №484/094-son ma’lumotnomasi);
Bolalardda qorin bo‘shlig‘i a’zolari exinokokkozida davolash va tashxislashni takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Samarqand shahar tibbiyot birlashmasi va markaziy kasalxonasi, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Namangan filialining bolalar xirurgiyasi bo‘limi jarrohlarining klinik amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2016 yil 24 avgustdagi 8d-3/71-son ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalarini amaliyotga tatbiq etilishi operatsiyadan keyingi asoratlar sonini 19,6% dan 9,4% gacha kamaytirish va davolanish muddatini o‘rtacha 5,6 kunga qisqartirish, jigar va qorin bo‘shlig‘i a’zolari exinokokkozida 87,5% bemorlarda laparoskopik exinokokkektomiyani muvaffaqiyatli amalga oshirish imkonini bergan.