Abdullaev Ulmas Alisherovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Savdo korxonasining o‘z-o‘zini tashkil etuvchi ijtimoiy - iqtisodiy tizimlarini matematik modellashtirish (Qoraqalpog‘iston Respublikasi misolida)”, 08.00.06 – Ekonometrika va ctatictika (iqtisodiyoti fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.3.PhD/Iqt697.
Ilmiy rahbar: Aimbetov Nag‘met Qallievich, iqtisodiyot fanlari doktori, akademik.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq tabiiy fanlar ilmiy-tadqiqot institutida bajarilgan.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Urganch davlat universiteti, PhD.03/28.08.2020.I.55.03.
Rasmiy opponentlar: Ruzmetov Baxtiyar, iqticodiyot fanlari doktori, professor; Sauxanov Janibek Qazievich, iqtisod fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Andijon mashinasozlik instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Qoraqalpog‘iston Respublikasida savdo korxonasining o‘z-o‘zini tashkil etuvchi ijtimoiy-iqtisodiy tizimlarini matematik modellashtirish yuzasidan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
savdo korxonalarining savdo aylanmasi va zahiralarini optimallashtirish, bozorni sifatli va raqobatbardosh tovarlar bilan ta’minlash, ularni o‘z-o‘zini tashkil etish tizimini yaratishning uslubiy yondashuvlari ishlab chiqilgan;
savdo korxonalari faoliyatiga zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy qilish, o‘z-o‘zini tashkil etish tizimining samarali boshqaruv qarorlarini qabul qilishning BSS (Balanced Scorecard System) modeli, samaradorlikning asosiy ko‘rsatkichlari (KPI) baholash tizimi, Tableau de bord baholash usuli, samaradorlik piramidasi asosida matematik modeli ishlab chiqilgan;
savdo bilan shug‘ullanuvchi korxonalar o‘rtasida raqobatbardoshlikni oshirishni ta’minlashda LASSO va Ridj-regressiya usuli asosida iqtisodiy-matematik modellari ishlab chiqilgan;
Qoraqalpog‘iston Respublikasida aholi jon boshiga chakana savdo aylanmasi miqdorining 2021-2025 yillar uchun prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Savdo korxonasining o‘z-o‘zini tashkil etuvchi ijtimoiy-iqtisodiy tizimlarini matematik modellashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
savdo korxonalarining savdo aylanmasi va zahiralarini optimallashtirishga qaratilgan boshqaruv qarorlarini qabul qilish usulidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining «Savdo va xizmat ko‘rsatish sohasi rivojlantirish prognozlarini ishlab chiqish choraklik ma’lumotlarini tayyorlash yig‘ma bo‘limi» tomonidan makroiqtisodiy prognozlarni shakllantirish jarayonida foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligining 2019 yil 30 dekabrdagi 01/1645-son ma’lumotnomasi). Ushbu usuldan foydalanish asosida respublika savdo korxonalarining samaradorlik koeffisientlari o‘sish sur’atlari prognoz qilingan;
savdo korxonalari o‘rtasida raqobatdorlikni oshirish ekspert tahlil va baholash tizimi asosida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining «Savdo va xizmat ko‘rsatish sohasi rivojlantirish prognozlarini ishlab chiqish choraklik hisobotlarini tayyorlash yig‘ma bo‘limi» tomonidan makroiqtisodiy prognozlarni shakllantirish jarayonida foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligining 2019 yil 30 dekabrdagi 01/1645-son ma’lumotnomasi). Ushbu modeldan foydalanish natijasida savdo korxonalari o‘rtasida sog‘lom raqobatbardoshlikni oshirish bo‘yicha har chorakda hisobotlar shakllantirilgan;
savdo korxonalarining savdo aylanmasi, ishlab chiqilgan mahsulotlarni tasniflash, xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlantirish, savdo faoliyatiga zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy qilish orqali boshqarish samaradorligini oshirish usulidan “Berdimurat prom servis” MChJda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligining 2019 yil 30 dekabrdagi 01/1645-son ma’lumotnomasi). Natijada mahsulot zahiralarini optimallashtirish sur’atlari, mahsulotlarni tasniflash asosida savdo korxonasining ish faoliyati 5-7 % ga o‘sish sur’atlari aniqlangan
savdo bilan shug‘ullanuvchi korxonalarning yalpi hududiy mahsulotga bog‘liqlik darajasini ko‘rsatish orqali prognoz natijalarini olish imkonini beradigan modellaridan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining «Savdo va xizmat ko‘rsatish sohasi rivojlantirish prognozlarini ishlab chiqish choraklik ma’ruzalarini tayyorlash yig‘ma bo‘limi» tomonidan makroiqtisodiy prognozlarni shakllantirish jarayonida foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligining 2019 yil 30 dekabrdagi 01/1645-son ma’lumotnomasi). Natijada Qoraqalpog‘iston Respublikasining 2025 yilgacha oraliqdagi yalpi hududiy mahsulotining o‘sish sur’atlari prognozi olingan.