Karaxonova Oysara Yuldoshevna
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini mantiqiy fikrlashga o‘rgatishning didaktik tizimini takomillashtirish”, 13.00.01-Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.4.PhD/Ped189.
Ilmiy rahbar: Safarova Roxatoy Gaybullaevna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa: Qarshi davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Qarshi davlat universiteti, PhD.03/04.06.2020.Ped.70.02 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Adizov Baxtiyor Raxmonovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Masharipova Umida Abduvoxidovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Termiz davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini mantiqiy fikrlashga o‘rgatishning didaktik tizimini takomillashtirish va ularni mantiqiy fikrlashga o‘rgatishga yo‘naltirilgan ilmiy-metodik tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini mantiqiy fikrlashga o‘rgatishning amaldagi holati o‘qituvchi faoliyatining mantiqiy fikrlash darajasini tizimli tashxislash, rivojlantirishga motivatsiya, o‘quv jarayonida taklif etiladigan mantiqiy vazifalar tizimini ishlab chiqish, mantiqiy fikrlashni rivojlantirish vazifalariga o‘quv dasturining maqbul muvofiqligini hisobga olish xususiyatlarini o‘quvchining mantiqiy fikrlash sur’ati, darajasi, yo‘nalganligiga mosligi orqali aniqlashtirilgan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining mantiqiy, ijodiy fikrlashini rivojlantirishning shaxsning intellektual qobiliyatini o‘stirish, hozirjavoblikka o‘rgatish, evristik izlanishga yo‘naltirish kabi shartlari o‘quv topshiriqlari, matnli masalalar, mantiqiy savol va topshiriqlar, evristik mashqlar hamda savol-javoblar, pauzali o‘qish, matn ustida ishlash, didaktik vaziyatlarni turkumlashtirish va qo‘llash orqali takomillashtirilgan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida mantiqiy fikrlash ko‘nikmalarining rivojlanganlik darajasi ko‘rsatkichlari bolalarning munosabat, faoliyat va muloqot madaniyati, ma’naviy-irodaviy, ijobiy hissiy kabi shaxsiy sifatlarini intellektual rivojlanish traektoriyasi bilan integratsiyasini ta’minlash asosida ishlab chiqilgan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini mantiqiy fikrlashga o‘rgatishning didaktik tizimi ta’lim oluvchilarni mantiqiy mushohada qilishga yo‘naltirilgan baholovchi, muvaffaqqiyatga undovchi, kognitiv qabul qilishga yo‘naltiruvchi kabi evristik vaziyatlarni yaratish hamda “Breynshtorming” (“Aqliy hujum”), Sinkveyn, Insert kabi o‘qitish texnologiyalarining o‘zaro dinamik aloqadorligini ta’minlash asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini mantiqiy fikrlashga o‘rgatish yuzasidan olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida kundalik faoliyatda qo‘llash, fanlarni o‘rganish va ta’lim olishni davom ettirish uchun zarur bo‘lgan mantiqiy bilim va ko‘nikmalar tizimini shakllantirish va rivojlantirishga doir veb-sahifa (https://aqlmashqi.uz/) yaratilgan (O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining 2020 yil 16 noyabrdagi 02-02/4-1189-son ma’lumotnomasi). Natijada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini mantiqiy fikrlashga o‘rgatishning pedagogik-psixologik jihatlari, bolalarning intellektual rivojlanish ko‘lamini (tafakkur tarzi, idrok etish imkoniyati, bilishi) hisobga olgan holda mantiqiy fikrlash sur’ati, darajasi, yo‘nalganligini aniqlashtirish imkonini bergan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida mantiqiy fikrlash ko‘nikmalarining rivojlanganlik darajasi ko‘rsatkichlari bolalarning munosabat, faoliyat va muloqot madaniyati, ma’naviy-irodaviy, ijobiy hissiy kabi shaxsiy sifatlarini intellektual rivojlanish traektoriyasi bilan integratsiyasini ta’minlash asosida ishlab chiqilganligiga oid xulosalaridan “Pedagogik atamalar mazmunini modernizatsiyalash va unifikatsiyalash parametrlari” mavzusidagi fundamental loyiha doirasida yaratilgan “Pedagogika” ensiklopediyasining II va III jildlarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 18 avgustdagi 89-03-2860-son ma’lumotnomasi). Natijada boshlang‘ich ta’lim jarayonida mantiqiy fikrlashga yo‘naltirilgan o‘quv topshiriqlari, matnli masalalar, mantiqiy savol va topshiriqlar, evristik mashqlar hamda savol-javoblar, pauzali o‘qish, matn ustida ishlash, didaktik vaziyatlarni turkumlashtirish va qo‘llash orqali o‘quvchilarning mantiqiy, ijodiy fikrlashini rivojlantirish shartlari aniqlashtirish imkonini bergan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini mantiqiy mushohada qilishga yo‘naltirilgan evristik vaziyatlarni yaratish hamda o‘qitish texnologiyalarining o‘zaro dinamik aloqadorligini ta’minlashga oid taklif va tavsiyalarini o‘z ichiga olgan “Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida mantiqni rivojlantiruvchi masalalar” nomli uslubiy qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining 2020 yil 16 noyabrdagi 02-02/4-1189-son ma’lumotnomasi). Natijada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida mantiqiy fikrlash ko‘nikmalarining rivojlanganlik darajasi ko‘rsatkichlari bolalarning shaxsiy sifatlari (munosabat, faoliyat va muloqot madaniyati, ma’naviy-irodaviy, ijobiy hissiy)ni intellektual rivojlanish traektoriyasi bilan integratsiyasini ta’minlash asosida ishlab chiqish imkonini bergan.